Reja: Algoritm va algoritlash tushunchalari. Algoritmning xossalari
Download 374.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Dasturlash tili
Dasturlash tillari asosan 2-jahon urushidan keyin yaratila boshlandi. Ammo uning tarixi ancha oils yillarga borib taqaladi. Arxeologik qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800 yil oldin (eramizdan 1800- yillar) Vavilonda foiz (%) bilan bog‘liq murakkab amallar algoritmi keltirilgan. Unda aniq masala ishlangan bo‘lib, agar bug‘doy yilda 20% dan oshib borsa, uning mikdori ikki marta usish uchun necha yil va oy kerak bo‘lishi algoritmi yozilgan. XIX asr masalani nazariy hal qildi. Bu mashinaning asosiy xususiyati uning dastur asosida ishlashi va hisob-kitob fransuz kashfiyotchisi Jozef Mari Jakkard 1804 yilda yupqa mato ishlab chiqish jarayonida stanoklar uchun perfokartani eslatuvchi tasma ishlatgan va shu bilan perfokartaga asos solgan edi. 1836 yildan inglizCHarlz Bebbidj hozirgi kompyuterlarning bevosita avlodi bo‘lmish analitik mashina ishlab chiqishga kirishdi va bu natijalarini «eslab» qolishida edi. 1843 yilda ingliz matematigi Ogasta Ada Bayron (Lavleys) – shoir lord Bayronning qizi – analitik mashina buyruqlar asosida ishlashi kerakligini ta’kidladi. U berilgan shartlar bajarilmaguncha qadamlar ketma-ketligini ta’minlovchi buyruqlarni yozdi. (Bu hozirgi kunda takrorlash (sikl) operatori deyiladi). Bu bilan u dasturlash va uning tiliga asos soldi. Mazkur va boshqa kashfiyotlar, kompyuter bevosita yaratilgach, unga zarur bo‘lgan til yaratishni talab etib quydi. Dunyo odamlari o‘rtasidagi munosabatda yagona til bo‘lmaganidek, xilma-xil kompyuterlarning yaratilishi va ularning turli sohalarda qo‘llanilishi, yagona dasturlash tilini yaratish mumkin emasligini ko‘rsatdi. 1936 g. Alan Tyuring va undan alohida E. Post abstrakt hisoblash mashinasining konsepsiyasi g‘oyasini ilgari surdilar va yaratdilar. Ular qar qanday masalani echish algoritmini tuzish imkoniyati mavjud bo‘lsa, u holda avtomatlar tomonidan ularni echishning prinsipial asoslari borligini isbot qildilar. 1941 g. Konrad Suze elektromexanik elementlar asosida ishlovchi birinchi universal kompyuterni ixtiro qildi. Bu kompyuter ikkilik sanoq sistemasiga asoslangan sonlar bilan ishlash imkoniyatini yaratdi. 1949 g. jahonda birinchi bo‘lib Angliyada Moris Uilks rahbarligida dasturni o‘z xotirasida saqlay oladigan EDSAC kompyuterini ixtiro qilindi. 1955-1959 gg. Rossiyalik olimlar A.A. Lyapunov, S.S. Kamnin, E.Z. Lyubimskiy, A.P. Ershov, L.N. Korolev, V.M. Kurochkin, M.R. SHura-Bura va boshqalar «dasturlovchi dasturlar», ya’ni translyatorga uxshash dastur yaratdilar. V.V. Martnyuk esa dasturlarni yaratish va otladka qilishni tezlashtirish maqsadida belgili kodlar sistemasini yaratdi. 1955-1959 gg. dasturlash nazariyasi (A.A. Lyapunov, YU.I. YAnov, A.A. Markov, L.A. Kalujin) va sonli metodlarga (V.M. Glushkov, A.A. Samarskiy, A.N. Tixonov) asos solindi. Fikrlash mexanizmi sxemasini va genetika jarayonlari modellashtirish, kasalliklar diagnostikasining algoritmlari ishlab chiqildi (A.A. Lyapunov, B.V. Gnedenko, N.M. Amosov, A.G. Ivaxnenko, V.A. Kovalevskiy i dr.). Dasturlash tillari yaratilishi bo‘yicha uch guruhdan tashkil topgan: Download 374.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling