Reja: Allomalar merosi -bebaho ma’rifiy meros


Download 76.86 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi76.86 Kb.
#1082462
Bog'liq
Xalq pedagogikasi


MAVZU:
XALQ PEDAGOGIKASI VA O’RTA OSIYO BUYUK MUTAFAKKIRLARINING PEDAGOGIK G’OYALARIDAGI UYG’UNLIK
REJA:
  • Allomalar merosi –bebaho ma’rifiy meros.
  • Buyuk mutafakkirlar hayoti va faoliyati – ibrat maktabi.

Xalqimizni jahonga tanitgan buyuk siymolar, ulug’ allomalar, mard va qahramon farzandlarning hayot yo’li, butun faoliyati bugungi va kelajak avlod uchun ibrat maktabi bo’lib qoladi. Zamonlar o’tishi bilan bu nodir ma’naviy durdonalarning qimmati va ahamiyati yanada oshib boraveradi. Ulug’ allomalarimizning ana shu boy merosidagi pedagogic g’oyalar xalq pedagogikasida atroflicha o’rganiladi.
Hamma o’z tarixini ulug’laydi. Lekin bizning yurtimizdagidek boy o’tmish, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo’q. Bu merosni chuqur o’rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak.”
SH. Mirziyoyev
Mutafakkirlarimizning ma’rifiy merosi
  • Noyob va bebaho meros
  • Boy milliy va ma’rifiy meros
  • Nodir durdona meros
  • Ibratli meros
  • Pedagogik meros
  • O’lmas va davomli meros

Ma’naviy merosni o’rganish bizga nima beradi.
  • Milliy g’urur
  • Milliy o’zlik tuyg’u shakllanadi
  • Ma’naviy va ma’rifiy bilim
  • Vatanparvarlik
  • Komil inson bo’lib yetishish

Xusayn Voiz Koshifiy
Komil insonning 10 xil fazilati :
  • Xayrli ishlarda insonlar bilan nizoga bormaslik.
  • Har qanday holatda ham,his tuyg’u va ehtirosni jilovlay olish.
  • Birovlarning aybini,nuqsonini qidirmaslik.
  • Insonlar baxtsizligiga hamdard bo’lish.
  • Bir inso ayb ish qilsa va u o’z aybiga iqror bo’lsa uni kechirmoq.
  • Yordamga muhtoj insonlarga qo’lda kelguncha yordam berish.
  • Insonlar baxt-soadati uchun g’amxo’rlik qilish.
  • Inson o’zidagi bor kamchilikni ko’ra bila olishi va uni tuzatishi.
  • Go’zal xulq odobga ega bo’lish.
  • Shirinsuhanlik va xushmuomalalik.

Abdulqosim Firdavsiy
Olamda eng avallo inson aqli yaralgan.Aql qalb posbonidir.Aql yana uch qo’riqchi: til,ko’z, quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir zero,ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali qalbga kirib boradi.

Abu Nasr Farobiy Har kimki ilm hikmatni o’rganmagan desa uni yoshligidan boshlasin, sog’ salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, bilimdon va notiq bo’lsin.


MUHAMMAD AL - XORAZMIY (783-850)
  • 783-yilda Xorazmda tug’ilgan.
  • Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
  • Yevropada “ Algorismus”
  • Algebra faning birinchi ta’sis etuvchisi
  • “Al- jabr val-Muqobala” asari muallifi
  • 0 sonini arifmetikaga olib kirdi
  • O’nlik sanoq sistemasini kashf qildi
  • “Astronomiyaga oid jadvallar”,”Yerning tasviri”
  • Olimlar uch guruhga bo’linadi: “Ulardan biri o’zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o’zib ketadi va uni o’zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qoldiradi. Boshqasi o’zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan asarni tushunishdagi qiyinchiliklarni osonlashtiradi. Keyingisi esa sochilib yotganni to’playdi, o’zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo’ladi”.

Ahmad al-Farg’oniy (798-865)
  • Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniy
  • 798 yil Farg’onada tug’ilgan
  • Yevropada “Alfraganus” nomi bilan tanilgan
  • Al-Ma’mun saroyidagi “Baytul-hikma” da tahsil olgan
  • 861 yili Nil daryosi suvining miqdorini o’lchaydigan nilometrni ta’mirlagan
  • “Osmon jismlari harakati va yulduzlar ilmi to’plami”, “Geometriya va arifmetika yordamida mukammal shimoliy va janubiy asturloblarni yasash”,”Quyosh soatini yasash”.

Abu Nasr Farobiy (873-950)
  • Sirdaryoning Forob shahrida tug’ilgan
  • Faylasuf va qomusiy olim bo’lgan
  • “Sharq Aristoteli”, Ikkinchi muallim” deb nom qozongan
  • 70 ga yaqin til bilgan
  • Falsafa, matematika, kimyo, tibbiyot, astronomiya, mantiq, grammatika, fizika fanlariga oid asarlar yaratgan
  • “Masalalar manbai’”,” Qonunlar haqida kitob”, “Xattotlik haqida”, “Falsafaga izohlar”, “Lug’atlar haqida kitob”,”Baxt saodatga erishuv yo’llari haqida risola” kabi asarlar muallifi

Bilasizmi ?
  • 16 asrda Oydagi kraterlardan biriga ulug’ allomamiz Ahmad ai-Farg’oniy nomi berilgan.
  • Yevropalik olimlar Mirzo Ulug’bekni “15 –asr astronomi” unvoniga loyiq deb hisoblashgan.
  • AQSHda joylashgan Xalqaro Astronomiya Birlashmasi esa Oyning ko’rinib turadigan sirtidagi kata bir kraterni “Ulug’bek krateri” deb atagan.

Topshiriqlar
  • Boshqa buyuk allomalarning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni mustaqil o’rganing va qisqacha bayonini daftaringizga yozib oling.
  • ABU Ali ibn Sinoning ta’lim tarbiya, ahloq haqidagi fikrlarini o’qing va mazmunini tushun tirib bering.

Download 76.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling