Reja:
Amaliy mashg’ulot tartibi:
I. Qog’ozni ishga tayyorlash xajmi (A3-297x420)
II. Tasvirlash uchun qora qalamlar (T, M,
TM qalam turlari, akvarel
bo’yog’i va mo’yqalamlar)
1. Akvarel bo’yog’i haqida ma’lumot
2. Akvarel b’yog’ining o’ziga xos xususiyatlari
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv,
qadamma-qadam metodi, namoyish etish, integrativ munozara,
taqdimot,
BBB jadvali, o’z-o’zini nazorat va blits so’rov.
Tayanch so’z va iboralar: akvarel, molbert, kompozitsiya,
komponovka, konstruksiya,
fazoviy xolat, havoiy perspektiva, rangli
tasvir.
Akvarel (frans. aquarelle, asli lot. aqua — suv) —
rassomlik
sanʼatida ishlatiladigan boʻyoq (suvda oson eriydi) va shu boʻyoq bilan
bajarilgan rangtasvir asari. Akvarelning oʻziga xos xususiyati boʻyoqning
tiniq, rangning sofligidir, rangtasvirida oq boʻyoq ishlatilmaydi, oq qogʻoz
boʻyoq vazifasini bajaradi, boʻyogʻi qogʻoz sirtiga yupqa qatlam boʻlib
yotadi, bu qatlam nurni yaxshi oʻtkazadi.
Shuning uchun rangtasvirni
yuzasi silliq boʻlmagan oq qogʻozga ishlanadi, boʻyogʻida rasm
ishlanganda rangsurtmalar, rang qatlamlari
xususiyati hisobga olinishi
kerak, qadimdan maʼlum boʻlgan. 15-asrda nemis rassomi Dyurer
akvarelda ajoyib asarlar yaratgan. 17-18-asrlarda Yevropada keng tarqaldi.
18-19-asr boshlaridan jadal rivojlandi, uslub va usullari ishlab chiqildi.
Angliya (U.Terner, R.Bonington va boshqalar), Fransiya (O.Dome,
E.Delakrua va boshqalar), Rossiya (K.Bryullov, I.Repin, V.Serov,
M.Vrubel va boshqalar)da sanʼatining ajoyib namunalari yaratildi.
Oʻzbekiston tasviriy sanʼatida rangtasvir 20-asr 20-yillaridan
rivojlana
boshlagan. A.Nikolayev (Usta Moʻmin), G.Nikitin, B.Hamdamiy,
Oʻ.Tansiqboyev, V.Kaydalov va boshqa rassomlar oʻz akvarel asarlari
bilan oʻzbek akvarel sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdilar. Oʻzbekiston
rassomlaridan M.Sodiqov, T.Muhamedov, F.Boymatov, V.Apuxtin va
1-mavzu
Akvarel bo’yog’idan foydalanish va uning o’ziga xos
xususiyatlari.
(
Jami 2 soat)