Reja: Aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishning istiqbollari Aminokislotalarni kimyoviy sintez asosida ajratib olish Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish Mikrobiologik uslubda aminokislotalar ajratib olish


L-lizinni kombinatsiyalangan yoki fermentativ uslubda ajratib olish


Download 224.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana05.01.2022
Hajmi224.92 Kb.
#205340
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
aminokislotalar biosintezi texnologiyasi

L-lizinni kombinatsiyalangan yoki fermentativ uslubda ajratib olish 

L-lizinni  bu  uslubda  ajratib  olishni  o`tgan  asrning  70-yillarida  Yaponiyaning 

«Toyoreyon» firmasi tomonidan taklif qilingan. L-lizinni bu uslubda ajratib olishda 

mahsulotni hosil bo`lish samarasi 95  % ni, kimyoviy tozalik darajasi 99  % ni tashkil 

qilar ekan. Bunda reaksion muhitdagi aminokislotaning miqdoriy ko`rsatkichi 200 g/l 

ga  yetishi  mumkin  ekan.  Jarayonning  texnologiyasi  o`z  ichiga  D,  L-alfa-amino-

epsilon-kaprolaktamni  siklogeksandan  organik  yo`l  bilan  sintezlanishini  va  uning 

fermentativ  gidrolizlanishini  oladi.  Bu  texnologiya  asosida  L-lizinni  ajratib  olish 

quyidagi kimyoviy sxema asosida amalga oshiriladi. 

 

 



 

 

 



Muayyan  sxemaga  binoan  ishlab  chiqarish  sanoatini  tashkil  qilish  ikkita 

ferment-L-gidrolaza  va  rasemazalardan  foydalanishni  hisobga  oladi.  Ularning 

birinchisi  organik  sintez  natijasida  hosil  bo`ladigan  D,  L-alfa-amino-epsilon-



kaprolaktamni  gidrolizlaydi,  ikkinchisi  ratsematsiyani  amalga  oshirib,  D-va  L-

shakllardagi  lizinni    hosil  bo`lishini  ta`minlaydi.  Jarayonning  amalga  oshishini 

ta`minlovchi  shart-sharoit  shundan  iborat-ki,  ferment  mikrob  tomonidan  ishlab 

chiqilgan 

bo`lishi 

kerak. 


Ma`lumki, 

L-alfa-amino-epsilon-kaprolaktamning 

gidrolazasini  zamburug`larning  Cryptococcus,  Candida,  Trichosporon  avlodlarini 

vakillari ishlab chiqaradi, bu fermentning faollovchilari sifatida ikki valentli metallar-

marganets,  magniy  va  ruxning  ionlari  xizmat  qiladi.  D-alfa-amino-epsilon-

kaprolaktamning  rasemazasini  bakteriyalarning  Achromobacter,  Flavobacterium 

avlodlarini o`stirish yo`li bilan ajratib olish mumkin. 

Har  ikkala  ferment  immobilizatsiyalangan  uzluksiz  ishlaydigan  apparatga 

joylashtirilib,  D, L-alfa-amino-epsilon-kaprolaktam substrati bilan bu fermentlarning 

birgalikdagi  ta`siriga  asoslangan  fermentativ  reaksiya  o`tkaziladi.  Yuqorida 

keltirilgan  kimyoviy  reaksiyalarning  murakkabligidan  ko`rinib  turibdiki,  organik 

sintezga  asoslangan  uslubni  qo`llash  qator  texnologik  operatsiyalarni  amalga 

oshirishni  talab  qiladi.  Bu  reaksiyalarning  har  birini  amalga  oshirish  tegishli 

qurilmani  va  uni  amalga  oshirilishini  nazorat  qiluvchi  moslamalarni  bo`lishini  talab 

qiladi.  Bu  xildagi  sanoat  ishlab  chiqarishini  tashkil  qilishda  ko`pincha    qator  toksik 

moddalardan  va  ancha  qimmat  bo`lgan  o`ta  toza  kimyoviy  moddalardan  

foydalanishni,  shuningdek  rasematlarni  ajratib  olish  bilan  bog`liq  qiyinchiliklarni 

yengishga to`g`ri keladi 




Download 224.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling