Reja: Aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishning istiqbollari Aminokislotalarni kimyoviy sintez asosida ajratib olish Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish Mikrobiologik uslubda aminokislotalar ajratib olish


 Mikrobiologik uslubda aminokislotalar ajratib olish


Download 224.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana05.01.2022
Hajmi224.92 Kb.
#205340
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
aminokislotalar biosintezi texnologiyasi

 

4. Mikrobiologik uslubda aminokislotalar ajratib olish 

Bugungi  kunda  aminokislotalarni  ajratib  olinishini  hamma  uslublari  orasida 

mikrobiologik  uslubga  ko`proq  e`tibor  beriladi.  Bu  uslubning  ustunligi  shundaki, 

unda  kimyoviy  biosintez  uchun  xos  bo`lgan  kamchiliklar  uchramaydi  va  ajratib 

olinadigan  aminokislotalar  biologik  faol,  ya`ni  L-shaklda  olinadi.  Bu  narsa 

chorvachilik  uchun    yem-oziqa  tarkibiga  qo`shib  beriladigan  texnik  preparatni 

ajratish  va  tozalash  imkonini  beradi.  Aminokislotalarni  L-shaklini  sanoat  miqyosida 

ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  ikki  xil  texnik  sxema  asosida  amalga  oshirilishi 

mumkin. Ular bir biridan asosan  mikrob o`stirilgan suyuqlikni olish bosqichlari bilan 



farqlanadi. Birinchi xili bo`yicha mikrob o`stiriladgan suyuqlikni ikki bosqichda (ikki 

bosqichli  uslubda)  olinsa,  ikkinchisi  bir  bosqichda  (bir  bosqichli  uslubda)  olinadi. 

Ikki  bosqichli  uslubda  olinishi  lozim  bo`lgan  aminokislotani  mikrob  hujayralarida, 

uni  sintezlanishi  uchun  xizmat  qiladigan  eng  arzon  turadigan  manbalardan 

foydalanishni  nazarda  tutadi.  Bu  o`rinda  manba  sifatida  xizmat  qiladigan  moddani 

hosil  qilish  va  uni  keyingi  bosqich  uchun  tayyorlash  jarayonning  birinchi  bosqichi 

hisoblanadi. Bu bosqichga ferment preparatini (odatda mikrob tabiatli) biosintezi ham 

kiradi, hamda bu ferment manba sifatida xizmat qiladigan moddani maqsadli ravishda 

tegishli 

aminokislotagacha 

transformatsiyalaydi. 

Bunda 


sanoat 

miqyosida 

fermentlarning  produsenti  (mikroorganizmlar  biomassasi)  ni  o`stiriladi.  Biomassani 

mikrob  o`stirilgan  suyuqlikdan  ajratiladi  va  bevosita  transformatsiya  uchun 

foydalaniladi  yoki  imkoniyat  chegarasidagi    har  xil  uslublar  (mexanik,  fizik-

kimyoviy,  kimyoviy)  vositalar  yordamida  hujayralarni  shikastlantirgandan  so`ng 

foydalaniladi 

Ikkinchi  bosqichda  esa,  birinchi  bosqichda  mikroorganizm  tomonidan  ishlab 

chiqarilgan ferment tizimidan foydalanib, aminokislotani  sintezlanishi uchun xizmat 

qiluvchi moddani aminokislotagacha transformatsiyalanadi. 

 

 

 



 

 

 



 


Download 224.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling