Reja: Ammoniy sul’fat. Ammoniy sul’fat ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslari. Koks gazi ammiakidan ammoniy sul’fat ishlab chiqarish. Gipsdan ammoniy sul’fat olish. Ka’rolaktam chiqindisidan ammoniy sul’fat olish. Ammoniy sul’fat
Download 45.46 Kb.
|
1 2
Bog'liqAmmoniy sul’fat ishlab chiqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gipsdan ammoniy sul’fat olish .
- Ka’rolaktam chiqindisidan ammoniy sul’fat olish .
Bilvosita usulda koks gazi sovutiladi, bunda undan smola kondensatlanadi va ammiak bilan to’yingan smola ustki suvi hosil bo’ladi. Koks gazi tarkibida qolgan ammiak esa ammiakli skrubberlarda suvga yuttiriladi. Hosil qilingan ammiakli suv va smola uski suvidan distillyatsiya kolonnalarida ammiak ajratib olinadi va uni sul’fat kislotasiga yuttiriladi. Bu usulda katta hajmdagi jihozlar va ko’’ miqdordagi energiya talab etiladi.
Belvosita usul bo’yicha ammiak gazining sul’fat kislotasi eritmasida yutilishi hisobiga ammoniy sul’fat hosil qilish bilan oldindan 680S gacha sovutilgan va elektrofilg’trlarda smoladan tozalangan koks gazini doimiy yuborish orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy jihatdan maqbul va keng tarqalgan usul bu yarimbevosita usuldir. Bunda koks gazidagi smolani kondensatlash uchun 25-300S gacha sovutiladi. Kondensat 2 qatlamga ajratiladi: quyi qatlamda smola va yuqori qalamda smola ustki suvi bo’lib, unda gaz tarkibidagi bir qism ammiak erigan bo’ladi. Smola ustki suvini distillyatsiya kolonnasida ohakli suv bilan ishlanadi va hosil qilingan ammiak gazi elektrfilg’trlarda smoladan tozalangan koks gazi bilan birgalikda sul’fat kislotasiga yuttirish uchun yuboriladi. Koks gazidagi ammiakni yuttirish barbotaj turidagi saturatorlarda (saturatorli usulda) yoki skrubberlarda (saturatorsiz usulda) amalga oshirilishi mumkin. Saturatorli usulda koks gazidagi ammiakning yuttirilishi va ammoniy sul’fatning kristallantirishlishi birgina jihoz – saturatorda amalga oshiriladi. Bu texnologik rejimni tanlash imkoniyatini chegaralaydi, yahni bir vaqtda ikkala jarayon (yuttirish va kristallantirish) uchun bir xil o’timal sharoit: ammiakning maksimal yutilishi va ammoniy sul’fat kristallarini ajratib olish uchun yirik kristallar hosil bo’lishini tag’minlovchi ‘arametrlarni belgilashni ko’rsatadi. Ko’’gina zavodlarda ko’llanilayotgan saturatorsiz usul bo’yicha yuqoridagi jarayonlar alohida-alohida: ammiakni yuttirish saturatorlarda, ammoniy sul’fatni kristallantirish esa kristalizatorlarda amalga oshiriladi. 7 – rasmda ammoniy sul’fat ishlab chiqarishning saturatorli usuliga asoslangan tasvir keltirilgan. 7 – rasm. Ammoniy sul’fat ishlab chiqarishning saturatorli usuli tasviri: 1-sul’fat kislotasi uchun bak; 2-koks gazi uchun qizdirgich; 3-saturator; 4barbotyor; 5-aylanuvchi eritma uchun bak; 6-kislota tutgich; 7-kristall yig’gich; 8-eritma yig’gich; 9-tsentrafuga; 10-«qaynovchi qatlam» li quritgich; 11’iridinsizlantirilgan eritma uchun rezvrvuar; 12-kislotali eritma uchun yig’gich; 13-eritma uchun rezervuar; 14,15-markazdan qochma nasoslar. Gipsdan ammoniy sul’fat olish. Sul’fat kislota sarflamasdan, tabiiy gi’s yoki ekstraktsion fosfat kislotasi ishlab chiqarish chiqindisi - fosfogi’sdan ammoniy sul’fat olish ham mumkin. Gipsni ammoniy sul’fatga konvertsiyasi 50-550S xaroratda 32-33% li ammoniy karbonat eritmasi bilan suyuqlik usuli deb ataladigan quyidagi reaktsiya yordamida amalga oshirilishi mumkin: CaSO4 + (NH4)2CO3 = (NH4)2SO4 + CaCO3 Bu reaktsiya kalg’tsiy karbonatning eruvchanligi kalg’tsiy sul’fatning eruvchanligidan kamligi hisobiga amalga oshadi. CaCO3 cho’kmasi ajratilgandan so’ng [1 t (NH4)2SO4 hisobiga 760 kg] 40% li ammoniy sul’fat eritmasini bug’latish va kristallantirish orqali qattiq mahsulotga aylantiriladi. 1 tonna ammoniy sul’fat olish uchun: 1,13 t gi’s, 0,74 ammoniy karbonat, 1,4 t bug’, 225 m3 suv, 65 kvt/soat elektroenergiya, 71,5 kg shartli yoqilg’i sarf bo’ladi. Gi’sdan ammoniy sul’fat olishni ammoniy karbonat o’rniga ammiak va karbonat angidrid gazlaridan foydalanish orqali ham amalga oshirilishi mumkin (gazli usul): CaSO4 + 2NH3+ CO2 + H2O = (NH4)2SO4 + CaCO3 Lekin bu usulda hosil bo’ladigan SaSO3 kristallari mayda, ignasimon bo’lib, uni filg’trlashda qiyinchiliklar kelib chiqadi. SHuning uchun konversiya jarayonini uzoq vaqt o’tkazish talab etiladi. Bundan tashqari reaktsiya issiqligini yo’qotish maqsadida reaktor ichiga sovutgich o’rnatish va yutilmagan gazni sul’fat kislotasi eritmasidan o’tkazish talab qilinadi. Ka’rolaktam chiqindisidan ammoniy sul’fat olish. ‘oliamid – ka’ron tayyorlash uchun ishlab chiqariladigan ka’rolaktam olishdagi tugallanuvchi bosqich benzol va fenoldan olinadigan oraliq mahsulot – tsiklogeksanon CH2 −CH2 − C =O | | ni gidrooksidaminosul’fat – (2NH2OH)*H2SO4 bilan oksimirlashdan CH2 −CH2 −CH2 iborat. Gidroksiaminosul’fatning ortiqcha miqdori ammiak tahsirida ‘archalanadi: (2NH2OH)*H2SO4 + 2NH3 = 2NH2OH + (NH4)2SO4 Hosil bo’lgan tsiklogeksanoksim suvli eritmadan ajratib olinib, kontsentrlangan sul’fat kislota (oleum) da ishlov beriladi. Natijada ka’rolaktamga izomerlanadi: CH| 2 −CH2 − C| =N−OH → CH| 2 −CH2 − CO /\ NH CH2 −CH2 −CH2 CH2 −CH2 −CH2 Izomerlanish jarayoni tugachach, sul’fat kislotani ammiak bilan neytrallanadi. Laktam moyi va sul’fatli aralashma ajratiladi. Oksimirlash va neytrallash natijasida 2543% (NH4)2SO4, 1-3% NH4NO3 va 0,1-0,5% organik moddalar eritmasi olinadi. Bu eritmalar esa ishlab chiqarish chiqindisi hisoblanadi. Uni bug’latish va kristallantirish orqali ammoniy sul’fat olinadi. Toza kristall holatidagi mahsulot (organik moddalar qo’shilmalari rangisiz) to’yinmagan holda sekin kristallantirish orqali olinadi. 34% li bunday eritmadan 1 t (NH4)2SO4 olish uchun: 2,3-2,5 MDj bug’, 24-30 kvt/soat elektroenergiya va 56 m3 suv sarflanadi. Adabiyotlar Технический анализ и контроль производства неорганических веществ. 2издание Под ред. Торочешкникова М. М., Высшая школа 1976 г. с. 241 – 248, 256 – 258. Горошев А.П. Технический анализ, стр. 362-371, Госхимиздат,1953. Шрайбан С.С Контроль производства хлора и каустика, стр. 57-66, ОНТИ,1934. Ismatov A.A. va boshqalar. Noorganik materiallar kimyoviy texnologiyasi,-T: O‘zbekiston, 2002, 336 б. Download 45.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling