Reja: Angliya inqilob arafasida


Download 433.24 Kb.
Sana16.01.2023
Hajmi433.24 Kb.
#1094842
Bog'liq
Slayd 2 T


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 303-GURUH TALABASI NURULLAYEVA SHAHLONING JAHON TARIXIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
XVII ASRDA ANGLIYA VA BURJUA INQILOBINI O'RGANISH
Reja:
1.Angliya inqilob arafasida
2.Inqilobning sabablari.
3.Inqilobning boshlanishi
XVI asr Angliya uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Dengizda yakka hukmronlikka erishildi. Chet ellar bilan savdo-sotiq ishlari tobora kengayib bordi. London tashqi savdoda monopol huquqni qo`lga kiritdi. Natijada bu shaharda baquvvat savdogarlar guruhi vujudga keldi. IchM savdo ham rivojlandi. 1600- yilda Londonda dastlabki birja ochildi.
Qishloq xo`jaligida hali bozor munosabatlarining qaror topishi tezlashdi. Bu omillarning barchasi katta mavqega ega bo`lgan o`rta tabaqaning shakllanishiga olib keldi. Ular, asosan, «isloh qilingan din»ga e'tiqod qilar edilar.
O'rta tabaqa vakillari qirol hokimiyatini inkor etmagan. Aksincha, uning parlament bilan hisoblashishining tarafdori bo`lganlar. Burjuacha hayot tarzi - tejamkorlik, mehnatsevarlik va izlanuvchanlik jihatlari tobora chuqur ildiz otib bordi.
Angliya qiroli mamlakat parlamenti va «isloh qilingan din» cherkoviga qarshi kurash boshladi. Buning oqibatida vujudga kelgan qarama-qarshilik inqilobning asosiy sababiga aylandi. Qirol Yakov I ning maqsadi parlament mavqeini yo`qqa chiqarish va eski feodal tartiblarni saqlab qolish edi. Qirol mahsulot sifati yomonlashadi, degan bahona bilan yangi ixtirolarni qo`llashni taqiqlab qo`ydi.
Bu esa manufaktura ishlab chiqarishi rivojiga salbiy ta'sir ko`rsatdi. Hukmron tabaqa, davlat amaldorlari o`rtasida davlat xazinasini talon-taroj qilish kuchaydi. Qirol hatto ba'zi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish uchun ruxsatnomani tadbirkor va savdogarlarga xohlagan narxda o`zi sotar edi. Oqibatda savdogarlar xarajatlarni qoplash uchun narx-navoni oshirishga majbur bo`lardilar.
Yakov I ning tashqi siyosatidan ham burjuaziyaning noroziligi kuchayib bordi. Bunga bosh raqib Ispaniya bilan murosasozlik qilinayotganligi asosiy sabab bo`ldi.
Karl I qirolligi davrida (1625-1649) ham vaziyat o`zgarmadi. U jamiyatda yuz berayotgan o`zgarishlarni tushunish va ularni qabul qilishni istamadi. Aksincha, Karl I Fransiya monarxi kabi cheklanmagan huquqqa ega bo`lishga intildi. Ayni paytda yangi - kapitalistik jamiyat tarafdorlari ham qo'1 qovushtirib o`tirmadi. Parlament amalda ularning qo`lida edi.
Burjuaziya vakillari, savdogarlar, yangi dvoryanlar, hurfikrli dindorlar ham davlat ishlaridan chetlatildi. Mamlakatda senzura kuchaydi. Mavjud siyosiy raqiblar sud ta'qibiga duchor etildi. Natijada fuqarolarninig chet ellarga chiqib ketishlari kuchaydi. Qirol o`z tarafdorlariga ichki va tashqi savdoda katta monopol huquqlar berdi.
Bu siyosat narx-navoning ko`tarilishiga olib keldi. Bundan savdogarlar, yangi dvoryanlar, hunarmandlar va barcha oddiy kishilar jabr ko`rdilar. Buning ustiga shu orada Shotlandiya Angliyaga hujum qildi. Bu esa vaziyatni yanada og`irlashtirib yubordi. Yuqorida qayd etilgan barcha omillar Angliyada inqilob yuz berishini muqarrar qilib qo 'ydi.
Shunday sharoitda qirol muxolifatning talabi bilan parlamentni chaqirishga majbur bo`ldi. 1640- yilning 3noyabrida parlament ish boshladi. Bu sana Angliya burjua inqilobining boshlanishi kuni bo`ldi. Jamoalar palatasining katta qismini eski tuzumga qarshi tabaqa vakillari tashkil etdi.
Parlament birinchi navbatda favqulodda sudlarni tarqatib yubordi. Cherkov sudini ruhoniy bo`lmagan shaxslarni sud qilish huquqidan mahrum etdi. Qirol huzuridagi «Maxfiy Kengash»ning Oliy sudni amalga oshirish vakolati bekor qilindi. Siyosiy mahbuslar ozodlikka chiqarildi. Matbuot mustaqilligi e'lon qilindi. Qonunsiz to`lovlar va jarimalar bekor qilindi. Qirol parlamentning jamoalar palatasini shu palataning roziligisiz tarqatmaslik to`g`risidagi qonunni imzolashga majbur etildi.
Karl I ning o`zi istamagan holda bularga rozilik berishdan boshqa iloji qolmadi, biroq u qulay fursat poylardi. 1641- yilda parlamentning «Buyuk remonstratsiya» deb nomlangan hujjatni qabul qilishi qirol va parlament munosabatlarini yanada keskinlashtirib yubordi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Angliya fuqarolar urushi, Jeyn Ohlmeyer, 22.03.2018.
2.Charlz I, Moris Eshli, (nd). Britannica.com
3.Ingliz fuqarolar urushi, "Onlayn tarix" kanali, (nd). History.com
4.Angliya fuqarolar urushi (1642-1651), ingliz tarixi(nd)
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 433.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling