Reja: Aniqlovchi a Sifatlovchi aniqlovchi


O‘xshatishga asoslangan she’riy san’atlar qaysi javobda berilgan? a)


Download 1.95 Mb.
bet5/11
Sana05.04.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1274058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ona tili umumiy 10 talik

7.O‘xshatishga asoslangan she’riy san’atlar qaysi javobda berilgan?
a)komediya, nota, eskiz
b)portret, mubolag‘a, peyzaj
c)tashbeh, mubolag‘a, talmeh
d)tashbeh, peyzaj, muqaddima
8.Uyushmagan sifatlovchi- aniqlovchilar ishtirok etgan gapni toping.
a)Yosh terak va tollarning yashil bargi shamolda tebranmoqda.
b)Bayram oldidan maktabning ichki va tashqi tomonlarini bezatdik.
c)G‘o‘za shoxlari oqish, pushti rang gullar bilan bezangan.
d)Ko‘l bilan qishloq o‘rtasida bepoyon yashil maydon cho‘zilib ketgan.
9.Uyushmagan aniqlovchi ishtirok etgan gapni toping.
a)Tog‘ etaklaridan nafis gullarning, hushbo‘y giyohlarning hidlari anqiydi.
b)Bulbullarning va sa’valarning sayrashi bizga zavq beradi.
c)Shu payt yonimizdan ikki nuroniy chol o‘tib qoldi.
d)Suvonqul yonidan sadaf dastali pichog‘ini chiqarib, pomidor to‘g‘radi.
10.Yo‘lakda har xil odamlar: portfel ko‘targan amaldorlar, bola yetaklagan qariyalar, meva to‘la savat ko‘targan xotinlar…- hammasi qayoqqadir shoshadi.
Mazkur gapda qaysi gap bo‘lagi uyushib kelgan?
a)kesim
b)ega c)to‘ldiruvchi d)hol
5-mavzu : Gapning ajratilgan bo`laklari.



6-mavzu : Gap bo`laklari sanalmaydigan birliklar.
Mavzu:Gap bo'laklari sanalmaydigan so'z va birikmalar
Reja :
1.Undalma Kirish so'z va kirish birikma
2.Kiritma gap va kiritma belgi

Gap tarkibida gap bo'lagi hisoblanmaydigan bo'laklar bilan grammatik jihatidan bog'lanmaydigan so'z va birikmalar ham ishlatiladi. Bunday so'z va birikmalar faqat ma'no jihatidan butun quyidagi turlarga bo'linadi: undalma, kirish so'z, kirish birikma va kiritma gap.


Undalma
So'zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni bildirgan so'z yoki so'z birikmasi undalma deyiladi. Undalma bildirilayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi.
Undalma bosh kelishik shaklidagi ot yoki otllashgan so'z bilan ifodalanadi va bu jihatdan egaga o'xshaydi, lekin u gapning kesimi bilan grammatik jihatdan bog'lanishligi va maxsus ohangga ega bo'lmasligi bilan gap bo'laklaridan farq qiladi. Masalan:
Azizim, devorda chiqillar soat.
Kunu tunni bo'ldik yigirma to'rtga. (U. A.)
Undalma ikkinchi shaxsga qaratilgan bo'ladi. Ko'p hollarda shaxs otlari,qarindoshlik, hunar, kasbni anglatuvclii so'zlar undalma bo'Iib keladi. Masalan:
Ey. mening munisginam,
Mehribonim, opajon. (U.A.)
To'kilganidan tomchilagan yomon, uka, tomchilagan yomon. Ayrim hollarda, ayniqsa, she'riy asarlarda hayvonlar, qushlar, jonsiz predmetlarning nomini bildirgan so'zlar ham undalma bo'Iib keladi. Masalan:
Sayrang. bulbulim, sayrang,
U gulning shoxi sinsin. (Qo'shiq.)

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling