Reja: Anomal bolalar toifalari. Anomaliyalarning kelib chiqish sabablari


Download 19.95 Kb.
bet3/8
Sana28.12.2022
Hajmi19.95 Kb.
#1014540
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
prezentatsiya

Ko’rish nuqsonlari bor bolalar

Tiflopedagogikada ko’zi ojiz bolalar ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar guruhlariga bo’linadi. Ko’r bolalarning ko’rish qobiliyati keskin kamaygan (total ko’rlik) yoki korrektsiya qo’llanilganda (ko’zoynak tutilganda) ham ko’rish o’tkirligi 0,04 gacha pasaygan, ya’ni bunday bolalar amalda ko’r bo’ladi. Zaif ko’ruvchi bolalarda ko’rish o’tkirligi 0,05 dan to 0,04 gacha bo’lishi mumkin. Ushbu gurhdagi bolalar tevarak – atrofni ko’rish analizatori orqali idrok etadi.

Ko’rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko’ra tug’ma va orttirilgan bo’ladi. Tug’ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar, homilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha va boshqa kasalliklar bilan kasallanishi sabab bo’lishi mumkin.

Og’ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar

Maxsus yordamga muhtoj anomal bolalarga og’ir nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar ham kiritiladi. Nutq nuqsoni logopediya fanida muayyan tilning me’yoridan chetga chiqish deb ta’riflanadi. Nutq nuqsoni o’z – o’zidan barham topmaydi, balki vaqt o’tgan sari yanada mustahkamlanib, zo’rayib boradi. Nutq nuqsoni gapiruvchining yoshiga mos kelmaydi. Nutq nuqsoniga ega bo’lgan kishilar logopedik yordamga muhtoj bo’ladi. Og’ir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga balki, umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko’rsatali.

Hozirgi kunda nutq nuqsonlarining turli klassifikatsiyalari mavjud. Nutq nuqsonlari asosan 3 ta katta guruhga ajratiladi. Fonetika – fonetik xarakterli nuqsonlar, sistemali nutq buzilishlari va yozma nutq nuqsonlari. Fonetika – fonematik nuqsonlarga tovushlar talaffuzidagi nuqsonlar, ovoz nuqsonlari, nutq sur’ati, tempi, ritmi va ravonligidagi kamchiliklar, nutqni idrok etishni buzilish oqibatida sodir bo’lgan nuqsonlar kiritiladi.

Ruhan sust rivojlangan bolalar

Ulgurmovchi o’quvchilar orasida ruhan sust rivojlangan bolalar ham uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati markaziy nerv sistemasidagi modda almashinuvi buzilishidan kelib chiqqan. Yengil potologik o’zgarishlar vaqtinchalik buzilgan bo’ladi.


Download 19.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling