Reja: Antik davr haqida umumiy ma’lumot
Download 6.01 Kb.
|
Jaxon tarix A Xasan
Mavzu: Antik tarix Reja: 1. Antik davr haqida umumiy ma’lumot. 2. Shimoliy Qora dengiz hududidagi antik davr davlatlari. 3. Kavkaz hududidagi antik davlatlar 4. Sibir hududidagi antik davr madaniyati Antika iborasi lotincha «antigus» so’zidan olingan bo’lib, u qadimgi degan ma’noni anglatadi. Bu ibora XV asrda Italiya gumanistlari tomonidan dastlab ishlatilgan bo’lib, u asosan qadimgi Yunon va Rim madaniyati va san’atini ta’riflash uchun qo’llanilgan. U quldorlik davlatlarining paydo bo’lishi, rivojlanishi va inqirozga yuz tutishini ta’riflaydi. Aynan Yunoniston va Rimning qadimgi madaniyat o’chog’i, deb qabul qilinishida ramziy ma’no bor. Chunki bu hududda qadimdan buyuk davlatlar hukm surgan bo’lib, ularning har biri qaysidir ma’noda jahon madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan. Mil. avv. I ming yillik yunonlar bosqini va ularning keng hududlar bo’ylab tarqalishlari bilan bog’liqdir. Yunon manzilgohlari turli joylarda barpo etilib, metropoliyalarida bo’lgan antik jamiyat uchun xos bo’lgan quldorlik tuzumini olib kelishdi. Bu davrda Yunonistonda muhim ijtimoiy jarayon – quldorlik jamiyatining shakllanishi va mustahkamlanishi yuz bergan edi. Quldorlik tuzumining rivojlanishi natijasida ozod dehqonlar xizmatidan ko’ra qullar mehnatidan foydalanish kuchaydi. Yunonistondagi qullarning ayovsiz ekspluatatsiya qilinishi natijasida ular orasida o’limni kuchaytirdi, bu esa mazkur davlatni qullar mehnatiga bo’lgan ehtiyojni keltirib chiqardi. Yunon bosqini mil. avv. VIII asrdayoq O’rta Yer dengizi bo’ylaridagi yerlarni bosib olinishi bilan boshlangan bo’lib, mil. avv. VII asrga kelib yanada kuchaydi. Bu hududda vujudga kelgan yunon shaharlari – koloniyalar metropoliyalardan mustaqil holda boshqarilar edi. Ular O’rta Yer dengizi bo’ylarida yashovchi qabilalarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sezilarli ta‘sir o’tkazishdi. Vaqt o’tishi bilan yunonlar o’z hududlarini tobora kengaytirib Shimoliy Qora dengiz bo’ylarini ham bosib ola boshlaydilar. Bu yerdagi eng qadimiy yunon koloniyalaridan biri Dnepropetrovsk-Bugskiy rayoni bo’lgan. Bu yerda Berezan orolida olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari jarayonida aholisi asosan baliqchilik bilan shug’ullangan ilk yunon manzilgohlaridan biri ochib o’rganilgan. Koloniya ioniy qabilalariga tegishli bo’lib, bu yerdan topilgan sopol buyumlari ioniy uslubda – kulolchilik charxida yasalgan va juda sifatli qilib pishirilgan va turli afsonaviy manzaralar, o’simliksimon va geometrik naqshlar solingan. Keyinchalik Janubiy Bug daryosining o’ng qirg’og’ida Olviya deb nomlangan koloniya vujudga keladi (yunonchadan tarjimasi “Baxtli”). Bu yunon koloniyalariga berilgan odatiy nomlardan biridir. Olviya 50 ga maydonga ega bo’lib arxeologlarning taxminiga ko’ra 15 mingga yaqin kishi yashagan. Uning paydo bo’lishi haqidagi ilk ma‘lumotlar Gerodot asarlarida berilgan. Olviya shahriga mil. avv. VII- VI asrlarda Milet shahridan kelgan Kichik osiyoliklar asos solishgan. Olviyaning gullab-yashnagan davri mil. avv. IV asrga to’g’ri keladi. Mil. avv. 331-330 yillarda Aleksandr Makedonskiy sarkardalaridan biri bo’lgan Zopirion qo’shinlari tomonidan qamal qilinadi. Mil. avv. III asrga kelib skif-sarmat qabilalarining bosqini natijasida boshqa yunon koloniyalari singari Olviya ham tushkunlikka yuz tutadi. Mil. avv. II asrda Olviya butunlay skiflar tomonidan bo’ysundiriladi. Mil. avv. I asrda shahar frakiy qabilalar bo’lgan getlar bosqinini boshdan o’tkazadi. Keyinchalik shaharning avvalgi maydonining uchdan bir qismida hayot yangidan boshlanadi. Ayrim mahallalar qabriston tagiga qolib ketadi. Milodiy III aasrda Olviya shahridagi hayot gotlarning bosqini natijasida butunlay vayronaga aylanadi. Olviya shahri atroflari yunonlarga qarashli bepoyon g’alla maydonlaridan iborat bo’lib, aholisi asosan don yetishtirish va eksporti bilan mashg’ul bo’lgan. Olviya uzoq shimoliy hududlargacha savdo aloqalarini olib borganligini tarixiy manbalar va ashyoviy topilmalar tasdiqlaydi. Olviyada ishlangan buyumlar Kiev va Poltava hududlaridan topilgan bo’lsa, shuningdek bu yerdan Volga bo’yi hududlariga olib boruvchi karvon yo’li boshlangan. Download 6.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling