Reja: Aqida hamda kalom ilmlari va ularni o’rganuvchi manbalar
Shialik yo’nalishi ilohiyotida 5 ta aqida
Download 168.75 Kb.
|
2-mavzu sirtqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ash’ariy
- Ash’ariylarning
Shialik yo’nalishi ilohiyotida 5 ta aqida tan olinadi:
1 – Tavhid (Allohning yagonaligiga) ishonish; 2 – Nubuvvat (Payg’ambarga) ishonish; 3 – Adl (ilohiy taqdirning adolatligiga) ishonish; 4 – Imomat (Imomlar hokimiyatini tanish) ishonish; 5 – Maod (Oxiratga) ishonish; Ash’ariylar – kalomning asosiy yo’nalishlaridan biri – Ash’ariy maktabi tarafdorlari. Boqiloniy (1013 y. v.e.), ibn Furq (1015 y. v.e.), Abu Ishoq Isfaro’iniy (1027 y. v.e.), Abdul Qohir Bog’dodiy (1037 y. v.e.), Juvayniy (1085 y. v.e.), Shahristoniy (1153 y. v.e.), Faxriddin Roziy (1209 y. v.e.) taniqli vakillaridir. Ash’ariy – Abul Hasan Ali ibn Ismoil (873-935) mashhur ilohiyotchi, kalomning Ash’ariylar maktabi asoschisi. Basrada tug’ilgan. Ash’ariy mu’taziliylarga qarshi diniy-falsafiy tizimni asoslash uchun Qur’on va Hadislarga qo’shimcha qilib falsafa va mantiq ilmidan kengroq foydalangan. Ash’ariy 100 ga yaqin asar yozgan bo’lib, ulardan eng mashhuri “Maqolat al-islomiyin” (“Musulmonlar ta’limoti”)dir Ash’ariylarning dunyoqarashida aql diniy an’ana – naqldan ustun qo’yiladi. Ash’ariylar – moturidiylik tarafdorlaridan o’nlab aqidaviy masalalarda farq qiladilar. Masalan, Ash’ariylar Alloh o’z bandalariga toqatlaridan tashqari og’ir ishlarni ham buyurishi mumkin desalar, Moturidiylar esa mumkin emas deydilar. Ash’ariylar Allohni aql bilan tanish vojibligiga ham qarshi turadilar. Dalil keltira olmaydigan muqallid musulmonning imonini Ash’ariylar qabul emas deydilar. Imon ozayib-ko’payib turishi, amal imonning tarkibiy qismi deb qarash va boshqalar. Ash’ariylarning qarashlarini eng avvalo Eronda (10 asrda) keng tarqalgan Shofi’iylik mazhabi tarafdorlari qabul qilganlar. Ash’ariyning o’zi tayangan Hanbaliylik tarafdorlari bu maktab dushmanlari bo’lib qolgan. Biroq Ash’ariylar ta’limoti Baqiloniy, G’azoliy va boshqalarning asarlari tufayli musulmon olamida katta ta’sirga ega bo’lib, kalomning eng keng tarqalgan oqimiga aylangan. Aytish zarurki, diniy ta’limotda aqida va aqidaparastlik tushunchalarining maqsad va mohiyatini bir-biridan farqlash lozim. Download 168.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling