Reja: Aqliy tarbiya va fuqarolik tarbiyasining maqsadi va vazifalari Huquqiy va marifiy tarbiyaning maqsad va vazifalari


Download 0.84 Mb.
Sana08.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1252597
Bog'liq
Qurbonova UP

Reja:

1. Aqliy tarbiya va fuqarolik tarbiyasining maqsadi va vazifalari

2. Huquqiy va marifiy tarbiyaning maqsad va vazifalari

3. Mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya va estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari


Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim sirtqi yo‘nalishi 308 guruh talabasi Qurbonova Naziraning Umumiy pedagogika fanidan bajargan mustaqil ishi

1. Aqliy tarbiya va fuqarolik tarbiyasining maqsadi va vazifalari

Aqliy tarbiya va fuqarolik tarbiyasining maqsadi va vazifalari

  • Tarbiya mazmuni. Aqliy tarbiya – ta'lim oluvchilarni fan asoslariga oid bilimlar tizimi bilan qurollantiradi. Aqliy tarbiya barkamol inson tarbiyalashning yetakchi tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlarni o‘zlashtirib olishlari, ularda ilmiy dunyoqarash, yuqori onglilik xislatlarini tarbiyalash, fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va nutq qobliyatlarini o‘stirishni maqsad qilib qo‘yadi.
  • Bilimlar tizimini ongli ravishda o‘zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, mayillik va iqtidorni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
  • Mamlakatimizda soʻnggi yillarda oʻtkazilgan huquqiy islohotlar, huquqiy-demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar mohiyatini aholi, ayniqsa yoshlarga yetkazish bugungi kun talabidir. Bu esa, oʻz navbatida taʼlim-tarbiya, ayniqsa huquqiy tarbiyani zamonaviy uslublar asosida yoʻlga qoʻyishni taqozo etadi.

2. Huquqiy va marifiy tarbiyaning maqsad va vazifalari

Huquqiy va marifiy tarbiyaning maqsad va vazifalari

  • Huquqiy tarbiya muammolari Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSH kabi mamlakatlarda ham doimo diqqat markazida boʻlib, u bilan bogʻliq koʻplab masalalar atroflicha oʻrganib chiqilgan. Huquqiy tarbiyaning ijtimoiy ahamiyati oʻsib kelayotgan yosh avlod ongiga muntazam singdirib borilgan va bu jarayonga alohida eʼtibor qaratilgan.
  • Ma’rifiy tarbiya – har qanday muammoga yechimdir
  • Bundan tashqari «Avesto», Kaykovusning «qobusnoma», Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Geodeziya», «Minerologiya», Mahmud qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk», Yusuf Xos Hojibning «qutadg‘u bilig», Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi ma'rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida muhim fikrlar bayon etilgan. Bular dastlabki xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi xalq eposlari, ertak, maqol va topishmoqlardan boshlangan.

Mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya va estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari

Mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya va estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari

  • Mehnat tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari. Mehnat tarbiyasini tashkil etish jarayonida o‘quvchilar dastlab ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy asoslari bilan tanishadilar.
  • Mehnat tarbiyasi bilan mehnat ta'limi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Mehnat faoliyati ma'lum bilimga ega bo‘lishni talab etadi. Zero, bilim va ko‘nikmalar o‘quvchini mehnat faoliyatiga tayyorlaydi.
  • Jismoniy tarbiya - deyarli butun tarbiya tizimining ajralmas tarkibiy qismi. Yuqori darajada rivojlangan ishlab chiqarishga asoslangan mavjud ijtimoiy sharoit jismonan baquvvat, korxonalarda yuqori unum bilan ishlashga qodir, har qanday qiyinchiliklardan cho‘chimaydigan, shuningdek, vatan himoyasiga doimo tayyor bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash zarurligini ko‘rsatmoqda.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling