Reja: Aruzning asosiy birliklari


Ham bayt, ham baytga asoslangan she'r shakllari


Download 84.24 Kb.
bet3/8
Sana28.02.2023
Hajmi84.24 Kb.
#1237146
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-10 aruz

Ham bayt, ham baytga asoslangan she'r shakllari
Reja:

  1. Baytga asoslangan she'r shakllari

  2. Ham bayt, ham baytga asoslangan she'r shakllari

Ularning tarkibiga ko‘ra ham bayt (g‘azal asosidagi qofiyalanish tizimini o‘z ichiga olganligi yoki baytlardan iborat bo‘lganligi uchun), ham bandga (tarkiban davomiylikni taqozo qilganligi va bandlarni vujudga keltirganligi uchun) asoslanganligi. Masnaviy – voqeaband she’r uchun asos sifatida. Tarji’band va vosila bayt haqida umumiy ma’lumot.


Tarkibbandning janr xususiyatlari. “Funun ul-balog‘a”da masnaviy va tarji’ga berilgan ta’riflar.
Adabiy va tarixiy manbalarda mumtoz poetikaga doir qarashlar. Balog‘at ilmi. Uning tarixi va tadrijiy takomili. Fasohat. Ilmi bayon. Balog‘at ilmida tashbeh. Haqiqat va majoz. Istiora. Arabiy manbalarda balog‘at ilmiga berilgan baho.
Forsiy manbalarda balog‘at ilmi. Balog‘at ilmining sof adabiyotshunoslikdagi talqini. Ilmlar uchligi va ularning mumtoz poetikani o‘rganishdagi ahamiyati. Ilmi aruz, ilmi bade’, ilmi qofiya.
Adabiy tur tushunchasi va uning ifodalanish shakllari (nasr, nazm). Mumtoz adabiy manbalarda she’r nav’lari bilan bog‘liq qarashlar. “Funun ul-balog‘a” asarida she’r nav’lari tasnifi: ifodalanish shakllari va mavzular bo‘yicha tasnif. Baytli she’r shakllari. G‘azal va uning turlari. Qasida va uning tarkibiy tuzilishi. Mustazodning janr xususiyatlari. Kichik lirik janrlar tavsifi.

  • Musammatlar haqida umumiy ma’lumot. Ularning janr sifatida shakllanishi. Mumtoz poetikaga doir manbalarda musammatlarga doir qarashlar. “Funun ul-balog‘a” asarida musammatlar tasnifi. Musammatlarning yaratilish xususiyatlariga ko‘ra turlari. Mustaqil va tazmin musammatlar. Taxmis va tasdislarga xos xususiyatlar.

Ilmi aruz haqida umumiy ma’lumot. Aruz vazniga doir mumtoz risolalar. Mumtoz aruzshunoslik asoslari. Juzv, rukn va bahrlar. Turkiy she’riyatdagi musta’mal bahrlar. Aruz vazni va mumtoz janrlar munosabati. Tuyuq, ruboiy va mustazod janrlarining vazn xususiyatlari.
Ilmi badi’ yoki badiiy san’atlar talqini. Mumtoz manbalarda ilmi badi’ga doir qarashlar. “Badoye’ us-sanoye’”da badiiy san’atlar tasnifi. Lafziy san’atlar haqida ma’lumot. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Takrorga asoslangan badiiy san’atlar. Ma’naviy san’atlar haqida ma’lumot. Tashbeh, talmeh, mubolag‘a, tanosub mumtoz adabiyotning tayanch badiiy vositalari sifatida. Lafzi-yu ma’naviy san’atlar. Ularning ham shakl, ham ma’noga aloqador ekanligi. Tajnis, iyhom, tazod san’atlarining mumtoz she’riyatdagi o‘rni.
Mumtoz manbalarda ilmi qofiyaga doir qarashlar. Qofiya unsurlari. Mumtoz qofiya turlari. Qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi turlari. Mujarrad, muassas, murdaf va muqayyad (qaydli) qofiyalar. Qofiyaning tuzilishiga ko‘ra turlari. Mutlaq va muqayyad qofiyalar.
Turonzamin qadimgi madaniy markazlardan biri sifatida. Qadimgi davrlardan eramizning VIII asrigacha Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar madaniyati, xalq og‘zaki ijodi, yozuvi va san’ati. Qadimgi shumer madaniyati va turkiy qavmlar tarixi. “Bilgamish” dostonining turkiy xalqlar eposiga munosabati.
Eng qadimgi og‘zaki adabiy yodgorliklar.Ularning asosiy manbalari. Mif va afsonalar qadimgi hayot aksi, tabiat haqidagi tasavvur-tushunchalarining badiiy ifodasi ekanligi. Xitoy manbalarida Markaziy Osiyo xalqlariga doir ma’lumotlar va afsona hamda rivoyatlar. Qahramonlik eposi. Markaziy Osiyo eposlar vatani ekanligi. Sharq epik adabiyotining mashhur qahramonlari. Qadimgi qahramonlik eposining yunon manbalari orqali yetib kelgan namunalari: «To‘maris», «Shiroq». Xalq qissalari haqida ma’lumot. Iskandar to‘g‘risidagi qissalar.

Download 84.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling