Reja: Arxaik madaniyatning dastlabki namunalari


Download 178 Kb.
bet1/10
Sana19.06.2023
Hajmi178 Kb.
#1604013
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Arxaik (ibtidoiy) madaniyat va an’anaviy madaniyat. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati.


Arxaik (ibtidoiy) madaniyat va an’anaviy madaniyat. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati.

Reja:


  1. Arxaik madaniyatning dastlabki namunalari.

  2. tosh davri madaniyati.

  3. Jez davrida yangi turdagi madaniyatning shakllanishi.

  4. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati.

  5. Qadimgi Sharq madaniyatining vujudga kelishi shart-sharoitlari.

  6. Qadimgi Sharqliklar duyoqarashi va tafakkurining o’ziga xosligi.

  7. Qadimgi Sharqlikdagi yirik madaniyatlarning (Misr, Mesopotamiya, Hind, Хitoy) o’ziga xos xususiyatlari.

  8. Antik madaniyat (Qadimgi Yunon va Rim).


1.Arxaik madaniyatning dastlabki namunalari.
Arxaik yoki ibtidoiy madaniyat-mavjud insoniyat madaniyatning ibtidosi va eng uzoq davom etgan davridir. Bu davr insoniyat tarixi umumiy ko’lamining 99 foizini tashkil qilgan holda zamonaviy madaniyatga beqiyos ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. O’sha vaqtda vujudga kelgan arxaik madaniyatning ayrim ko’rinishlari bo’lmish fikrlash tarzi, fe’l-atvor xozirga qadar yo’qolgan emas. Insoniyat hayotining boshlang’ich davri keyingi barcha o’zgarishlarga zamin tug’dirgani sababli bu davrni o’rganish insoniyat evolyutsiyasi asoslarini, uning madaniyati negizini tushunish va sharhlashga yordam beradi.
Ibtidoiy bosqichdagi madaniyat rivojining qiyofasini qayta tiklash o’ta qiyin vazifa.
Olimlar to’plagan ma’lumotlar 2 xil bo’lib:
I Antropologik va arxeologik topilmalar-ibtidoiy odamning jismoniy va madaniy rivojlanishi, ovchilik jamoasining turmush tarzini yorug’ olamga chiqardi. Bu ma’lumotlar o’ziga xos belgilari bilan emprik (tajriba) tahlilni yuzaga chiqardi va ibtidoiy bosqichni umum qabul qilgan tasnifiga asos soldi:
1. paleolit-qadimgi tosh asri,
2. Neolit-yangi tosh asri.
Paleolit bosqichining o’zi ham ilk va so’ngi davrlarga bo’linadi. Shuningdek, paleolit va neolit bosqichining o’rtasi mezolit-o’rta tosh asri davriga bo’linadi.
II Etnografik ma’lumotlar-zamonaviy xalqlar va xozirgi vaqtda ham ovchilik va termachilik bilan kun ko’ruvchilarning hayoti haqida. Bu ma’lumotlar saqalanib qolgan arxaik madaniyat o’rinishini etnik, ijtimoiy va ruhiy o’hshashliklar bo’yicha qayta tiklashga yordam beradi.
Тosh asrining davri bundan 2,6 mln. yildan to eramizgacha 2ming yilgacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. O’z navbatida paleolit bosqichidagi eng uzoq davr ilk paleolit bo’lib, bundan 40-35 ming yil oldin tugaydi. Ilk poleolitda antropogenez jarayonining sodir bo’lishi, qazib topilgan gominid qoldiqlarining alohida turlari yashagan davrlarda madaniyatning alohida ilk namunalari vujudga keldi: qo’pol tosh qurollari tayyorlash olovdan foydalanish, oddiy turar joylarning qurilishi, muomala vositalarining rivojlanishi, atrof muhit haqida dastlabki murakkab tasavvurlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi
Detsentrizm farazi insoniyat paydo bo’lishini ikki o’choq Afrika va Osiyo bilan bog’laydi, zero hozirgi vaqtda eng qadimgi odam qoldig’i ham Afrika mintaqasida topilan. Markaziy Osiyo, xususan, O’zbekiston xududida qazib topilgan gominidlar ham ilk paleolit davriga oiddir. Arxeolog U. Ismoilov Selung’ir g’oridan topgan “fergantrop” qoldig’ining yoshi 700 ming yilag teng.
Ilk paleolitning oxirgi davri ko’pincha alohida davrga ajralib “o’rta” yoki “muste’” deb nomlanadi. Bu qonuniy hodisa bo’lib, muste’ davrida madaniy ijodkorlik jarayonining o’sishi sezilvadi, ya’ni bu davrda neandertallar paydo bo’ldi. Neandertallar keng xududlarga tarqalib murakkab va turli xil qurollar tayyorlagan, eng muhimi ulardan ma’lum marosim va madaniyatni rivojlantirish boshlandi. Neandertallar yashagan g’orlaridan ayiqni bosh suyagi topilgan, maxsus o’rntailgan tosh supa olovda qoraygan, unda ma’lum marosim o’tkazilgan. Neandertallar qabri ko’pincha Sharq-G’arb yo’nalishi bo’yicha joylashib, murda “yonbosh uxlayotgan holatda, tizzalari engagiga qayrilgan yoniga tosh qurollar qo’yilan”. Bu marosim udumi o’limdan keyingi hayot mavjudligi haqidagi tasavvurning madaniyatidagi eng qadimgi va barqaror paydo bo’lganligiadg dalolatdir. Neandertal qabri O’zbekistonning Тeshiktosh g’oridan ham topilan, shunigdek, o’sha davrga oid ko’plab manzilgohlar ochib o’rganilgan.

Download 178 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling