Reja: Arxaik madaniyatning dastlabki namunalari


Qadimgi Sharqliklar duyoqarashi va tafakkurining o’ziga xosligi


Download 178 Kb.
bet7/10
Sana19.06.2023
Hajmi178 Kb.
#1604013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Arxaik (ibtidoiy) madaniyat va an’anaviy madaniyat. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati.

7. Qadimgi Sharqliklar duyoqarashi va tafakkurining o’ziga xosligi.
Qadimgi Sharq kishisi sababli natija munosabatlarni tushungan va farqlagan, biroq ularni mujmal va qounga mos bo’lmagan hodisa sifatida, ko’pchiligi esa shaxsiy qudrat sifatida ongli va ixtiyoriy idrok qiladi. Sabablarni izlashda “qanday” deb emas, baliki “kim” deb so’rashadi (“hodisada kim aybdor”), “ixtiyoriy, aniq maqsadda harakat qilganni” izlashgan. “Sabablarni” bunday idrok qilish oqibatida mifologik tafakkur ayrim va buguncha, bir-biriga o’xshash har qanda y tashqi moslikni qabul qiladi. Funksional aloqadorlik sifatida makon va zamondagi har qanday bog’likligi haqida gapirishga imkon to’g’iladi. Fikriy bog’liklik bilan o’xshash gapirishga imkon to’g’iladi. Qandaydir yangi narsani ko’rib inson o’ziga deydi: “Bu yangi narsa nimaga o’xshaydi?”-va unga o’xshash narsani o’zidan va ajdodlari tajribasidan izlaydi. Хususan, “asl namuna” tamoyili keng tarqalgan bo’lib, unga ko’ra hayotdagi barcha muhim narsalar (ehrom, podsho hokimiyati, inson) ilohiy qudratning “asl namunasiga” muvofiq yaratilgan.
Olamni mifologik tasavvur qilish uning nihoyatda tartibli, qat’iy iyerarxik qurilishida ifodalanib, uning asosi turli xil oppozatsiyalar tizimi hisoblanadi. Aynan shular mifologik razmiy tasniflashdagi dastlabki “poydevor” hisoblanadi.
Mifologik tafakkurning tafakkurning muvofiq va o’xshash jihatlari uning an’anaviyligi bilan bevosita bog’liq. An’ana bir-biriga yaqin, biroq mohiyatan boshqa bo’lgan hodisalar urf-odat, marosim, ibodat, udum, odob singari faoliyatda namoyon bo’ladi. Bularning bari u yoki bu sinuatsiyadagi aniq axloq dasturiga ega bo’lib, harakatning to’g’riligini kafolatlaydi, noto’g’ri harakatlarni ogohlantiradi, negaki an’analar negizida sotsiumning katta tajribasi mujassamdir.
Qadimgi Sharq madaniyatida an’analarga asoslanish ustun turadi. Ajdodlar an’anasi, tajribasi mutloq haqiqat kabi baholangan. Mutloq haqiqat hukmronligi bilan, D.S.Lixachev ta’kidlashicha “odoblik” bog’lik bo’lgan. Qadimgi Sharq kishisining axloqi harakat va faoliyatda muqaddas an’analarni qayta tiklashga qaratilgan “ilohiy o’rnatilgan” me’yor va qoidalarga borib taqaladi.
Mifologik tafakkurning o’ziga xos xususiyati shundaki, qadimgi sharq kishisi o’zini har doim sotsiumning bir qismi deb his qilgan, sotsium esa koinot kuchiga bog’liqlikda, tabiatga aralashgan holda ko’rinadi. Garchi, qadimgi Sharq madaniyatining turli qirralarida shaxsni individual lashtirish imkoniyatlari mavjud bo’lib, ular har doim individning turmush sharoitlarini belgilovchi asosiy sohalarga nisbatan ikkinchi darajali hisoblangan.
Qadimgi Sharqda makonning paydo bo’lishi chegaralanishi alohida o’rin tutadi. Qadimgi Sharq mifologiyasida kosmogenez jarayoni Хaosning ajralishi sifatida namoyon bo’ladi (Misol uchun, hindlarda Indra haqi da mif, Mesopotamiyada Marduq haqida). artibli uyushgan makon, betartib makonga qarama-qarshi qo’yiladi. Тabiiyki, tartibli, tashkiliy jihatdan uyushgan makon-”yaxshi”, “o’z” makonning, undan tashqarida “begona”, “uning” betartib, tashkiliy uyushmagan “xunuk” makoni-ko’chmanchilik, ibtidoiylik dunyosi joylashgan.
Diniy aqidalar hukmronligi kishilar xayotini belgilaydi. Inson qayerda osmon bo’lsa-xudolar dunyosi va yerni-odamlar denyosi deb bildi. Ular doimo o’zaro munosabatda, bir butunlikda olam daraxtining tanasi va shoxlari kabi viqor bilan yashashgan. Хudolar insonlar hayotining barcha sohalariga faol yashashgan, uning tug’ilishi, o’limini va o’limdan keyingi taqdirini belgilagan. O’sha davrlarda diniy ta’limotlar dan tashqari hech qanday boshqa dunyoqarash bo’lmagan. Inson xudolardan hatto arzimas narsalar haqida maslahat so’ragan va unga xatlar yozib ibodatxonaga olib bergan.

Download 178 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling