Reja Asosiy mezoniy tushunchalar
Download 255.11 Kb.
|
Yo\'lchiboyev Inomjon Falsafa
Odob-axloq va huquqOdob-axloq va huquqning o’zaro munosabati yuristlar uchun alohida qiziqish tug’diruvchi ushbu ijtimoiy ko’rinishlarni o’rganishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.Odob-axloq insonning xatti-harakatini, faoliyatini normativ tartibga solishning asosiy turlaridan biridir. U insonlarning umumijtimoiy qonunlarga bo’ysunishini ta’minlaydi. Odob-axloq ushbu vazifani boshqa jamiyatda o’rnatilgan normalarni o’rganish va o’zlashtirishni ta’minlashga yo’naltirilgan ijtimoiy fanlar bilan birgalikda amalda bo’ladi.Odob-axloq bu – ijtimoiy hayotni tartibga soluvchi zarur, o’zaro bog’liq va bir-biriga singib boruvchi tizimlardir. Ular jamiyat faoliyatiga turli xil xohish-istaklarni muvofiqlahtirish, insonlarni muayan qoidalarga bo’ysundirish yo’li bilan amalga oshiradi.Axloq va huquq bitta ijtimoiy vazifani bajaradi, u ham bo’lsa jamiyatda insonlarning xatti-harakatlarini tartibga solishdan iborat. Ular murakkab tizimlarni tashkil etadi, qaysikim o’z ichiga ijtimoiy ongni (axloqiy va huquqiy), ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni, normativ sohani (axloqiy va huquqiy normalar) oladi.Normativlik bu - insonlar xatti-harakatini tartibga solishga imkon beradigan axloq va huquqning xususiyatidir. Bu o’rinda ularning ob’ektlari ko’p hollarda mos keladi. Ammo ularni taribga solish o’ziga xos usullarda amalga oshiriladi.Normativlik bu - insonlar xatti-harakatini tartibga solishga imkon beradigan axloq va huquqning xususiyatidir. Bu o’rinda ularning ob’ektlari ko’p hollarda mos keladi. Ammo ularni taribga solish o’ziga xos usullarda amalga oshiriladi.Huquqiy normalarga rioya qilish huquqiy tag’dirlash, jazolash, shu jumladan davlat majburlavi, yuridik sanktsiya maxsus davlat apparati tomonidan amalga oshriladi. Axloqda esa faqat ruhiy sanktsiyalar bo’lib, ular ruhiy qo’llab quvvatlash yoki ruhiy jazolashdan iborat.Ijtimoiy munosabatlarning birligi o’z-o’zidan huquqiy va axloqiy tizimlarning birxilligini belgilaydi. Axloq bilan huquq doimo o’zaro aloqada bo’ladi. Huquq axloqqa zid bo’lmaydi. O’z navbatida huquq axloqiy normalarning hakllanishiga ko’maklashadi.Download 255.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling