Reja: Asosiy va unga bog„liq qo„shimcha shakllar yaratish
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
7 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sozdanie knopka
- 6.16-rasm.
- Tanlangan maydonlar
- Bo„ysunuvchi shakllar
- Tayyor (Gotovo)
7 – maruza. Microsoft Access dasturida shakl elementlari Reja: 1. Asosiy va unga bog„liq qo„shimcha shakllar yaratish. 2. Shakllar o„zaro bog„lash usullari.
. Asosiy va unga bog`liq qo`shimcha shakllar yaratish Access dasturida bir nechta shakldan bog’langan jadvallar bo’yicha o’zaro bog’langan shakllar yaratish imkoniyati mavjud bo’lib, buning uchun shakldagi Master form yordamida bir nechta jadvallardan avtoshakllar yaratib ularni bir biriga o’zaro bog’langan shaklida joylashtirish mumkin. Masalan, Viloyatlar bilan Tumanlar jadvallari bir biriga bog’lanadi. Bu yerda Viloyatlar jadvaliga Tumanlar jadvali bo’ysunuvchi bo’ladi. Shuning uchun Viloyatlar jadvalini Konstruktor rejimida ochib unga elementlar panelidagi bo’ysunuvchi shakl (Podchenennaya forma/otchet) elementini joylashtiramiz. Agar Tumanlar jadvali mavjud bo’lsa uning nomini ko’rsatamiz, aks holda dastur uni jadvaldan avtomatik yaratadi.
Shaklning konstruktor rejimida funksional tugmachalardan foydalanish: F1 - dastur haqida ma‘lumotnoma F2 - element nomini o’zgartirish F4 - xususiyatlar oynasini ochish F5 - konstruktor rejimidan shakl rejimiga o’tish F7 - element vazifalarini tashkil etuvchi oynani ochish (mas., dastur, makros, ifoda) F8 - shaklga biriktirilgan jadvalning maydonlar ro’yxatini (Spisok poley) ochish F10 - menyuga chiqish F11 - ma‘lumotlar bazasi oynasini faollashtirish F12 - shaklni qayta nomlab boshqa nusxasini saqlash Ctrl+F10 - oynalarni kattalashtirish Alt+F11 - Microsoft Visual Basic for Application muhitini ochish. Shaklga ixtiyoriy elementni joylashtirish mumkin. Masalan, Access dasturini to’liq yopish tugmasini avtomatik rejimda joylashtiramiz. Buning uchun elementlar panelidagi (Master) elementi faollashgan bo’lishi kerak. Bu element faol bo’lsa hosil qilinayotgan tugmaning fayllarni ochish, yozuvlarni qidirish va boshqarish, shakl va hisobotlarni ochish, ilovalar bilan ishlashni bajaruvchi dastur kodini bosqichma-bosqich avtomatik yozilishini ta‘minlaydi. 1.
Shaklning Konstruktor rejimida tugma (Knopka)ni joylashtiramiz. 2.
Sozdanie knopka muloqat oynasi ochilib, uning Kategorii: qismida Prilojenie, Deystviya: qismidan Viyti iz prilojeniya buyruqlarini tanlaymiz va Dalee tugmasini bosamiz. 3.
Tugma ustiga so’z yoki mos rasmni qo’yamiz Dalee keyin esa Gotovo tugmasini bosamiz.
Demak yuqorida keltirilgan Sozdanie knopka muloqat oynasidan Kategorii va Deystviya qismlaridan keraklisini tanlab, shaklni tugmalar bilan avtomatlashtirishimiz mumkin. Shakllarni o„zaro bog„lash usullari Tarkibli shakllar bir nechta jadvallar asosida loyihalashtiriladi. Bog’langan Guruhlar va TALABALR jadvallari asosida asosiy shakl bo’ysinuvchi bilan bog’langan tarkibiy shakl loyihalashni ko’rib chiqamiz. Bunday shakllar yordamida qanday o’qituvchilar har xil fanlardan dars berishi haqidagi ma‘lumotlarni olish mumkin. Usta yordamida loyihaning shaklini tayyorlaymiz.
6.15-rasm. Yangi shakl yaratish oynasi.
qo’yilmasini oching. Sozdat tugmasini bosgandan keyin ekranda Novaya forma muloqat oynasi paydo bo’ladi. Bu oynada shakl yaratish usullari aniqlanadi. Shakl yaratish ustasini chaqirish uchun Master form elementini tanlang. Bu bosqichda jadval nomini ko’rsatmaslik mumkin. OK tugmasini bosgandan keyin ustaning birinchi muloqat oynasi paydo bo’ladi. Bu oynada loyihalashtirilayotgan shakl uchun jadvallar va maydonlar tanlanadi.
shaklda qo’llaniladigan Guruh kodi va nomi berilgan maydonlarni ko’rsating va ularni Tanlangan maydonlar ro’yxatiga o’tkazing. Keyin Jadvallar va So`rovlar ro’yxatidan TALABALAR jadvalini tanlang. Shakl loyihasiga barcha maydon nomlarini kiriting. Bu jarayonni yakunlab, Keyin (Dalee) tugmasi ustiga bosing. Natijada ekranda tarkibiy shakl hosil qilinayotganini ko’rsatuvchi Bo„ysunuvchi shakllar oynasi paydo bo’ladi.
Jadvallar o’rtasidagi aloqani tahlil qilib, Access Guruhlar jadvali asosida asosiy (bosh) shaklni yaratadi. Keyingi oynaga o’tish uchun Keyin (Dalee) tugmasidan foydalaning. Shakllar ustasining keyingi oynalarida faqat indamaslik bo’yicha berilgan o’rnatishlarni tasdiqlash lozim. Ochilgan oynada bo’ysundirilgan shakl turi – lentali yoki jadvalli tur tanlanadi.
Ikkinchi bo’lak faollashtirilib, keyingi oynaga o’ting va shakl bezatish variantini tanlang. Ro’yxatda Standart elementini ajrating va ustaning oxirgi oynasiga o’ting. Bu oyna bosh va bo’ysundirilgan shakl nomlarini kiritish uchun mo’ljallangan. Bosh shaklga Guruhlar nomini bering, bo’ysundirilgan shakl uchun esa Access taklif qilgan nomni qoldiring. Ish so’ngida ikkita bo’lakdan birini o’rnatish lozim: Ma‘lumotlarni kurish yoki kiritish uchun shakl ochish; Shakl maketini o’zgartirish. Keyinchalik shaklga o’zgartirishlar kiritish imkoniga ega bo’lish uchun ikkinchi holatni faollashtiring. Tayyor (Gotovo) tugmasini bosing va ekranda shakl maketi paydo bo’ladi.
Oldiniga siz faqat shakl sarlavhasi va ma‘lumotlar xududini ko’rasiz, bosh shaklda bir qator maydon nomlari keltirilgan. Prokrutka chizgichi yordamida pastga siljitsak, ko’z oldingizda bo’ysungan shakl paydo bo’ladi, aniqrogi, u bo’ysungan shakl nomi yozilgan oq to’rtburchak.
6.20-rasm. Asosiy va tobe shakllarni yaratishning so’nggi bosqichi.
Shu tariqa, berilgan shakl mustaqil bo’lib, bosh shakl bilan uzviy bog’liq. To’rtburchak ustiga bosganda konstruktor rejimida bo’ysungan shakl ochiladi. Berilgan shakl alohida saqlangani va u yagona nomga egaligi uchun, undan mustaqil sifatida ham, bo’ysungan sifatida ham foydalanish mumkin.
6.21-rasm. Asosiy va tobe shakllarning konstruktor rejimidagi ko’rinishi.
1. Ikki shaklni bir-biriga bog’lab yagona interfeys yaratish jarayonini tushuntiring? 2. Microsoft VBA muhitiga o’tish qanday tugmalarni bosish orqali amalga oshiriladi? 3. Shaklda tugma joylashtirish tartibini ayting? 4. Shaklning konstruktor rejimida qanday operatsiyalarni bajarish mumkin? Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling