Reja: Asosiy va unga bog„liq qo„shimcha shakllar yaratish


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.04.2020
Hajmi0.77 Mb.
#99763
Bog'liq
7 maruza


7 – maruza. Microsoft Access dasturida shakl elementlari  

 Reja:  

1. 

Asosiy va unga bog„liq qo„shimcha shakllar yaratish.  

2. 

Shakllar o„zaro bog„lash usullari.  

  

Tayanch iboralar: Bo„ysunuvchi shakl, funksional tugmachalar, master form



.

  

  

Asosiy va unga bog`liq qo`shimcha shakllar yaratish  

Access  dasturida  bir  nechta  shakldan  bog’langan  jadvallar  bo’yicha  o’zaro  bog’langan  shakllar 

yaratish imkoniyati mavjud bo’lib, buning uchun shakldagi Master form yordamida bir nechta jadvallardan 

avtoshakllar yaratib ularni bir biriga o’zaro bog’langan shaklida joylashtirish mumkin.  

Masalan, Viloyatlar bilan Tumanlar jadvallari bir biriga bog’lanadi. Bu yerda Viloyatlar jadvaliga 

Tumanlar jadvali bo’ysunuvchi bo’ladi. Shuning uchun Viloyatlar jadvalini Konstruktor rejimida ochib 

unga elementlar panelidagi bo’ysunuvchi shakl (Podchenennaya forma/otchet) elementini joylashtiramiz. 

Agar Tumanlar jadvali mavjud bo’lsa uning nomini ko’rsatamiz, aks holda dastur uni jadvaldan avtomatik 

yaratadi.  

 

  

  

6.13-rasm. Tayyor xoldagi bog’langan shakllar ko’rinishi.  

 Shaklning konstruktor rejimida funksional tugmachalardan foydalanish:  

F1 - dastur haqida ma‘lumotnoma  

F2 - element nomini o’zgartirish  

F4 - xususiyatlar oynasini ochish  

F5 - konstruktor rejimidan shakl rejimiga o’tish  

F7 - element vazifalarini tashkil etuvchi oynani ochish (mas., dastur, makros, ifoda)  

F8 - shaklga biriktirilgan jadvalning maydonlar ro’yxatini (Spisok poley) ochish  

F10 - menyuga chiqish  

F11 - ma‘lumotlar bazasi oynasini faollashtirish  

F12 - shaklni qayta nomlab boshqa nusxasini saqlash  

Ctrl+F10 - oynalarni kattalashtirish  

Alt+F11 - Microsoft Visual Basic for Application muhitini ochish.  

 Shaklga ixtiyoriy elementni joylashtirish mumkin. Masalan, Access dasturini to’liq yopish 

tugmasini avtomatik rejimda joylashtiramiz. Buning uchun elementlar panelidagi 

 (Master) elementi 

faollashgan bo’lishi kerak. Bu element faol bo’lsa hosil qilinayotgan tugmaning fayllarni ochish

yozuvlarni qidirish va boshqarish, shakl va hisobotlarni ochish, ilovalar bilan ishlashni bajaruvchi dastur 

kodini bosqichma-bosqich avtomatik yozilishini ta‘minlaydi.  

1. 


Shaklning Konstruktor rejimida tugma (Knopka)ni joylashtiramiz.  

2. 


Sozdanie  knopka  muloqat  oynasi  ochilib,  uning  Kategorii:  qismida  Prilojenie, 

Deystviya: qismidan Viyti iz prilojeniya buyruqlarini tanlaymiz va Dalee tugmasini bosamiz.  

3. 


Tugma ustiga so’z yoki mos rasmni qo’yamiz Dalee keyin esa Gotovo tugmasini bosamiz.  

 

 



 

  

  

6.14-rasm. Tugmaga kerakli buyruqni o’rnatish oynasi.  

 Demak yuqorida keltirilgan Sozdanie knopka muloqat oynasidan Kategorii va Deystviya 

qismlaridan keraklisini tanlab, shaklni tugmalar bilan avtomatlashtirishimiz mumkin.  



  

Shakllarni o„zaro bog„lash usullari  

 Tarkibli shakllar bir nechta jadvallar asosida loyihalashtiriladi. Bog’langan Guruhlar va 

TALABALR jadvallari asosida asosiy shakl bo’ysinuvchi bilan bog’langan tarkibiy shakl loyihalashni 

ko’rib chiqamiz. Bunday shakllar yordamida qanday o’qituvchilar har xil fanlardan dars berishi haqidagi 

ma‘lumotlarni olish mumkin. Usta yordamida loyihaning shaklini tayyorlaymiz.  

 

  

 6.15-rasm. Yangi shakl yaratish oynasi.  

  

 Vid  menyusining  Formi  buyrug’ini  ishga  tishiring  yoki  ma‘lumotlar  bazasi  oynasidagi  Formi 

qo’yilmasini oching. Sozdat tugmasini bosgandan keyin ekranda Novaya forma muloqat oynasi paydo 

bo’ladi. Bu oynada shakl yaratish usullari aniqlanadi. Shakl yaratish ustasini chaqirish uchun Master form 

elementini tanlang. Bu bosqichda jadval nomini ko’rsatmaslik mumkin. OK tugmasini bosgandan keyin 

ustaning birinchi muloqat oynasi paydo bo’ladi. Bu oynada loyihalashtirilayotgan shakl uchun jadvallar va 

maydonlar tanlanadi.  

 

6.16-rasm. Yangi shakl yaratish oynasi.  

  

Jadvallar  va  So`rovlar  ro’yxatida  Guruhlar  jadvalini,  Murajaat  maydonlari  ro’yxatidan  esa 

shaklda  qo’llaniladigan  Guruh  kodi  va  nomi  berilgan  maydonlarni  ko’rsating  va  ularni  Tanlangan 



maydonlar  ro’yxatiga  o’tkazing.  Keyin  Jadvallar  va  So`rovlar  ro’yxatidan  TALABALAR  jadvalini 

tanlang. Shakl loyihasiga barcha maydon nomlarini kiriting. Bu jarayonni yakunlab, Keyin (Dalee) tugmasi 



ustiga bosing. Natijada ekranda tarkibiy shakl hosil qilinayotganini ko’rsatuvchi Bo„ysunuvchi shakllar 

oynasi paydo bo’ladi.  

  

  

  

6.17-rasm. Yaratilayotgan shaklga ikkinchi tobe shakldan maydonlarni ko’chirish.  

  

Jadvallar  o’rtasidagi  aloqani  tahlil  qilib,  Access  Guruhlar  jadvali  asosida  asosiy  (bosh)  shaklni 



yaratadi. Keyingi oynaga o’tish uchun Keyin (Dalee) tugmasidan foydalaning. Shakllar ustasining keyingi 

oynalarida  faqat  indamaslik  bo’yicha  berilgan  o’rnatishlarni  tasdiqlash  lozim.  Ochilgan  oynada 

bo’ysundirilgan shakl turi – lentali yoki jadvalli tur tanlanadi.  

 

  

  

6.18-rasm. Asosiy va tobe shakllarning tashqi ko’rinishini belgilash.  

  

Ikkinchi bo’lak faollashtirilib, keyingi oynaga o’ting va shakl bezatish variantini tanlang. Ro’yxatda 



Standart elementini ajrating va ustaning oxirgi oynasiga o’ting. Bu oyna bosh va bo’ysundirilgan shakl 

nomlarini kiritish uchun mo’ljallangan. Bosh shaklga Guruhlar nomini bering, bo’ysundirilgan shakl uchun 

esa 

Access taklif qilgan nomni qoldiring. Ish so’ngida ikkita bo’lakdan birini o’rnatish lozim:  



 Ma‘lumotlarni kurish yoki kiritish uchun shakl ochish; Shakl maketini o’zgartirish.  

Keyinchalik  shaklga  o’zgartirishlar  kiritish  imkoniga  ega  bo’lish  uchun  ikkinchi 

holatni  faollashtiring.  Tayyor  (Gotovo)  tugmasini  bosing  va  ekranda  shakl  maketi  paydo 

bo’ladi.  

 

6.19-rasm. Yaratilayotgan shaklning stilini belgilash.  

  

Oldiniga siz faqat shakl sarlavhasi va ma‘lumotlar xududini ko’rasiz, bosh shaklda bir qator maydon 



nomlari  keltirilgan.  Prokrutka  chizgichi  yordamida  pastga  siljitsak,  ko’z  oldingizda  bo’ysungan  shakl 

paydo bo’ladi, aniqrogi, u bo’ysungan shakl nomi yozilgan oq to’rtburchak.  

     

 

      



 

 

6.20-rasm. Asosiy va tobe shakllarni yaratishning so’nggi bosqichi.  

  

Shu  tariqa,  berilgan  shakl  mustaqil  bo’lib,  bosh  shakl  bilan  uzviy  bog’liq.  To’rtburchak  ustiga 



bosganda konstruktor rejimida bo’ysungan shakl ochiladi. Berilgan shakl alohida saqlangani va u yagona 

nomga egaligi uchun, undan mustaqil sifatida ham, bo’ysungan sifatida ham foydalanish mumkin.  

 

 

  



  

6.21-rasm. Asosiy va tobe shakllarning konstruktor rejimidagi ko’rinishi.  

  

Nazorat uchun savollar:  

1. 

Ikki shaklni bir-biriga bog’lab yagona interfeys yaratish jarayonini tushuntiring?  



2. 

Microsoft VBA muhitiga o’tish qanday tugmalarni bosish orqali amalga oshiriladi?  

3. 

Shaklda tugma joylashtirish tartibini ayting?  



4. 

Shaklning konstruktor rejimida qanday operatsiyalarni bajarish mumkin?  



 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling