Reja: Atom va molekulalarning kvant mexanikasi


Download 37.43 Kb.
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi37.43 Kb.
#1461719
  1   2   3
Bog'liq
Atom tuzilishi va nurlanishi


Atom tuzilishi va nurlanishi
Reja:

  1. Atom va molekulalarning kvant mexanikasi.

  2. Atom tuzilishi. Rezerford tajribalari

  3. Vodorod atomi uchun Bor nazariyasi va postulotlari.

  4. Frank va Gers tajribalari.

  5. Vodorodsimon atomlarning spektrlari. Energetik cathlar..

Xulosa


Tayanch iboralar: Atom,Atom tuzilishi, Rezerford tajribasi, Bor postulotlari Redberg doimiysi, vodorod atomi, lazerlarlar, zarra,electron, proton va neytron, energetic sathlar, spin, planetar model

Gazlar kinetik nazariyasini tushuntirishda eng foydali bulgan atom «bulinmas»ligi tushunchasi kup eksperimental faktlarni talkin kilishda X1X asrning oxirlarigacha eng foydali ta’limot bulib kelgan. Lekin X1X asr oxirlariga kelib, katod nurlarining kashf etilishi, birinchi elementar zarracha – elektronni, radioaktivlik xodisasini kashf etilishi va boshka xodisalar atom murakkab tuzilishga ega ekanligi xakida dalolat beradi. Atom modeli birinchi bor Tomson tomonidan urtaga tashlandi.


1. Atomning Tomson modeli. Birinchi atom modelini nazariy yul bilan 1904 yil Tomson kashf kildi. Uning fikriga asosan atom bir tekis musbat zaryadlangan shardan iborat bulib, uning ichida elektronlar xarakat kiladi deyiladi. Tomson xisoblariga asosan bunday atomlarning radiusi taxminan 10-8sm ~ Å tartibida bulish kerak. Tomson moduliga asosan atomni massasi uning butun xajmi buylab joylashgan. Atomni atrofida va ichida kuchli elektr maydoni yuzaga kelmaydi.
2. Rezerford modeli. Atomning planetar yadroviy modeli. Tomson modelini tugri–notugriligini isbotlash maksadida E. Rezerford 1911 yilda -zarrachalar (-zarrachalar ikki marta ionlashgan geliy atomidir) bilan yupka oltin plastinkasini bombardimon kiladi. Bunda -zarrachalar oltin plastinkadan turli burchaklarga sochiladi. Sochilgan -zarrachalar ichida 1800 ga sochilganlari xam buldi. Mana shu sochilishni tadkik kilgan Rezerford kuyidagi xulosalarga keldi:
a). -zarrachalarni bunday burchaklarga sochilishi uchun atom atrofida va asosan ichida kuchli elektr maydon bulishi kerak.
b). -zarrachalarning bunday burchaklarga sochilishi uchun atomni massasi uning butun xajmi buylab tarkalgan emas, balki uning massasi asosan biror bir kichik xajmda tuplangan bulishi kerak va bu xajm musbat zaryadga ega bulishi kerak.
Shu xulosalarga asoslanib Rezerford atomning planetar modelini kashf etdi va Tomson modeli notugri ekanligini isbot kildi. Bu modelga asosan atom markazida musbat yadro va bu yadroning atrofida Kuyosh atrofidagi planetalar aylanishiga uxshash, manfiy zaryadlangan elektronlar aylanadi. Bu modelga misol vodorod atomidir. Atomning kariyb xamma massasi yadroda joylashgan. Sababi elektron proton massasining, ya’ni vodorod atomi yadrosi massasining 1/1840 ulushini tashkil kilib, moddaning atom massasiga deyarli ta’sir etmaydi. Atom elektroneytral zarrachadir, chunki atomda kancha proton bulsa, shuncha elektron xam bor, ya’ni yadroning zaryadi elektronlarning tula zaryadiga teng.
N. Bor Rezerfordning atom modelini kamchiliklarini xisobga olib, Plankning elektromagnit nurlanishlar diskret porsiyalarida ruy berish xakidagi goyasini xisobga olgan xolda atomlarning uzidan nur chikarish va yutishining uzining kuyidagi uchta postulati yordamida tushuntirib berdi.
Atom tuzilishi. Bor nazariyasi va postulotlari. Barcha moddalar ko‘p sonli bo‘linmas zarralardan (atomlardan) tashkil topgan. Juda qadim zamonlarda yunon olimlari Demokrit, Yepikur va Lyukretsiyalar tomonidan atomlar bo‘linmas degan fikrni bildirdilar. (“atom” so‘zi yunoncha “atamos” bo‘linmas degan ma’noni anglatadi).
XVIII- asrga kelib fransuz A. Laviazyu (1743-94), ingliz J.Dalton (1766-1844) italyan Avagadro A. (1776-1856), rus M. Lomonosov(1711-1765) shved U. Bersilius (1779-1848) olimlari kashfiyotlari natijasida atomlarning mavjudligiga shubha qolmadi. D.I. Mendileyev esa 1869 yilda elementar davriy sistemasini yaratib, barcha moddalarning atomlari bir-biriga o‘xshash tuzulishga ega ekanligini ko‘rsatib berdi.
Ingliz fizigi J.Tomson 1903-yilda atomning tuzilishi haqidagi birinchi modelni taklif ildi. Bu modelni inkor etib ingliz fizigi D. Rezerford o‘z tajribalarida atomning planetar modelini taklif etdi. Atom yadrodan (o‘zakdan) va uning atrofida harakatlanuvchi elektronlardan iboratdir. Yadroning o‘zi musbat zaryadlangan proton va neytronlardan iborat. va massasi bo‘lgan zarradan iborat.


Download 37.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling