Reja: audit qo’mitas ichki audit nima?


Download 284.66 Kb.
bet3/6
Sana15.07.2023
Hajmi284.66 Kb.
#1660486
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AUDIT QOMITASI

Ichki audit xizmati. Ichki nazorat muxitining yana bir muxim elementi ichki audit tizimidir. Ichki audit xizmati xodimlarining vazifasi korxona ichki nazorat tizimi samaradorligini doimiy ravishda o’rganib borish va korxona bo’limlari va xodimlari ish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan. Ichki audit xizmati xodimlari be’vosita korxonaning yuqori rahbariyatiga hisobot topshiradilar. Ichki auditorlar korxona bo’lim va xodimlari o’z vazifalarini aniq tushunib etganliklarini, zaruriy xodimlar bilan ta’minlanganliklarini, o’z faoliyatlari yuzasidan to’g’ri va to’liq xisob yuritayotganliklarini, pul mablag’lari, tayyor maxsulot va boshqa aktivlarni samarali ximoyalaganliklarini tekshiradi va baholaydi. Bu jarayonda kamchiliklar aniqlansa, shu kachiliklarni bartaraf etish yo’llarini rahbariyatga taklif etadi.
Buxgalteriya ma’lumotlarining to’g’riligini tekshirish ichki auditorlar vazifasi emas. Bu ishni korxona buxgalteriya bo’limi xodimlari amalga oshiradi. Ichki auditorlarning vazifasi buxgalteriya ma’lumotlarining to’g’ri bo’lishini ta’minlashi lozim bo’lgan ichki nazorat tizimining to’g’riligini tekshirishdan iborat.
Shu o’rinda shuni ta’kidlab o’tish lozimki, ichki va tashqi auditorlar o’rtasida katta farq mavjud. Tashqi auditorning vazifasi mijoz korxona moliyaviy hisobotlari yuzasidan o’z professional fikrini bildirishdir. Ichki auditorning vazifasi esa korxona moliyaviy hisobotlarini tekshirish emas, balki korxona rahbariyatiga shu korxonani eng samarali asosda boshqarishda yordam berish.
Ichki va tashqi auditorlar o’rtasidagi o’xshashlik ular o’z vazifalarini amalga oshirishlari uchun qo’llaydigan uslubdadir, maqsad va yakuniy natijada emas. Ikki tur auditorlar xam buxgalteriya ma’lumotlari bilan ishlaydi va ishchi qog’ozlar tayyorlaydi. Ammo bu ishni amalga oshirishga undaydigan sabab va yakuniy natijalar turlichadir. Ichki auditorlar o’tkazadigan tekshiruv operatsion audit deyiladi. Ya’ni ular korxona faoliyatini samaradorlik nuqtai nazaridan o’rganadilar. Misol uchun, korxonaning kreditga tovar sotish faoliyatini o’rganayotganda tashqi auditor korxonaning shubxali qarzlar bo’yicha rezervi qanchalik to’g’ri ekanligini o’rganadi. Ichki auditor esa korxonaning shu kreditga tovar sotish siyosatining o’zi qanchalik to’g’ri tuzilgani va ishlayotganini o’rganadi.
Ichki audit tizimi:

  • korxona tomonidan mustaqil ravishda tashkil etiladi;

  • korxona rahbariyati manfaatlariga xizmat qiladi.

Ichki audit faoliyatini yuritish uchun litsenziya yoki malaka sertifikati talab etilmaydi. Auditning bu turi korxona rahbariyatining samarali qaror qabul qilishi uchun asos bo’ladigan buxgalteriya ma’lumotlarining to’g’ri bo’lishini, korxona bo’lim va xodimlarining korxona siyosatiga, belgilangan rejaga mos ravishda faoliyat yuritishlarini ta’minlash va buni nazorat qilish, korxona ma’lum qonun hujjatlarga mos ravishda ishlashini ta’minlashga qaratilgan.
Ichki audit xizmati vazifalari qatoriga quyidagilar kiradi:

  • korxona buxgalteriya va ichki nazorat tizimi sifatini tekshirish, ularga nisbatan nazorat olib borish va ularni yanada takomillashtirish bo’yicha amaliy takliflar ishlab chiqish;

  • buxgalteriya ma’lumotlarining to’g’ri va to’liqligini tekshirish;

  • buxgalteriya bo’yicha mavjud qonun – hujjatlarga, korxona xisob siyosatiga amal qilinishini ta’minlash;

  • korxona bo’limlari faoliyatini tekshirish;

  • korxona egaligida bo’lgan aktivlarning butligini tekshirish va ularning ximoyasini ta’minlash;

  • korxonada qo’llaniladigan kompyuter dasturlarining sifatini baholash;

  • korxonada ro’y berishi mumkin bo’lgan ma’lum tur xodisalarni, misol uchun suiste’molchilikni tekshirish va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy takliflar berish. Audit tekshiruvi davomida tashqi auditor quyidagilarni o’rganishi kerak:

  • korxona ichki audit xizmati faoliyati sifatini baholash;

  • ichki audit xizmatining korxonada samarali ichki nazorat tizimini ta’minlashdagi rolini o’rganish.

Tashqi auditor uchun korxona ichki auditor ma’lumotlaridan foydalanish amalga oshirilishi lozim bo’lgan audit protseduralarining xajmi va yo’nalishini belgilash imkonini beradi. Xorijiy davlatlar, xususan Rossiyada tashqi audit tekshiruvini o’tkazish jarayonida auditorning ichki audit xizmati ma’lumotlaridan foydalanishi lozimligi qonun bilan majburiy ravishda belgilangan. Ichki audit xizmati faoliyatining sifati tashqi auditor uchun audit riskini belgilash imkonini berishi sabab, bu ko’rsatkichni rejalashtirish jaryonida belgilash mumkin bo’ladi. Tashqi auditor ichki audit xizmati faoliyati samaradorligini belgilash maqsadida dastur tuzishi va unda ichki auditning aynan qaysi faoliyat sohasi tekshirilishi va baholanishi lozimligini ko’rsatishi kerak. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozim:

  • Ichki auditning tashkiliy tuzilmasi: korxonada bu xizmat turi sifatli ishlashi uchun u korxonaning barcha bo’limlariga nisbatan mustaqil tuzilgan bo’lishi va faqatgina rahbariyatga hisobot berishi kerak;

  • Ichki audit faoliyatining tashkil etilishi: ichki audit xizmati tekshiruvi rejalashtirilishi, natijalar hujjatlashtirilishi, bu jarayonga nisbatan nazorat tashkil etilishi, korxonada ichki audit xizmati faoliyatiga oid yo’riqnomalarning ishlab chiqilishi lozim.

  • Ichki auditorlarga nisbatan malakaviy talablar: ichki auditorlarning malakaviy darajasiga nisbatan ma’lum talablar ishlab chiqilishi, ichki auditorlarni ishga olish bo’yicha yo’riqnomalar tayyorlanishi kerak;

  • Ichki auditorlarning takliflariga e’tibor: ichki auditorlar korxonada o’z faoliyatini olib borish jarayonida ma’lum kamchiliklarni aniqlashi mumkin. Bunday vaziyatda ular bu holatlarni bartaraf etish yuzasidan o’z takliflarini beradilar. Tashqi auditorlar esa korxona bo’limlari qanchalik bu takliflarni inobatga olgan holda amalda qo’llashlarini xam o’rganishi zarur.

Korxona ichki audit xizmati faoliyatini baholagach tashqi auditor ichki
audit xizmati ma’lumotlariga asoslanishning qanchalik maqsadga muvofiqligini belgilashi kerak. Ushbu vaziyatda tashqi auditor ichki audit xizmatidan foydalanish mumkin deb xisoblasa:
1. ichki auditning dasturlari va ish xajmi tashqi auditor talablariga qanchalik javob berishini o’rganishi kerak;
2. ichki auditorlar faoliyati reja bo’yicha amalga oshirilishi va tegishli tartibda hujjatlashtirilishi yuzasidan ishonch hosil qilishi zarur;
3. ichki audit tekshiruvining natijalari, takliflari etarli darajada asosli ekanligini Tahlil qilish kerak;
4. yuqori riskka ega bo’lgan nuqtalar ichki audit tekshiruvida o’z aksini topganligini o’rganishi lozim;
5. ichki auditor takliflariga korxonada haqiqatdan xam amal qilinayotganiga ishonch hosil qilishi zarur. Audit tekshiruvi davomida tashqi auditorlarga korxona ichki auditorlari bilan erkin muloqot olib borish, auditorlik tashkiloti ichki audit xizmatining hujjatlaridan erkin foydalanish uchun mijoz rahbariyati tomonidan sharoit yaratib berilishi kerak. O’z navbatida tashqi auditor xam tekshiruv davomida ichki audit xizmati faoliyati sifatini kelgusida oshirishga xizmat qiluvchi takliflarni, agar ular yuzaga kelsa, mijozga berishi kerak. Shu o’rinda shuni ta’kidlab o’tish kerakki, tashqi auditor tomonidan ichki auditor hujjatlari, ma’lumotlaridan foydalanish tashqi auditor zimmasidagi majburiyat, javobgarlikni aslo kamaytirmaydi. Shu sabab, tashqi auditor ichki audit ma’lumotlaridan foydalanayotganda ularning ishonchliligini doimo tekshirib borishi kerak.



  1. TASHQI AUDIT NIMA?




Download 284.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling