Reja: audit qo’mitas ichki audit nima?
Download 284.66 Kb.
|
AUDIT QOMITASI
Tashqi audit – korxona taqdim etayotgan yillik moliyaviy hisobotlarning BXMSga asosan tuzilganini tekshirish maqsadida shu korxonaga nisbatan to’liq mustaqil xisoblangan auditor tomonidan o’tkaziladigan tekshiruvdir. Tashqi audit asosan biz yuqorida ko’rib o’tgan moliyaviy hisobotlar auditdan iborat. Lekin, bu tur auditga qo’shimcha tarzida, muvofiqlik yoki operatsion audit xam o’tkazilishi mumkin. Tashqi audit tekshiruvini o’tkazishning muxim shartlaridan biri shuki, bu tekshiruvda qatnashayotgan auditor shu audit tekshiruvidan o’tayotgan korxonada
xech qanday iqtisodiy manfaatga ega bo’lmasligi kerak. Misol uchun, tekshiruvni o’tkazayotgan auditor shu korxona ta’sischisi, egasi, aksiyadori, rahbari yoki boshqa mansabga ega bo’lishi, shuningdek, korxona rahbariyati bilan o’zaro qarindoshlik munosabatlariga ega bo’lishi mumkin emas. Shuningdek, agar auditorlik firmasi, qo’shimcha xizmat sifatida korxonaga buxgalteriya xizmatini ko’rsatsa, moliyaviy hisobotlarni tuzib bersa, bu auditorlik firmasi shu korxonada audit tekshiruvini o’tkazishi ta’qiqlanadi. Bunga asosiy sabab, biz o’tgan bobda ko’rib o’tgan mustaqillik tamoilining buzilishidir. Yuqoridagi holat ro’y berganda, ya’ni auditor yoki auditorlik firmasi tomonidan mustaqillik tamoili buzilgan taqdirda, auditorlik firmasi auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyadan, auditor esa malaka sertifikatidan maxrum etilishi mumkin. Tashqi auditni o’kazishdan maqsad quyidagilardan iborat bo’ladi: - buxgalteriya hisoboti to’g’ri va to’liq ma’lumotlarni aks ettirayotganini o’rganish yoki ishonchsiz ma’lumotlarni aks ettirayotgan hollarni aniqlash; - korxona o’z buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini ma’lum qonunhujjatlarga asosan yuritayotganini tekshirish; - audit tekshiruvidan o’tayotgan davr uchun korxona o’z daromad, xarajat va yakuniy moliyaviy natijalarini to’g’ri aks ettirayotganini o’rganish. Tashqi audit yakunida auditorlik hisoboti va xulosasi taqdim etiladi. Bularga qo’shimcha sifatida, auditorlik firmasi tomonidan tavsiyaviy xarakterga ega bo’lgan turli qo’shimcha hujjatlar xam tayyorlanib taqdim etilishi mumkin. Tashqi auditni o’tkazish uchun auditorlik firmasini korxonaning o’zi mustaqil ravishda tanlaydi. Tashqi audit o’z xususiyatiga ko’ra quyidagi ikki ko’rinishga ega: 1. Ixtiyoriy audit; 2. Majburiy audit. Download 284.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling