Reja: audit qo’mitas ichki audit nima?


Download 284.66 Kb.
bet1/6
Sana15.07.2023
Hajmi284.66 Kb.
#1660486
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AUDIT QOMITASI



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
Moliya va Buxgalteriya fakulteti
Auditga kirish fanidan
BR 91-guruh talabasi
Majidov Shaxriyorning
Loyiha ishi
Tekshirdi:Tulavov E__________
REJA:

  1. AUDIT QO’MITAS

  2. ICHKI AUDIT NIMA?

  3. TASHQI AUDIT NIMA?



  1. AUDIT QO’MITASI

Audit qo‘mitasi — xo‘jalik yurituvchi subyektning kuzatuv kengashi a’zolaridan iborat bo‘lgan, qoida tariqasida, kamida bir nafar mustaqil a’zoni o‘z ichiga oladigan, moliyaviy hisobotni tuzishning to‘g‘riligi ustidan nazorat o‘rnatilishi, mustaqil auditorlik tashkilotining tanlanishi, auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishi jarayonlarini kuzatish, shuningdek ichki va tashqi auditorlik tekshiruvlari natijalarini olish hamda o‘rganish uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mita.
Auditorlik qo‘mitasi
1. Ichki nazorat tizimini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida bank Kengashi Auditorlik qo‘mitasini tuzishi lozim va ushbu qo‘mita tarkibiga faqatgina bank Kengashi a’zolari kiritilishi lozim.
2. Auditorlik qo‘mitasi raisi va a’zolari bank Kengashi raisi tavsiyasiga binoan bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Auditorlik qo‘mitasi tarkibiga bank Kengashining kamida uchta a’zosi kiritilishi kerak. Auditorlik qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi bank Kengashi a’zolari bank faoliyatiga javob beradigan boshqa Kengash qo‘mitalari a’zolari etib tayinlanmasligi lozim.
3. Auditorlik qo‘mitasi a’zolari audit xizmati vazifalari va faoliyatini tashkillashtirish uchun oliy ma’lumotga va yetarli ish tajribasiga ega bo‘lishlari lozim. Auditorlik qo‘mitasi a’zolarining kamida bitta a’zosi moliyaviy hisobotlarni tuzish bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi hamda buxgalterlik hisobi yoki audit bo‘yicha mutaxassis bo‘lishi lozim.
4. Auditorlik qo‘mitasining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  1. har bir ichki audit tekshiruvlari o‘tkazilgandan so‘ng taqdim etiladigan Audit xizmati hisobotlarini o‘rganish;

  2. ichki audit bo‘yicha choraklik hisobotlarni o‘rganish va ularni bank Kengashiga taqdim etish;

  3. tashqi auditorlar uchun texnik vazifalarni ishlab chiqishda bank Kengashiga amaliy yordam berish;

  4. tashqi auditor takliflarini baholashda bank Kengashiga amaliy yordam berish, tashqi auditorni tanlashda bank Kengashiga tavsiyalar tayyorlash;

  5. Ichki audit xizmati va tashqi auditorlarning tavsiyalarini amalga oshirish jarayonini boshqarish bo‘yicha ishlarni bank Boshqaruvi raisi bilan muvofiqlashtirish;

  6. tashqi auditorlar hisobotlari, jumladan rahbariyatga yo‘llangan xatni ko‘rib chiqish va ularni bank Kengashiga taqdim etish;

  7. tashqi va ichki auditorlik tekshiruvi jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek auditorlar bergan tavsiyalarning bank Boshqaruvi tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilish;

  8. Audit xizmati faoliyati mustaqilligini ta’minlash va uning faoliyatiga, shuningdek tekshiruvlar tarkibi va hajmiga Boshqaruv a’zolari va bank bo‘limlarining boshqa rahbarlari aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Auditorlik qo‘mitasi a’zolari audit xizmati vazifalari va faoliyatini tashkillashtirish uchun oliy ma’lumotga va yetarli ish tajribasiga ega bo‘lishlari lozim. Auditorlik qo‘mitasi a’zolarining kamida bitta a’zosi moliyaviy hisobotlarni tuzish bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi hamda buxgalterlik hisobi yoki audit bo‘yicha mutaxassis bo‘lishi kerak.

Download 284.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling