Reja: audit qo’mitas ichki audit nima?


Download 284.66 Kb.
bet5/6
Sana15.07.2023
Hajmi284.66 Kb.
#1660486
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AUDIT QOMITASI

Ixtiyoriy audit – 2021 yil 25 fevralda (keyingi tahrirlar bilan) yangi taxrirda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun”ning 36-moddasiga muvofiq, korxona rahbariyatining o’z qaroriga binoan qonun hujjatlarda nazarda tutilgan tartibda o’tkaziladi. Ixtiyoriy auditni o’tkazishdan maqsad turlicha bo’lishi mumkin. Misol uchun, korxona buxgalteriya tizimining holatini Tahlil qilish, uning ustidan samarali nazorat o’rnatish, kompyuterlashgan buxgalteriya tizimi faoliyatini tekshirish va x.k.z.
Ixtiyoriy audit kompleks va tematik asosda tashkil etilishi mumkin. Kompleks ixtiyoriy audit tekshiruvida korxonaning buxgalteriya xisobiga oid barcha boshlang’ich hujjatlari tekshiriladi, aktivlar va majburiyatlar yuzasidan to’liq inventarizatsiya o’tkaziladi. Tematik ixtiyoriy audit tekshiruvida esa korxona buxgalteriya hisobining faqatgina aloxida bir bo’limi, misol uchun, ish xaqi yuzasidan xisob-kitoblarning to’g’ri yuritilayotgani, byudjet bilan soliq yuzasidan xisob-kitoblar qonun-hujjatlarga asosan olib borilayotgani auditor tekshiruvidan o’tadi.
Majburiy audit - “Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun” ning 10 - moddasiga muvofiq, qonun-hujjatlarda belgilangan tartibda, yuqori turuvchi davlat muassasalarining talabi bilan korxona rahbariyati buyurtmasiga asosan auditorlar tomonidan o’tkaziladigan audit tekshiruvidir. “Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun”ning 10-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasida majburiy audit tekshiruvidan quyidagi iqtisodiy sub’ketlar o’tishlari lozim:
1. Tashkiliy-huquqiy shakliga ko’ra: aktsiyadorlik jamiyatlari;
2. Faoliyat turiga ko’ra:
- bank va boshqa kredit tashkilotlari;
-sug’urta kompaniyalari;
- investitsiya fondlari xamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini jamlab turuvchi boshqa fondlar xamda ularning boshqaruv kompaniyalari;
- manbaalari yurdik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;
- mablag’larining hosil bo’lish manbaalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo’lmish byudjetdan tashqari fondlar;
- tovar birjalari; - ustav fondida davlatga tegishli ulush bo’lgan korxonalar.
Majburiy auditdan bosh tortish yoki uning o’tkazilishiga qarshilik ko’rsatish korxonadan “Majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazilishidan bo’yin tovlaganlik uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima undirish tartibi to’g’risidagi nizom” ga asosan eng kam ish xaqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima undirishga va uning rahbarini qonun bilan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab bo’ladi. Undirilgan jarimalar tegishli davlat organi byudjetiga daromad sifatida o’tkaziladi. Jarimaning to’lanishi korxonani audit tekshiruvidan o’tishdan ozod qilmaydi.


Download 284.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling