Reja: Auditni o’tkazish tamoyillari. O’tkazish ahloqi, xolislik va mustaqillilik, isbotlarga asoslangan yondoshuv


Download 351.87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.11.2023
Hajmi351.87 Kb.
#1769469
Bog'liq
3-мавзу



3-Ma‘ruza. AUDITNI O’TKAZISH TAMOYILLARI 
 
Reja: 
1. Auditni o’tkazish tamoyillari. O’tkazish ahloqi, xolislik va 
mustaqillilik, isbotlarga asoslangan yondoshuv.
2. Tashkiliy tamoyillar: yagona tarzlilik, tizimlilik, xujjatlashtirish, 
oshkoralik, doimiylik 

Tayanch so’zlar: tomoyillar, yagona tarzlilik, tizimlilik, xujjatlashtirish, 
oshkoralik, doimiylik 
Audit tamoyillari 
Auditni tayyorlash va amalga oshirishda ma’lum tamoyillarga rioya qilish 
kerak. Bu tamoyillarga rioya qilinishi audit natijalari bo‘yicha etarli, ishonchli va 


ob’ektiv ma’lumotlar olishni zarur sharti hisoblanadi. ISO 19011:2009 standartida 
auditorlar uchun tekshirish jarayoniga taalluqli tamoyillar keltirilgan. 
Auditorlar rahbarlik uchun qabul qiladigan tamoyillar: 
1) O‘zini madaniyatli tutish   
2) Vijdonan, xolisona bayon qilish   
3) Xaar bir xodimyoki jarayonga etarli e’tibor   
4) Ijobiy yondoshuv   
Tekshirish jarayoniga taalluqli tamoyillar: 
1) Mustaqillik – audit xolisligi va audit natijalari bo‘yicha xulosalar ob’ektiv
asosga ega ekanligi. 
Audit natijalari ob’ektivligini ta’minlash uchun auditorlar uzlari tekshirayotgan 
faoliyatdan mustaqil bo‘lishlari kerak. 
2) Isbotlarga asoslangan yondoshuv – audit natijalari bo‘yicha ishonchli 
xulosalarni olishning ratsional usuli. 
Faqat tekshirib asoslangan ma’lumot audit guvohligi bo‘lishi mumkin, shuning 
uchun ishonchli ma’lumot olish uchun auditor ma’lumot yig‘ishni turli usullari va 
ma’lumot olishni bir necha manbalaridan foydalanishi lozim. 
YUqorida ko‘rsatilgan tamoyillardan tashqari auditni ba’zi tashkiliy 
tamoyillarini ko‘rib chiqishimiz kerak: 
1) YAgonalilik tamoyili - har bir aniq audit, korxona rahbari tomonidan 
rasmiy belgilangan protsedura bo‘yicha o‘tkaziladi. Tashkilotda audit natijalarini 


taqdim qilishni yagona shakllarini qo‘llanilishi, bir qator auditlarda olingan 
ma’lumotlarni tahlilini engillashtiradi. 
2) Tizimlilik tamoyili - SMT turli elementlari bo‘yicha aniq auditlarni 
rejalashtirish va o‘tkazish ularni tarkibiy o‘zaro aloqasini hisobga olgan holda 
amalga oshirilishi kerak.
3)  Hujjatlashtirish tamoyili - har bir auditni o‘tkazish, audit 
o‘tkazilayotgan ob’ektni xakikiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotni saqlanishini 
ta’minlash maqsadida korxonada urnatilgan ma’lum bir tarzda hujjatlashtirilishi 
kerak.
4) Oshkoralik tamoyili – har bir audit anik rejalashtiriladi, tekshirish vaqtida 
xodimlar o‘z o‘rnilarida bo‘lmasliklari yoki talab qilinadigan ma’lumotlarni 
berishdan bosh tortishlarining oldini olish maqsadida audit utkazish vakti va 
davomiyligi to‘g‘risida audit o‘tkaziladigan bo‘linma (ma’sul shaxs) oldindan 
ogohlantiriladi.
5) Doimiylik tamoyili - SMT barcha elementlari va barcha bo‘linmalar 
korxona rahbariyati tomonidan tahlil va baholash predmeti bo‘lishini ta’minlash 
maqsadida auditlar davriylik bilan o‘tkaziladi. Auditlar oralig‘ini, tekshirilayotgan 
jarayonlarni maqomi va muhimligini, avvalgi auditlar natijalarini hisobga olgan 
holda tashkilotning o‘zi belgilaydi. 
 
Takrorlash uchun savollari. 
1. Auditorlar uchun tekshirish jarayoniga taalluqli tamoyillar qaysi me’yoriy 
xujjatda keltirilgan? 
2. Auditorlar rahbarlik uchun qabul qiladigan tamoyillarga misollar keltiring? 
3. O‘zini madaniyatli tutish deganda nimani tushunasiz?
4. Mustaqillik tamoili nima? 

Download 351.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling