Reja: Auditni o’tkazish tamoyillari. O’tkazish ahloqi, xolislik va mustaqillilik, isbotlarga asoslangan yondoshuv
Download 351.87 Kb. Pdf ko'rish
|
3-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
- Auditorlar
- 2) Isbotlarga asoslangan yondoshuv
3-Ma‘ruza. AUDITNI O’TKAZISH TAMOYILLARI Reja: 1. Auditni o’tkazish tamoyillari. O’tkazish ahloqi, xolislik va mustaqillilik, isbotlarga asoslangan yondoshuv. 2. Tashkiliy tamoyillar: yagona tarzlilik, tizimlilik, xujjatlashtirish, oshkoralik, doimiylik Tayanch so’zlar: tomoyillar, yagona tarzlilik, tizimlilik, xujjatlashtirish, oshkoralik, doimiylik Audit tamoyillari Auditni tayyorlash va amalga oshirishda ma’lum tamoyillarga rioya qilish kerak. Bu tamoyillarga rioya qilinishi audit natijalari bo‘yicha etarli, ishonchli va ob’ektiv ma’lumotlar olishni zarur sharti hisoblanadi. ISO 19011:2009 standartida auditorlar uchun tekshirish jarayoniga taalluqli tamoyillar keltirilgan. Auditorlar rahbarlik uchun qabul qiladigan tamoyillar: 1) O‘zini madaniyatli tutish 2) Vijdonan, xolisona bayon qilish 3) Xaar bir xodimyoki jarayonga etarli e’tibor 4) Ijobiy yondoshuv Tekshirish jarayoniga taalluqli tamoyillar: 1) Mustaqillik – audit xolisligi va audit natijalari bo‘yicha xulosalar ob’ektiv asosga ega ekanligi. Audit natijalari ob’ektivligini ta’minlash uchun auditorlar uzlari tekshirayotgan faoliyatdan mustaqil bo‘lishlari kerak. 2) Isbotlarga asoslangan yondoshuv – audit natijalari bo‘yicha ishonchli xulosalarni olishning ratsional usuli. Faqat tekshirib asoslangan ma’lumot audit guvohligi bo‘lishi mumkin, shuning uchun ishonchli ma’lumot olish uchun auditor ma’lumot yig‘ishni turli usullari va ma’lumot olishni bir necha manbalaridan foydalanishi lozim. YUqorida ko‘rsatilgan tamoyillardan tashqari auditni ba’zi tashkiliy tamoyillarini ko‘rib chiqishimiz kerak: 1) YAgonalilik tamoyili - har bir aniq audit, korxona rahbari tomonidan rasmiy belgilangan protsedura bo‘yicha o‘tkaziladi. Tashkilotda audit natijalarini taqdim qilishni yagona shakllarini qo‘llanilishi, bir qator auditlarda olingan ma’lumotlarni tahlilini engillashtiradi. 2) Tizimlilik tamoyili - SMT turli elementlari bo‘yicha aniq auditlarni rejalashtirish va o‘tkazish ularni tarkibiy o‘zaro aloqasini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. 3) Hujjatlashtirish tamoyili - har bir auditni o‘tkazish, audit o‘tkazilayotgan ob’ektni xakikiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotni saqlanishini ta’minlash maqsadida korxonada urnatilgan ma’lum bir tarzda hujjatlashtirilishi kerak. 4) Oshkoralik tamoyili – har bir audit anik rejalashtiriladi, tekshirish vaqtida xodimlar o‘z o‘rnilarida bo‘lmasliklari yoki talab qilinadigan ma’lumotlarni berishdan bosh tortishlarining oldini olish maqsadida audit utkazish vakti va davomiyligi to‘g‘risida audit o‘tkaziladigan bo‘linma (ma’sul shaxs) oldindan ogohlantiriladi. 5) Doimiylik tamoyili - SMT barcha elementlari va barcha bo‘linmalar korxona rahbariyati tomonidan tahlil va baholash predmeti bo‘lishini ta’minlash maqsadida auditlar davriylik bilan o‘tkaziladi. Auditlar oralig‘ini, tekshirilayotgan jarayonlarni maqomi va muhimligini, avvalgi auditlar natijalarini hisobga olgan holda tashkilotning o‘zi belgilaydi. Takrorlash uchun savollari. 1. Auditorlar uchun tekshirish jarayoniga taalluqli tamoyillar qaysi me’yoriy xujjatda keltirilgan? 2. Auditorlar rahbarlik uchun qabul qiladigan tamoyillarga misollar keltiring? 3. O‘zini madaniyatli tutish deganda nimani tushunasiz? 4. Mustaqillik tamoili nima? Download 351.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling