Reja: "Avesto" kitobi haqida umumiy ma’lumot. "Avesto"ga e’tibor


Download 50.44 Kb.
bet1/2
Sana21.11.2023
Hajmi50.44 Kb.
#1791105
  1   2
Bog'liq
“Avesto” O’zbekiston tarixini o’rganishda muhim manba.


Mavzu: “Avesto”_ O’zbekiston tarixini o’rganishda muhim manba.
Reja:
1.”Avesto” kitobi haqida umumiy ma’lumot. 2.”Avesto”ga e’tibor.
3.”Avesto”ni o’rganish va bu boradagi sa’y-harakatlar.
4.”Avesto”da keltirilgan rivoyat.
5.”Avesto”ning tarixiy ahamiyati xususida.

Kitob haqida umumiy ma’lumot.
“Avesto” qayerda paydo bo’lgan? Bu savol azal- azaldan olimlarni juda qiziqtirib kelgan. Lekin olimlar buning ham uddasidan chiq-dilar, ya’ni uni qayerda paydo bo’lganligini aniqladilar. Eng qadimiy, mo’tabar qo’lyozma Xorazmda vujudga kelgan. Avestoshunos olimlarning aniqlashicha, Eron, Ozarbayjon, Afg’oniston va O’rta Osiyo xalqlarining bi-rinchi yodgorliklaridir.
’’Avesto’’ da nimalar haqida ma’lumot berilgan degan savol tug’ilishi mumkin? Avvalambor bu kitobda hozir aytgan xalq-larning madaniyati, urf-odatlari, tabiati va ko’plab fikrlari bayon etilgan. Bu kitob eski pahlaviy ya’ni sanskrit tiliga yaqin bo’lgan tilda bitilgan . Kitob boshqa tillarga juda ko’plab tarjima qilingan va “AVESTO” kitobini o’rganishga ya’ni qiziqishga olib keldi. “Avesto”dagi ko’plab va muhim ma’lumotlar asosan o’g’zaki tarzda avloddan – avlodga o’tib kelgan .Ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob ahomoniylar sulolasi poytaxti Sheroz yaqinidagi Taxti Jamshidda saqlangan . “Avesto” dagi ma’lumotlarning qadimgi qismi eramizdan avvalgi 3000 – 2000 yillarga tegishli deb taxmin qiladi olimalar”. Podshoh Doro Ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan. Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) esa bu yurtga bostirib kelgan va otashxonalarni vayron qilib, Zardusht diniga e’tiqod etuvchi xalqni tazyiq ostiga olib , ularni o’ldirib yuboradilar.
Shuning uchun ham “Avesto” ning 3/5 qismi yo’qolib ketdi. Lekin, Iskandar( Aleksandr Makedonskiy) falsafa, tibbiyot, astrono-miyaga tegishli qismini saqlab qolgan. Bu qo’lyozmalardan keng foydalanilgan va uni yunon tiliga tarjima qildirgan. Iskandarning hukmronligi tugagach , miloddan avvalgi 250-yilda Arshohiylar davrida “Avesto” yana yo’qotilgan qismlari tiklangan va yangi matnlar bilan to’ldirilgan. Bu voqea eramizdan avvalgi III asrida sosoniylar podshosi Shopur davriga kelib, to’la kitob holiga keltirilgan. Eron va Turon zaminining bosib olinganligi sababdan zardushtiylik dini ta’qibga olindi va islom dinini joriy etishga kirishildi. Islom dinini qabul qilishga majbur etilgan va qabul qilmaganlari esa Hindistonga qochib ketib shu yerda jon saqlaganlar. Hammamizga ma’lumki , hozirda ham Hin-distonning Bombay va Gujarot viloyatlarida yashaydigan aholi bu dinga e’tiqod qiladi va zardushtiylikka amal qiladilar . Ular “Aves-to”ning bir qismini saqlab kelmoqdalar. Bu kitob birinchi bora 30 ta kitobdan , keyin 21 ta kitobdan iborat edi. Bizgacha bu kitobning 4 tasi saqlanib qolgan. Bular quyidagicha:
Birinchi kitob “Vadovdot” (Vendidat) deyiladi. Bu kitob 22 bobdan iborat bo’lgan holda, payg’ambar Zardusht va xudo Ahura Mazdalarning savol- javoblari bayon etilgan .
Ikkinchi kitob esa , “Yasna” deb ataladi . Bu yerda asosan Zardushtning xatlari va 72 ta ”Ha” degan bashoratlardan iborat.
Uchinchi kitob, “Visparat” deb nomlanadi va 24 bobdan iborat. U pand- nasihatlar
yig’indisidan tashkil topgan.
To’rtinchi kitob esa, “Bundaxash” (YASH- TA) deyiladi, bunda Ahuramazdaning zolim
kuchlarga qarshi kurashda ulug’lovchi 22 ta qo’shiqdan tashkil topgan.
“Avesto” ko’p xudolikdan yakka xudolikka o’tish davrida vujudga kelgan. Bu kitobda ay-
tilishicha olam ikki asos, ikki ibtido, ya’ni yorug’lik va zulmat, yaxshilik va yomonlikning kurashishidan iborat deyiladi.
Avesto”ga e’tibor.
“Avesto” bizning qadim tariximiz va ma’naviyatimiz demakdir. Shu munosabat bilan O’zbekiston Res-publikasi Vazirlar Mahkamasi UNESKO bosh konferensiyasining 1999 – yil noyabr oyida bo’lib o’tgan sessiyasi qaroriga muvofiq, 2001 – yilning oktabr oyida “Avesto” yaratil-ganligining 2700 yilligi nishonlash to’g’risida qaror qabul qilindi. O’zbekistonda ham “Avesto” ni o’rganish davom etmoqda. “Avesto” kitobini o’rganish , tajribalar bizga juda ko’p ma’lumotlarni oshkora qilib berdi. Shunga binoan, Prezidentimiz shunday fikr bildirdilar :“Avesto” bundan XXX asr oldin muqaddam ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir".
“Avesto” haqidagi eng muhim tadqi-qotlardan biri “Din amallari” asarlarida aytilib o’tilgan. Bunda Avestoning 21 kitobi maz-muni sharhlab berilgan. Bu sharhlar shu-lardan iborat:
- savodli ishlar yo’riqnomasi;
- diniy marosim va rasm-rusmlar qoidasi;
- zardushtiylik ta’limoti asoslari;
-dunyoning Ahura-Mazda tomonidan yaratilishi;
- oxirat kuni va undagi hisob – kitob;
- falakiyot;
- ijtimoiy – huquqiy qonun – qoidalari;
- zardushtning tug’ilishi va bolaligi;
- haq yo’lini tutishi;
- jamiyat a’zolarining haq – huquqlari;
- dev, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar.
“Avesto” o’sha davrlar tarixi , madaniyati haqida ma’lumot beruvchi qomusiy asardir . U pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan. Unga yozilgan sharhlar “Zend Avesto“ nomi bilan mashhur. Markaziy Osiyoga arablar kirib kelishi bilan zar-dushtiylik diniga sig’inuvchilar ta’qib ostiga olingan. Shu tarzda u asta – sekin O’rta Osiyo xalqlari orasida iste’moldan chiqa borgan.
Eron xalqlarining eng qadimgi xudolari Mitra, Anaxita, Osha va Ardvissuralar to’g’risidagi miflarning mazmunlari, sarguzashtlari haqida turli va mantiqiy dostonlar mavjud. Ulardan birida Mitra haqida quyidagicha dostonlar yaratilgan:
Mitra qo'sh otli aravasida, musallah holda goh el –yurtni balo-qazolardan asrar va vatanparvarlik ko’rsatar, goh Ahuru-Mazdadan mahf etar va hammani xursand etar edi.
Avesto”ni o’rganish.
Rizoiy, Bahromiy, Meriboyslar 1 million she’rning hammasi zardushtning qalamiga mansub deyishsa boshqalari esa, qadimiy ijod mevasi , degan fikrlarini bayon etishgan. (“San’at “1991 yil , N-6 , 24 bet).
“Avesto” (asli Ovasto) – zardushtiylik (zoroastrizm) dinining muqaddas kitobi O’rta Osiyo, Ozarbayjon ,Eron xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy – iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari , olam to’g’risidagi tasavvurlari , urf-odatlari , ma’naviy madaniyatini o’rgan- ishda muhim va yagona manbadir. “Avesto” tarkibiga kirgan materiallar , olimlarning is-botlashlaricha ,qariyib 2 ming yil davomida (mil.av 3-ming yillik - 2-ming yillik boshlaridan milodning boshlarigacha) vujudga kelib, avlodan –avlodga og’zaki ko’chib kelgan . Uning ko’p qismlari yo’qolib ketgan, uning taxminan yettidan bir qismi saqlanib qolgan va mil.av 3-asrda Arshakiylar davrida to’planib kitob qilingan . “Avesto” fanda uch qismga ajratiladi:
1. Eng tarixiy qismi. Mil. avvalgi 3-ming yillik oxirlari va 2-ming yillikda vujudga kelgan Yashtlar; ularda sinfiy jamiyatdan ilgarigi qabilaviy e’tiqodlar ,ko’p Xudolik tasavvurlari o’z ifodasini topgan.
2-qismi Gotlar deyiladi. Unda xudo Axura Mazda haqidagi ta’limot o’z aksini topgan. Bu kitob mil. av.VI asrda yashagan Zaratushtra (Zardusht) ijodiga mansub deb taxmin qilinadi.
3. Qadimiy ko’p xudolik g’oyalari va Yakka xudolik g’oyalari o’rtasidagi kurash sharoitidagi mil .av. V asrda har ikkalasini ke-lishtiruvchi mazdayasna ( mazdaiylik)ta’limoti shakllari va bu “Avesto” ta’limotining asosiy va oxirgi qismi hisoblanadi. Bu voqea era-mizdan avvalgi III asrda sosoniylar podshosi Shopur davriga kelib , to’la kitob holiga keltirilgan.
Bizlarga ma’lumki, Eron va Turon zaminining bosib olinganligi sababdan zardushtiylik dini ta’qibga olingan va islom dinini joriy etishga kirishilgan. Islom dinini qabul qilishga majbur etilgan va qabul qilmaganlari Hindistonga qochib ketib shu yerda jon saqlaganlar. Hozir ham Hindis-tonning Bombay va Gujarot viloyatlarida yashaydigan aholi bu dinga e’tiqod va amal qiladilar. Ular “Avesto”ning bir qismini saqlab kelmoqdalar. 30 ta kitobdan keyin 21 ta kitob va shulardan keyin bizgacha bu kitobning 4 tasigina saqlanib qolingan. Bundan tashqari o’sha davrning adabiy tili hisoblangan pahlaviy tiliga tarjima qilinib, asosiy matnga keng sharhlar yozilgan. Bular “Zend” nomi bilan bizga ma’lum. “Avesto” katta hajmda bo’lganligi uchun ”Kichik Avesto” yaratilgan. “Kichik Avesto”da “Katta Avesto”dan tanlab olingan duolar to’plamidan iborat bo’lgan, VII asrda sosoniylar davlati mag’lubiyatga uchrab , Eron va O’rta Osiyo arablar tomonidan bosib olinganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Zardushtiylik dinini siquvga olishgandan keyin, “Avesto”ning ko’p qismlari unutilgan va yo’qolib ketgan. "Avesto" bizgacha yetib kelgan Yasht, Vispard, Videvdot, Yasna nomlari bilan bog’liq bo’lgan ma’lum bo’laklardan iborat.
”Avesto” qadimiy kishilarning dunyo-qarashi va ideallarini, huquqiy va axloqiy kodekslarni o’z ichiga olgan.
Avesto”da keltirilgan rivoyatlar.
Barcha payg’ambarlar, din peshvolarining sarguzashtlari favqulodda kechinmalar, ruhiy holatlar, ilohiy bashorat-u karomatlar bilan to’lib-toshgan. Zardushtning dunyoga kelishi, zuhuroti ham ana shunday hollardan xoli emas.
Ko’hna Xorazmdagi Spitama qavmining sarboni Farohim xonadonida qizaloq tug’ildi. Uning ko’zida xurshidi raxshon huvaydo, yuzida esa mohi tobon paydo. Chaqaloqqa Dug’dova deb nom qo’ydilar. Ota-ona farzandini yer-u ko’kka ishonmay, el ko’zidan pinhon tarbiyalay boshladilar. Qizcha ul-g’aygan sari uning siymosidagi nur allaqanday sohir qudrat kasb etar, xonadonda qut-u baraka ortib borardi. Nihoyat, 10 yoshga to’lgach, qiz volidasining ixtiyorisiz ostona hatlab ko’chaga chiqdi, unga el nazari tushdi. Xalq orasida g’avg’o ko’paydi: ba’zilar “bu qiz parizod” desa, boshqalar “naslini farishtalar ona botiniga o’rnatib ketgan” deyishdi. Qabih, johil kimsalar esa, “Bu jodugarlik timsoli, bu yurtga qabohat keltiradi, uni toshbo’ron qilib o’ldirish kerak” deyishdi. Ota esa ne qilarini bilmay, mahzun bo’ldi, yurakda g’am bilan ko’zi uyquga ketdi. Tush ko’rdi: tushida oq kiyimli bir mo’ysafid kelib shunday dedi: “Ey Farohim, o’rningdan tur! Bu qizning qatliga yo’l qo’yma, undan basha-riyatni johiliyatdan qutqarib, saodatga eltuvchi o’g’lon tug’iladi. Qizni qabila sar-doriga topshir” dedi-da, ko’zdan g’oyib bo’ldi. Uyqudan seskanib turgan Farohim yarim kechada qizini uyg’otib, qabila sardoriga eltdi va dedi:
- Ey birodari aziz, qizimning hayoti xavf ostida, avom omma uni o’ldirishni talab etmoqda. Sen buni tutingan qiz qilib ol, shoyad xonadoninggga saodat keltirsa,- dedi. Qizning yuzida allaqanday ilohiy nurni ko’rgan sardor “bosh ustiga” deb qabul etdi.
Shu-shu el qahridan qutulib, sardor mehrini qozongan Dug’dova yangi oila arzandasi bo’lib yashay boshladi, yuzini niqoblab yurdi. Rais xonadonida Purushasp otlig’ o’glon balog’atga yetmoqda edi. Yazdon pok yigit qalbida Dug’dovaga nisbatan mehr uyg’otdi. Natijada qiz 15, o’g’lon 17 yoshga kirganda ota-onalar ularning nikoh to’ylarini o’tkazishdi. Oilaning qut-barakasi ko’payib borar, qo’ylar-tuyalar qo’shaloq tug’ar, yaylovlar sero’t, mollar mo’l sut berardi. Niqoblangan Dug’dova ro’zg’or ishlariga sho’ng’ib ketgan: hali qo’ylarni yaylovga haydar, hali sigirlarni sero’t maydonlarga eltar, hali jun qirqishda faollik ko’rsatar edi.
Yazdoni pok tug’ilajak din dohiysining qismatini nurga yo’g’rishni istadi. Tangri farmoni bilan farishtalardan Amrdod va Xo’rdodlar osmonda giyohlardan Hum nomli suyuqlik yasab, uni yomg’ir orqali yerga ravona etdilar va yaylovlarda ajib giyohlar undi. Amrdod va Xo’rdodlarning bashorati bilan Purushasp oltita sigirni o’sha yaylovga olib chiqdi. Mollar yangi unib chiqqan giyohlarni yeb, qorinlarini to’ydirishdi. Kechqurun Dug’dova mollarni sog’di va eru xotin sutdan to’yib ichishdi. Natijada osmoniy ruh tug’ilajak go’dak jismiga ko’chdi. Ma’lum vaqt o’tib, pok niyatli bir o’g’il tug’ildi. Unga Zardusht deb nom qo’ydilar. Bu taxminan eramizdan oldingi 623-yilga to’g’ri keladi, deydi olimlar. Chaqaloqning peshonasi do’ng, boshining orqasi yapas qiroq edi. U boshqa go’daklardek yig’lab emas, “qah-qah” urib tug’ilgan ekan. Uning tavalludi haqida “Avesto”ning Farvardin Yashtida quyidagi fikr mavjud: “Zardusht tug’ilishi bilan dunyo yashnab ketdi, gullar ochilib, daryolar mavj ura boshladi, butun mavjudot shodlik qo’shig’ini kuyladi. Barcha baland ovoz bilan “bizning ahvolimizni yaxshilaydigan peshvo Zardusht Spitamon tug’ildi” derdi. Uning ovozidan devlar, badkirdor odamlar, af-sungar-u yolg’onchilar, insu jinslar larzaga keldi, nola chekishdi, uni yo’qotish payiga tushishdi. Badhohlardan uch kishi onasi tash-qariga chiqqanda chaqaloq yotgan xonaga o’t qo’yishdi. Butun uy kuyib kul bo’ldi. Ota-ona, qo’ni-qo’shnilar chirqirab qolishdi. Ammo Yazdon inoyati bilan Zardusht cho’g’lar ichida o’ynab o’tirardi. Shundan keyin badkirdor, jodugarlar sardori Davron Surun go’dakni yo’qotishga astoydil kirishib, uni mast buqalar orasiga tashlaydi, bir buqa tanasi bilan to’sib, bolani omon saqlaydi; boshqa safar bolani darranda bo’rilar to’dasiga ro’para qiladi. Yirtqichlar Zardushtdan yuz o’girib ketadi. Osmondan bir echki paydo bo’lib, bolani emizib to’ydiradi.
Nochor qolgan jodugar boshqa hiylalar o’ylab chiqarishga kirishadi.
Kunlardan bir kun Purushasp o’g’lini yetaklab borayotib sehru jodu pirlaridan biriga yo’liqadi. U go’dakka nigohi tushushi bilan bir yuqoriga, bir pastga, keyin esa, chor atrofga boqib, qaltirab ketadi. Purushasp undan so’radi:
_ Ey Karp, ya’ni jodugarlar sardori, o’g’limni ko’rishing bilan bir pastga qarading, yana osmonga nigoh solding-u chor atrofni kuzatding. Buning ma’nosi nima?
_ Buning ma’nosi shuki, - dedi Karp,- ko’kka qaraganimda bildimki, bu bolaning ruhi osmonga borib yetgan, unga ergashgan barcha odamlar jannatiy bo’ladilar. Quyiga qaraganimning boisi shundaki, bu go’dak faoliyati tufayli badkirdorlar, devu jodugarlar nobud bo’lib, do’zaxga mahkum etiladilar. Atrofga qaraganimning boisi shuki, bu o’g’-lonning so’zlari yer yuzining barcha g’oshalarida e’tibor qozonadi, aytganlari hayot qonuni sifatida yetti iqlimda tan olinadi va qabul qilinadi.
Shundan so’ng Purushasp o’g’lining tar-biyasi bilan jiddiy shug’ullandi. Zardusht yetti yasharligidan o’n besh yasharligigacha do-nishmand va sarboz Barzin Kuras qo’lida ta’-lim oldi. Xususan, u ijtimoiy bilimlar, ta-biatshunoslik, she’riyat sehri, notiqlik san’a-tini puxta egalladi; ustozi aytgan she’rlar, asotirlarni yod oldi, qabila bahodirlaridan jangovarlik, chavandozlikni o’rgandi. 16 yo-shida Zardusht beliga oqil va jasur yigit si-fatida “mardlik kamari”ni bog’ladilar. Bu orada bir necha muddat to’xtab turgan Turonu Eron janglari yana boshlanib ketdi. U ham ana shu janglarning birida ishtirok etib, son-sanoqsiz kishilarning bekorga halok bo’lganlarini ko’rib, iztirob chekdi, yer yuzidan jangu jadal, zulm - zo’rlik, zulmat va yolg’on urug’ini qanday yo’qotib, xalq dardiga malham bo’lish, olamni rostlik, yaxshiligu nur bilan bezash lozimligi xususida o’ylardi. Endi u nortuyalarni boqishdan tashqari otasi uyushtiradigan yig’inlarda, qavm mo’ysafidlarining bahslarida ishtirok etar, qabilalarda yurib, butparast, molparast, otashparast, toshparastu, tabiatparastlarning odatlari, e’tiqodu rasm-rusmlarini o’rganar, turfa dunyoqarashdagi peshvolarning gu-runglari-yu va’zlarini tinglar, ba’zan esa diniy qarashlar zaminida yuz beradigan qirg’in-barot janglar guvohi bo’lardi. Bu hol, bir tomondan, Zardusht dunyoqarashini charx-lab, tafakkuri ildizlarini baquvvat qilsa, ikkin-chi tomondan esa, mavjud tuzum, uning ni-zomi, rasm-rusumiga nisbatan g’azabini qo’zg’atar edi. Uning nazarida o’zi yasha-yotgan makon johiliyat botqog’iga botgan, hayotni yolg’onchilik, firibgarlik, sehru-jodu, gazandalik, qabohat qurshab olgandek edi. Bundan tashqari e’tiqod bo’yicha bajarilishi majburiy bo’lgan har bir rasim-rusum, jum-ladan muayyan oilaning yiliga 1-2 maro-tabadan qurbonlik qilish odati, yer yuzida molu xol, parrandalar, hatto, odamlar zur-riyotining tobora kamayib borishiga olib kela-yotganligi Zardushtni o’yga toldirar, iztirob girdobiga tortardi.
Shuning uchun Zardusht ruhida alla-qanday sokinlik paydo bo’la boshladi. Buni sezgan Purushasp kunlardan bir kun o’g’liga “senga nima bo’lyapti” ma’nosida nigoh tashladi.
_Men haqiqat yo’liga kirgan bandaman. Haqni izlamoqdaman. Bu yo’ldan meni hech kim va hech narsa qaytara olmaydi!- xitob qil-di Zardusht. Bu nogahoniy fikrdan hangu mang bo’lib qolgan ota “churq” etmadi. O’sha kuniyoq Zardusht “yolg’onchilik, palidlik va zulmat qoplagan” muhitni tark etib, Sablon tog’iga chiqib ketadi. U 20 yil g’orda meva, giyoh ildizlari, parranda go’shtini tanovul qilib yashadi: o’n yil yakka tangri Ahuramazdoni kashf etish uchun tafakkur ummoniga g’arq bo’ldi, o’n yil Yazdonni madh etuvchi surud-gimnlar yaratdi. Ayrim tadqiqotchilar “Avesto” tar-kibiga kirgan “bir million she’r” (Pliniy) xuddi shu davrda ijod qilingan, degan xulosaga kelishgan.
Yigirma yillik riyozatdan so’ng kunlardan bir kun chashma bo’yida o’tirganida hotifdan quyidagi mazmunda vahiy keladi: “Ey, Spi-tama farzandi, men hamma mo’tabarlardan seni mo’tabbaroq qilib yaratdim va seni o’zimga mehribon qildim. Xalq huzuriga bo-radigan vaqt yetdi. Tur, uzlat manzilini tark et, zamon ahlini rostlik, yaxshilik va haqiqat sari da’vat etish vaqti keldi!” Ana shu vaqtda Zardusht 39 yoshda edi. U vahiy tufayli ta-fakkur osmonini tark etib, tog’dan tushib, yagona Tangri kashshofi, uning payg’ambari sifatida chorvadorlar va hunarmandlar, sav-dogar-u ziyolilar orasida ko’pxudolilikning za-rari, yakka xudolikning afzalligi xususida va’z-lar aytdi, da’vatlar qildi, nutq so’zladi. Ko’p-xudolikning kasofatini anglab yetganlar, xu-susan, hunarmandlar (chunki ular jondor qurbonlik qilish odatidan zada bo’lishgandi) unga ko’plab ergasha boshlashdi. Bundan tashqari irqiy mojaro va qirg’inlardan bezor bo’lgan chorvadorlar ham unga qo’shilishdi. Bu yo’lda unga ammavachchasi Madiyunmoh hamroh bo’ldi va yaqindan ko’maklashdi. Zardusht eski din va udumlarning jamiyat hamda hayot taraqqiyotiga to’g’anoq bo’la-yotganini, ko’p udumlar inson erki, yara-tuvchilik qudratini kishanlab qo’yganini aniq dalillar bilan isbotlab berar, Yazdonni pok nomidan rostlik, yaxshilik, xushbaxtlik, ma’ri fat-u saodat yo’lini ravshanroq ko’rsatishga intilardi, tangri nuri va mehri ularni haq yo’liga hidoyat etishini uqtirardi. “Sizlar hozir sajda qilayotgan xudolar xarsang tosh bo’lagi, har xil butalar, yog’ochlardan boshqa narsa emas. Yagona Tangri Ahuramzado esa siz-larga teran aql va farosat bergan”- derdi so’zining oxirida Zardusht.
Kundan-kunga Zardushtning obro’si oshib, eski e’tiqodga muxoliflikda yurgan butun-butun guruhlar unga ergasha boshladi. Bu yangi oqim butun Xorazm bo’ylab yoyila boshladi. Shahar-u qishloqlarda yangi din ta-rafdorlari targ’ibot va tashviqot ishlari bilan jiddiy shug’ullandilar. Spitama urug’i va unga qo’shni qavmlar to’la mazdoparastlikka o’tdi. Zardusht shu yerdan turib butun jarayonni boshqarib borardi. Tez orada bu xabar Turon hokimi Arjaspga yetib boradi. Ommaviy tus olayotgan bu harakat oqibatidan xavfsiragan hokim Zardushtni tutib, dorga osish haqida farmon chiqaradi. Buning ustiga “zulm, sehru joduni kasb qilib olgan devsifat” ko’pxudolik tarafdorlari ham Zardushtga qarshi kuch to’playotgan edilar.
Hayoti xavf ostida qolgan Zardusht qah-raton qishda 300 tarafdorlari bilan ko’p sar-sonliklardan so’ng Balxga boradi, u yerdan Seistonga o’tib, shimoliy Eronga yo’l oladi. Bir necha yil Tabrizu Yazd va boshqa viloyatlarga yurib, o’z g’oyalarining mukammal shakl-lantirilishi va keng xalq ommasi orasida yoyi-lishiga erishadi. Ko’hna rivoyatlarga ko’ra, Zardusht va uning ulamolari oq libos kiyib yu-rishar ekan. Kunlardan bir kun u 30 kohin bilan Eron shohi Gushtasp qabuliga boribdi. Shoh payg’ambarlik da’vo qilayotgan zar-dushtdan o’z aqidalarini aniq tushuntirib berishni so’rabdi. Zardusht har ikki olamning yaratuvchisi Yazdoni pokni ta’riflab nutq so’z-labdi, o’zining tangri yuborgan elchiligini uq-tiribdi. Shunda shoh “Qani o’sha dinning ram-zi?”_deb so’rabdi. Zardusht qo’ynidan bir jom chiqarib havoga otib, ushlab olgan ekan, jom-dan nur taralibdi. Bexosdan shoh boshchi-ligidagi barcha a’yonlar boshlarini sajdaga egishibdi.
Shunday bo’lsa ham Gushstasp Zardusht va uning hamrohlarini yana imtihon qil-moqchi bo’libdi. U donishmand vaziri Jo-maspni chorlab debdi:
_O’ttizta sara donishmandlarni yig’ib, mana bu payg’ambarlik da’vo qilayot-ganlarning sheriklari bilan bahslashib, obdon sinanglar-chi, nima karomat ko’rsatar ekan. Shunday qilib, tun bo’yi donishmandlar ilo-hiyot, tabiat va koinot, turli qavmlar va elat-larning e’tiqodi masalalari bo’yicha bahsla-shishibdi. Eronliklar zardusht boshchiligidagi turonliklarning ilmiy qudratiga tan berishib, birinchi bo’lib Jomasp hakim yangi dinni qa-bul qilibdi. Shundan so’ng Gushstasp va uning saroy ahli yagona tangri Yazdoni pokni tan olishibdi; shoh farmoni bilan butun Eron mamlakati hududida mazdoparastlik e’tiqodi joriy etilibdi.
Xuddi mana shu davrda dastlabki qismlari – daftarlari turonzaminda yaratilgan “Avesto” zardusht va kohinlar tomonidan to’la tartib etiladi, muqaddas obida sifatida bir necha nusxada ko’chirilib, xalq orasida tarqatiladi. Yigirma bir nask (qism)dan iborat “Aves-to”ning bizga qadar besh kitobigina yetib kelgan, xolos.
Avesto”da xudolar ta’rifi.

Download 50.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling