Reja: "Avesto" kitobi haqida umumiy ma’lumot. "Avesto"ga e’tibor


Download 50.44 Kb.
bet2/2
Sana21.11.2023
Hajmi50.44 Kb.
#1791105
1   2
Bog'liq
“Avesto” O’zbekiston tarixini o’rganishda muhim manba.

Ahura Mazda - asl Avestodagi shakli “Ahura Mazdax”. Haqiqat va ezgulik ola-mining yaratuvchisi. Uning nomlari “Xur-mazd”, “Urzmad”,”Ahura Mazda”, ”Hurmuz”, ”Ahura Mazd “ kabi va “Avesto“ matnlarida bu nom uch holatda ishlatilgan: “Ahura”, “Mazda” “Ahura – Mazda” va bu nom “Avesto”da Ahura buyuklik va haqqoniyat timsoli. U xudolar va odamlar orasida faqat ezgulik, adolat, mardlik va poklik himoyachisi.
Ahuramazdaning 6 nafar eng yaqin yordamchilari :
1)Vohu Manax -- chorva mollari va ezgu fikr xudosi;
2) Asha Vahihsta -- olov va yuksak haqiqat homiysi;
3) Xshatra Varya -- ma’dan va hokimiyat, qudrat homiysi;
4)Sienta Armati -- yer va diyonat homiysi
5) Xarvatat -- suv va salomatlik (Anahita -- hosildorlik va suv ilohi;
6) Ameretat -- o’simlik va mangulik homiysi ;
Ahura- Mazda bu yordamchilarini mu-qaddas ruh yordamida yaratgan . Ular ham Ahura-Mazda kabi abadiylar.
Ashah (Asha)—to’g’rilik ma’nosini ang-latib, Amshosipandlardan biri Ardabihisht “Avesto”da “Ashah- Vahiyshta “ nomining juz’idir. “Ashah” gohlarning hindiy, avru-Poiy va forsiy nusxalarida rostlik , haqiqat, hakam, olam tartibi, yaratilishning abadiy qonuni, mukammal nazm va tartib , murakkab mazdoiy kabi ma’nolarni anglatadi.
“Ashah” ba’zida mazdaparastlarning o’rnida qo’llaniladi. “Ashim Vuhun” o’rnida qo’l-
laniladi. Ehtimol o’zbek va fors tillarida “shoh “ so’zining o’zagi ham “ashah” dir.(tar) Amur-dod—“Avesto”da “Amirmitota” pahlaviyda “Amurdod” ,forsiyda ““Amurdod”yoki “Murdod” . Ma’nosi –“umrboqiylik “, “aba-diyat” . Gohlari Ahura- Mazdaning ilohalari-dan, “Yangi Avesto”da esa Amshoaspand-lardan biri deyiladi.
Amakuch –qudrat va bahodirlik ilohi. U aksariyat hollarda iloh Bahromning nomi bilan baqamti qo’llaniladi va “mahluqlar sarasi , yaxshisi “ yoxud “”zabardast” sifatlari bilan ziynatlanadi. “Bahrom yasht”da iloh Bahrom novvos va ot jasadning oldida namoyon bo’ladi. Shunda iloh Ama novvos shohida va ot peshonasida ko’zga tashlanadi.
Rayumand - “Avesto”da “ra’yvant”. Ma’nosi- shukuhmandlik, qudrat va farog’at sohibi.
Farrihmand —“Avesto”da ”Xarvinavant”. Ma’nosi farradan xabardor yoki farra sohibi. (Farrih- qayhoniy va ilohiy qudrat.)
Mehr - “Avesto”da “miysra” , pahlaviyda ”miytr” yoxud “miyhr”. “Yangi Avesto”da farog’at va yorug’lik ilohi.
Daxyum - “Avesto” da “dahyum”.Ma’nosi- elat, o’lka, kishvar.Bu iloh ham Uzoyariyning hamkorligida bo’lib, elat va o’lkalarni o’z panohida saqlaydi.
Avesto”ning tarixiy ahamiyati.
Zardusht yashagan va «Avеsto» kitobi yo-zilgan davrda O’rta Osiyoda aholining asosiy qismi o’troq xayotga, dеhqonchilik va hu-narmandchilikka o`ta boshlagan, ko’chmanchi chorvachilikka etibor kuchaygan, qadimgi shaharlar va dehqonchilik viloyatlari (Sug’-diyona, Marg’iyona, Baqtriya,Parfiya, Xo-razm)ning shakllanish jarayoni kеchayotgan palla. Vatanimiz xalqlari hayotida yuz bera-yotgan bu ijtimoiy iqtisodiy o`zgarishlar uning taraqqiyot yo`liga g’on bo’layotgan mafkuralari yangilanligii, yangi jamiyat talab-javob berya oladigan- diniy islohatni amalga oshirishni ta-lab etar edi. «Avеsto»da ana shu islohiy talab o’z ifodasini topdi.
“Avesto” asarida patriarxal urug’ jamoasi haqida, uning so’ngi qismi Vidеvdotda iqtisodiy tеngsizlik sinfiy tabaqalanish haqidagi muam-molar ochiladi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi va undagi sinfiy tabaqalanish jarayoni to’g’risida qimmatli malumotlar beriladi. Shunday qilib miloddan avvalgi IX—VII asrlar ijtimoiy-iqti-sodiy, siyosiy va madaniy hayot haqida g`oyatda muxim ma'lumotlar beruvchi xalqimizning merosiy ma'naviy boyligidir.
«Avеsto»da kеltirilgan jamiyatning ijtimoiy tarkibi haqida ma'lumotlarga suyanib fikr yuritadigan bo`lsak miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi choragida O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi еmirilib, yangi, ilk sinfiy jamiyat tarkib topayotgan jarayonning guvohi bo`lamiz.”beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” degan tamoyilda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. “Ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustivor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi manaviy idiallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq, nechogli mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa etiborlidir” deb yozdi Islom Karimov.
Foydalanilgan adabiyotlar:
“O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi”
R.Shamsiddinov. “Vatan tarixi” 1-qism. Toshkent-2009.
Download 50.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling