Reja: Avitaminoz haqida ma’lumot


Download 128.26 Kb.
bet4/4
Sana25.04.2023
Hajmi128.26 Kb.
#1398201
1   2   3   4
Bog'liq
Avitaminoz va gipovitaminoz.

Avitaminoz belgilari


  • Avitaminoz vitamin yetishmovchiligining belgilari bir necha omillarga bog’liq. Asosiy guruh vitamini tanqisligi inson tanasida kuzatiladi. Gipovitaminozning shakli (yengil, o’rtacha, og’ir) va bemorning yoshi patologiyaning klinik ko’rinishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.

  • Vitaminlar oziq-ovqat tarkibida uchraydigan oziqa omillari jumlasiga kirib, organizmda sodir bo’ladigan moddalar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etish orqali biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni me’yoriy chegarada kechishini ta’minlaydigan moddalardir. Bu moddalar organizm uchun juda ham oz miqdorda talab qilinishi bilan birga, organizmning ular bilan ta’minlanishiga bevosita bog’liq bo’lgan avitaminoz, gipovitaminoz va gipervitaminoz xolatlari ham uchrab turadi.

  • Vitaminologiya-vitaminlar va ularning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyatini o’rganish to’g’risidagi fan hisoblanadi. Hozirgi kunda bu fan alohida fan sifatida shakllangan umumiy biokimyoning bo’limlaridan biri bo’lib, muayyan fanning boshqa bo’limlarini o’rganishda ham muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa vitaminlar ko’p fermentlarning kofermenti yoki kofaktorlari sifatida xizmat qilib, biokimyoning yana bir boshqa bo’limi bo’lgan enzimologiya fani bilan bevosita bog’liqdir. Vitaminlarni chuqur o’rganish fermentativ jarayonlarni to’liq tushunishga va u bilan bog’liq xolda moddalar almashinuviga oid biokimyoviy jarayonlar majmuasi bo’yicha umumiy tasavvurlarga ega bo’lishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

  • Bo’lajak magistr akademik darajasiga ega bo’lgan biokimyogar mutaxassis bu moddalarning tuzilishi, xossalari, moddalar almashinuvidagi ishtiroki, biologik va tibbiy ahamiyati, odam va hayvon organizmlarining ularga bo’lgan ehtiyoji, hamda a-, gipo- va gipervitaminoz holatlar, ularni davolash va oldini olishga oid ma’lumotlar bilan tanish bo’lishlari lozim.

  • Vitaminologiya fani vitaminlarni ochilishi va bu fanni rivojlanish tarixi, ularni aniqlash uslublari, tasniflanishi, yog’da va suvda eruvchi vitaminlar, vitaminsimon moddalar, avitaminoz, gipo- va gipervitaminoz xolatlari, vitaminlarning vakillari, organizmda bajaradigan funksiyalari, organizmning ularga bo’lgan ehtiyoji masalalariga oid ma’lumotlarni qamrab olgan.

  • Vitaminlar-ovqat tarkibida uchraydigan oziqa omillari bo’lib, butun organizmda moddalar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etadigan, biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni normal kechishini ta’minlaydigan moddalardir. Bu moddalarni tuzilishi, funksiyasi, mikdoriy o’zgarishlarini o’rganuvchi fan vitaminologiya deyiladi.

  • Moddalar va energiyani almashinuv jarayonini me’yor darajada kechishini izdan chiqishi ko’pincha vataminlarning organizmga kirib kelishini yetarli bo’lmasligi yoki umuman oziqa tarkibida bo’lmasligi bilan bog’liq.

  • Vitaminning organizmga kirib kelishini umuman to’xtashi avitaminoz kasalligini, ularning yetarlicha kirib kelmasligi-gipovitaminoz kasalligini keltirib chiqaradi. Odamda amaliy jihatdan kasallikning ikki xili uchraydi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning ayrim xududlarida aholi ko’pincha o’simlik mahsulotlaridan iborat bo’lgan va hamisha bir xil oziq-ovqatlarni iste’mol qiladilar. Shu sababli bu vohalarda vitaminlarning tanqisligi bilan bog’liq bo’lgan kasalliklar uchraydi.

  • Ular jumlasiga:

  • Ba’zi fiziologik xolatlarda vitaminlarga bo’lgan extiyojni oshishi. Bunga xomiladorlik, laktasiya, tireotoksikoz va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.

  • Ichakda mikrofloraning rivojlanishi ya’ni infeksion jarayonlar tufayli vitaminlarni parchalanib ketishi.

  • Ichakni sekretor va motor funktsiyasini izdan chiqishi tufayli vitaminlarni so’rilishini susayishi.

  • Jigar, oshqozon osti bezi kasalliklari tufayli o’t yo’lini to’sib qo’yilishi natijasida yog’lar so’rilishini va bu orqali yog’da eruvchi vitaminlarning so’rilishini izdan chiqishi.

  • Vitaminlar xilma-xil kimyoviy tuzilishga ega bo’lgan hamda asosan o’simliklar, qisman mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadigan past molekulali organik moddalar hisoblanadi.

  • Ba’zi xollarda vitaminlar hayvonlar to’qimalarida ham provitaminlardan kimyoviy almashinuv reaksiyalari natijasida hosil bo’lishi mumkin.

    Xulosa

    • Provitaminlarga yaqqol misol sifatida o’simliklarning organlarida uchrovchi bo’yoq maxsulotlar-karotin (α, β, γ) larni keltirish mumkin. Ulardan hayvon organizmi to’qimalarida vitamin A, (retinol) hosil bo’ladi. Vitaminlar uchun ularning molekulyar tuzilmasidagi maxsuslik xususiyati alohida ahamiyat kasb etadi. Ko’pincha vitaminlarning molekulasi tuzilmasida qisman o’zgarish paydo bo’lishi (qo’sh bog’ning siljishi, bir xil radikalning boshqa radikalga almashinishi h.k.z. lar) biologik faollikni o’zgarishini keltirib chiqaradi.

    • Vitaminlarga xos bo’lgan bu xususiyat tabiatda ularning gomologik qatorini tashkil qiluvchi va ta’siri bo’yicha o’zaro o’xshash, lekin to’qima metabolizmiga har xil ta’sir etishi bilan farqlanuvchi gomovitaminlarning mavjudligi bilan bog’liq.

    • Vitaminlar tirik hujayralarda har xil kimyoviy tuzilishga ega bo’lgan xolatlarda uchraydi. Bu biofaol moddalr erkin, fosforli efir va oqsillar bilan birikkan (proteinlangan) xolatlarda uchrashi mumkin. Ko’p vitaminlar kofermentlar va kofaktorlarning sintezlanishi uchun plastik material sifatida xizmat qiladi.

    • Shuningdek, ular metabolitik jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etuvchi gormonlarning sintezlanishi uchun dastlabki kimyoviy modda sifatidagi vazifani bajarishi mumkin. Vitaminlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularning biologik nuqtai nazardan o’ta faolligi hisoblanadi. Shu sababli ko’p vitaminlar organizmga juda kam miqdorda kirib kelganda ham ularga bo’lgan ehtiyoj to’liq qoplanadi. Shu narsani alohida qayd etish lozimki, o’simlik va hayvon to’qimalaridagi vitaminlarning miqdoriy ko’rsatkichi juda past bo’ladi. Shu bilan bir qatorda ba’zi vitaminlar borki, ularning miqdori o’simlik maxsulotlarida ancha ko’p bo’lib, foiz miqdordagi yetib boradi (vitamin C). Hayvon organizmining vitaminlarga bo’lgan ehtiyojini doimo qondirilishi shart ekanligi shundaki, ular hayvonlar to’qimasi va hujayralarda sintezlanmaydi.

    Foydalanilgan adabiyotlar.

      1. R.A.Sobirova, O.A.Abrorov, F.X.Inoyatovna, A.N.Aripov Biologik kimyo Toshkent ,,Yangi asr avlodi’’ 2006-yil

      2. N.A.Raxmatov,T.M.Mahmudov,S.Mirzayev Toshkent ,,Ta’lim’’ 2009-yil

      3. M.N.Valixonov Toshkent ,,Universitet’’ 2010-yil

      4. Alberts, B., Jonson, A., Lyuis, J., Morgan, D., Raff, M., Roberts, K. va Valter, P. (2015). Hujayraning molekulyar biologiyasi (6-nashr). Nyu-York: Garland fani.

      5. Mathews, C., van Holde, K., & Ahern, K. (2000). Biokimyo (3-nashr). San-Frantsisko, Kaliforniya: Pearson.

      6. O’ZME.Birinchi jild.Toshkent 2000-yil

      7. Grin.N, Staut. U, Teylor.D Biologiya 1990-yil

      8. D.Pacheco D.P.Leal Tibbiy biokimyo Tahririyat 2004-yil

      9. Curry, S. L. 2005. Nonsteroid yallig'lanishga qarshi dorilar: sharh. Amerika hayvon kasalxonalari assotsiatsiyasi jurnali.

      10. Diaz-Gonsales, F., Sanches-Madrid, F. 2015. NSAIDlar: Eski dori vositalaridan yangi fokuslarni o'rganish. Evropa immunologiya jurnali.

      11. Golan, D. E., Armstrong, E. J., Armstrong, A. W. 2017. Farmakologiya tamoyillari: dori terapiyasining patofizyologik asoslari. Wolters Kluwer, Filadelfiya.

    Download 128.26 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling