Reja: Avtomatlashtirish obyektining asosiy xossalari, matematik ifodasi
Avtomatlashtirishning birinchi bosqichida
Download 380.5 Kb.
|
Avtomatika 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yarimavtomat
Avtomatlashtirishning birinchi bosqichida qo’yilgan vazifalarni fizika, matematika, matematik modellashtirishga oid bilimlardan, analog va hisoblash mashinalaridan foydalanib nazariy hal etishdan iborat. Bu vazifani hal qilish natijasida bo’lajak ob’ektning, masalan, tokarlik dastgohavtomatining fizik matematik modeli dunyoga keladi. Bu vazifalarni tarmoq ilmiy-tekshirish institutlari va konstruktorlik byurolari ko’rib chiqadi va hal etadi.
Model ishlab chiqilgandan so’ng uning texnikiqtisodiy ko’rsatgichlari aniqlanadi va uning samaradorligi dastgohning mavjud modellariniki bilan taqqoslanadi. Bunda birinchi navbatda, yaratiladigan modelning hamda texnologii jarayonlarni boshqarish usullarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligiga baho beriladi. Baho berishdan maqsad – modelning belgilangan funksiyalarni bajara olishini aniqlash; uning yordamida ishlab chihariladigan mahsulotning yuqori sifatli bo’lishiga, Yuqori mehnat unumdorligiga, yonilgi, jihoz va xomashyolardan maksimal darajada foydalanilishiga, mahsulotning hammasi realizasiya qilinishiga erishish. Modelga iqtisodiy jihatdan baho berilgandan so’ng, ishlab chiqilgan yechimni oddiy, ishonchli va samarali usul bilan amalga oshirish hamda aniq konstruksiya’ni yaratishning eng maqbul yo’llari aniqlab olinadi. Avtomatlashtirilishda ishlatiladigan uzellar, mexanizmlar o’z vazifalariga va funksional alomatlariga ko’ra guruhlarga bo’linadi, masalan, tashish va yuklash vositalari, avtomatikaning rostlovchi va ijrochi qurilmalari. Barcha vositalar birbiriga yaqin bo’lgan alomatlariga ko’ra unifikasiyalangan bloklarga guruhlanadi. Unifikasiyalangan bloklardan avtomatlashtirishning kompleks vositalari to’zi ladi. Yarimavtomat – avtomatik ish sikli bilan ishlaydigan mashina hisoblanadi. Bunda ish davrini takrorlanishi uchun ishchining aralashuvi kerak bo’ladi. Masalan, zagotovkalarni yuklash, mashinani ishga tushirish va to’xtatish, tayyor buyumlarni olish va tekshirish shular jumlasidandir. Avtomat – o’z-o’zidan boshqariladigan ish mashinasi bo’lib, tekshirish va sozlashdan tashqari, barcha ish davrlarini va salt yurishlarni bajaradi. Har qanday ishchi mashina uchtaasosiy mexanizmlar (yuritish, uzatish, bajaruvchi) dan iborat. Ularning eng asosiysi ishlov berish aniqligi va unumdorligi, hamda mashina imkoniyatlarini aniqlovchi bajaruvchi mexanizmlar hisoblanadi. Download 380.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling