Reja: Axborot texnologiyasi tushunchasi


Download 30.04 Kb.
Sana22.09.2023
Hajmi30.04 Kb.
#1684737
Bog'liq
Arifmetik amallarni o`rgatishda axborot texnologiyalardan foydalanish


Arifmetik amallarni o`rgatishda axborot texnologiyalardan foydalanish
Reja:


1. Axborot texnologiyasi tushunchasi.

2. AT ex ning (uskunaviy ) dasturiy vositalari.

3. AT iz va AT ex orasidagi munosabat.

4. Axborot texnologiyalari turlari.





Axborot texnologiyalari tushunchasi
Texnologiya grekcha techne so’zidan olingan bo’lib, san’at, mahorat, bilish, usul degan ma’nolarni anglatadi. Bu erda vositalar, usulning bayoni va yangi mahsulotning tayyorlash jarayoni ham yotibdi.

Masalan, yangi povar ustozdidan palov tayyorlash usulini og’zaki yoki yozma ravishda o’rgandi deylik, lekin u darrovda yaxshi palov qila olmaydi. Endi u palov tayyorlash jarayonining sirlarini ham o’rganishi kerak. Yoki avtomobil boshqarishni o’rganishni ham misol sifatida keltirish mumkin. Yosh avtohavoskor kitobdan yo’l qoidalari, avtomobil haydash sirlarini o’rganishi mumkin. Lekin, avtomobilni katta shahar ko’chalarida haydashni o’rganish uchun yana ko’pgina mehnat sarflashi kerak.

Jarayon deyilganda, qo’yilgan maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan harakatlarning muayyan majmui tushuniladi. Jarayon odam tanlagan strategiya bilan belgilanishi va turli vositalar hamda usullar majmui bilan amalga oshirilishi zarur.

Materiallar texnologiyasi deb- xom ashyo, materialni qayta ishlash, tayyorlash, holatini, 
xossalarini, formasini o’zgartirish bo’yicha vositalar va usullarning majmuiga bilan belgilangan jarayonga aytiladi. Mazkur texnologiya bilan aniqlanuvchi jarayon moddaning dastlabki holatini o’zgartirib yangi sifatdagi tovar hosil qiladi.
1-rasm. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasida jarayonlar

2-rasm. Axborot texnologiyasida jarayonlar

Axborot moddiy resurslar bilan bir qatorda bebaho resurs hisoblanadi. Buning uchun quyidagi uchta gapni eslash kifoya.

Kuch bilim va adolatda.

Amir Temur,

14-asr Erursen shohsen, agar ogohsen sen,

Agar sen ogohsen, shohsen sen. Alisher Navoiy, 15-asr Kimki axborotga egalik qilsa, u dunyoga egalik qiladi. Bill Geyts, 20-asr

Axborot texnologiyalari-ob’ekt to’g’risida yangi sifatli axborot yaratish uchun dastlabki axborotni yig’ish,saqlash, qayta ishlash va uzatishning vositalari va usullari majmuidir.

Ma’lumki, bir xil moddiy resurslarga tadbiq qilingan har xil texnologiyalar har xil natijalarga olib keladi. 
Shunday qoida, axborot texnologiyalarida ham mavjud.
Misol.1. DTM abbiturientlarga bir xil test variantlarini beradi. Abiturientlar o’zlarining usullarini qo’llab test savollariga javob berishadi. Lekin, natija har xil bo’ladi. Test echish uchun programmalar qo’llansa natijalar yana ham boshqacha bo’lishi aniq.

Misol 2. Avtomobil haydashni kitobdan o’qib o’rganish mumkin, lekin bu bilan yosh avtohavaskor avtomobilni yaxshi haydab keta olmaydi. Uni Lassettiga o’tirgizib, shahar Chorsusi yo’lga qo’yib yuboraylikchi, nima bo’lar ekan. Yosh avtohavskor uzoqqa bora olmaydi. Chorsuda muvaffaqiyatli harakatlanish uchun tajriba kerak-bu esa jarayondir.

Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi va axborot ishlab chiqarish texnologiyasin quyidjagi jadvalda solishtiramiz.

Moddiy komponentalar Axborot komponentalar

Xom ashyo va materiallarni tayyorlash Axborot yoki dastlabki ma’lumotlarni yig’ish

Moddiy mahsulot ishlab chiqish Ma’lumotlarni qayta ishlash va yangi natijaviy axborot yaratish

Iste’molchilarga yangi tovarlarni sotish Natijaviy axborotni foydalanuvchiga QQQ uchun uzatish

AT ex ning (uskunaviy ) dasturiy vositalari

Moddiy ishlab chiqarishda texnologik jarayon har xil texnik vositalar, jumladan, qurilmalar, 
stanoklar, qurollar, konveyr liniyalari va h.k. lar yordamida bajariladi.
Axborot texnologiyalarida ham shunga o’xshash narsalar bor, ular: apparat, dasturiy va matematik ta’minotdir. Ular yordamida dastlabki axborot yangi sifatli axborotga aylantiriladi. Ular orasidan dasturiy vositalarni ajratamiz va axborot texnologiyalarining uskunaviy dasturiy qurollari deb ataymiz.

Axborot texnologiyalarining uskunaviy (dasturiy qurollari) vositalari deb foydalanuvchi tomonidan qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida kompyuter uchun o’zaro bog’liq bir yoki bir necha dasturlar majmuasiga aytiladi.

Dasturiy vositalarga matn muharriri, kompakt nashriyot tizimlari, elektron jadvallar, MBBT, elektron yozuv kitobchalari, elektron kalendarlar, funkstional maqsadli axborot tizimlari (moliyaviy, buxgalteriya, marketing....), ekspert tizimlar kirishi mumkin.

AT iz 
va AT ex orsidagi munosabat
Axborot texnologiyalari u uchun muhit bo’ladigan axborot tizimlari bilan bevosita bog’langan bo’lishi mumkin. Bir qarashda axborot texnologiyalari va axborot tizimlari uchun keltirilgan ta’riflar bir xilga o’xshaydi. Lekin bunday emas.

Axborot texnologiyalari-kompyuterda saqlanayotgan axborot ustida aniq va belgilangan har xil murakkablikdagi amallar, harakatlar bajarish usullari va jarayonlari majmuidan iborat. Axborot texnologiyalarining maqsadi-boshlang’ich ma’lumotlarni maqsadga yo’nalgan harakatlar natijasida qayta ishlab, foydalanuvchi uchun zarur axborot olishdan iborat.

Axborot tizimi-muhit bo’lib, unga kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, dasturiy mhsulotlar, ma’lumotlar bazasi, xodimlar, har xil texnik va dasturiy aloqa vositalari kiradi. Axborot tizimlarining asosiy maqsadi- axborotni saqlash va uzatish. Axborot tizimlari axbortga ishlov berishning odam-kompyuter tizimidir.

Axborot tizimlari funkstiyalarini bajarish unga mos yaratilgan axborot texnologiyasini bilmasdan bajarib bo’lmaydi. Axborot texnologiyalari axborot tizimidan tashqarida ham mavjud bo’lishi mumkin. Shunday qilib, Axborot texnologiyasi keng tushuncha bo’lib, zamonaviy axbortlashgan jamiyatda axborotga ishlov berish jarayonlarini bildiradi.

Axborot texnologiyasi-kompyuterda axborotga ishlov berish uchun xodimlarning aniq maqsadga yo’naltirgan harakatlar majmuidir.

Axborot tizimlari- kompyuter axborot tizimlaridan foydalanib axborot mahsulotlari ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishni qo’llab quvvatlovchm odam-kompyuter tizimidir.

Axborot texnologiyalarining turlari

Ma’lumotlarga ishlov beruvchi AT ex lar (MIBAT).

1. MIBAT ta’rifi va vazifasi.

Ma’lumotlarga ishlov berishning axborot texnologiyasi strukturalangan masalalarni echish uchun mo’ljallangan bo’lib, bu masalalar bo’yicha zaruriy dastlabki ma’lumotlar mavjud bo’lishi va ularga ishlov berishning algoritmlari hamda standart prosteduralari ma’lum bo’lishi kerak. Bu texnologiya boshqaruv mehnatining ba’zi bir doimiy takrorlanadigan og’ir amallarini avtomatlashtirish maqsadlarida malakasi uncha yuqori bo’lmagan xodimlarning amaliy (ijro) operativ faoliyati darajasida qo’llaniladi. Shuning uchun bu darajadagi xodimlarning mehnat unumdorligini ancha oshiradi. Ularni og’ir va mashaqqatli 
mehnatdan ozod etadi, hattoki xodimlarning sonini qisqartirishga ham olib keladi. Operastion faoliyat darajasida quyidagi masalalar hal qilinadi:
Firma tomonidan amalga oshiriladigan operastiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarga ishlov berish;

Firmada ishlarning holati to’g’risidagi davriy nazorat hisobotlarini tuzish;

Turli-tuman joriy so’rovlarga javoblar olish va ularni qog’ozda hujjatlar yoki hisobotlar shaklida rasmiylashtirish.

Misol 1. Zerikarli bir xil amallarga misollar:

Ombordagi tovarlarning zahirasining mavjud normativ ko’rsatkichlarga mosligini tekshirish va zahira miqdori kamayganda ta’minotchiga tovarlar miqdori va olib kelinishi kerak bo’lgan muddatlarni ko’rsatib zakaz berish;

Firma tomonidan tovarlarni sotilishi haqida ma’lumotlarni qayd etish, xaridorga tovar nomi va narxi, tovarni tayyorlagan firma, yaroqlilik muddatlari va hokazo ma’lumotlar tushirilgan chek yoki kvitanstiya berish.

Misol 2. Nazorat hisoboti haqida misol. Har kunlik bankdan kelayotgan va bankga jo’natilayotgan tushular haqida ma’lumot tayyorlash.

Misol 3. So’rovlarga misol. Kadrlar bo’limidagi MX ga murojaat qilish. Ma’lum mansabni egallash uchun nomzodga qo’yiladigan talablar qanday bo’lishi kerak.

MIBAT ni boshqa ma’lumotlarni qayta ishlovchi texnologiyalardan farqlaydigan xususiyatlar bor. Ularni keltiramiz:

• Firmaning ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha masalalarini echish; har bir firmaning o’zining qonunlar bilan belgilangan masalalari mavjud. Shuning uchun har bir firmada ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha texnologiyasi va tizimi bo’lishi kerak;

• Yaxshi strukturalangan masalalarni echish
ular uchun, ma’lumki, algoritmlar ishlab chiqish mumkin;
• Qayta ishlashning standart prosteduralarini bajarish; mavjud standartlar ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha tipik prosteduralarni aniqlaydi va ularga bo’ysinishni belgilaydi;

• Ishning asosiy hajmini avtomatik rejimda, insonning minimal ishtirokida echish;

• Detallashtirilgan ma’lumotlardan foydalanish; firmaning faoliyati detallashtirilgan ma’lumotlardan iborat, u firmani reviziya qilishni osonlashtiradi, reviziya firma faoliyatini boshidan oxirigacha tekshirish imkoniyatini beradi;

• Voqealarning xronologiyasiga e’tibor berish;

• Masalalar echishda boshqa darajadagi xodimlarning ishtiroki minimal.


Asosiy komponentalar va ularning tavsiflarini keltiramiz.

Ma’lumotlarni to’plash. Ma’lumotlar MB ga tashqi muhitdan kelib tushadi. Firmaning har bir harakati mos 
yozuv sifatida qayd qilinadi;
Ma’lumotlarga MB da ishlov berish. Ma’lumotlarga ishlov berishning asosiy operastiyalari quyidagidan iborat: guruhlash, saralash, agregatlash (yiriklashtirish), hisoblash, ma’lumotlarni saqlash. Firmaning MX siga kelayotgan har bir axborot ustida quyidagi amallar bajariladi:

• Klassifikastiya yoki gruppalash;

• Yozuvlarni tartiblash;

• Hisoblashlarni (arifmetik va mantiqiy )bajarish;

• Axborotni yiriklashtirish yoki agregatlash, ular yordamida ma’lumotlar ustida har xil o’rtacha yoki natijaviy qiymatlar hisoblanadi va pirovardida ma’lumotlar soni kamayadi.

Ma’lumotlarni saqlash. Ma’lumotlar MX larda saqlanadi.

Hisobotlar yaratish. Hisobotlar davriy va talab bo’yicha tayyorlanishi mumkin va ular asosida ma’lumotlardan keng foydalaniladi.

Boshqaruv AT ex lari (BAT).

1. Xarakteristikasi va vazifasi.

Boshqaruvning axborot texnologiyasi (BAT) ning maqsadi-firmadagi QQQ bilan aloqador bo’lgan har bir xodimning axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirishdan iboratdir. U boshqaruvning ixtiyoriy darajasida foydali bo’ladi. Bu texnologiyada echiladigan masalalar yomon strukturalanganligi tufayli MIBAT dan tubdan farq qiladi.

Mazkur AT firmaning har xil funkstional qismlari va boshqaruv darajalari uchun ideal ravishda to’g’ri keladi. AT yordamida beriladigan axborot firmaning o’tgan, hozirgi va mumkin bo’lgan kelajakdagi holati haqida ma’lumot beradi. Bu axborot firma haqida doimiy va davriy hisobotlardan iboroat bo’ladi.

Boshqaruv darajasida QQQ uchun axborot shunday agregatlangan bo’lishi kerakki, unda ma’lumotlarni o’zgarish tendenstiyasi, chetlanishlarning hosil bo’lish sabablari va mumkin bo’lgan echimlar ko’zga tashlagib tursin. Bu etapda MQIning quyidagi masalalari hal qilinadi:

• Boshqaruv ob’ekti rejalashtirilgan holatining baholash;

• Rejalashtirilgan 
holatdan chetlanishni baholash;
• Chetlanish sabablarini aniqlash;

• Mumkin bo’lgan echimlar va harakatlarning tahlili.

BAT har xil turdagi hisobotlar yaratishga qaratilgan.

Davriy hisobotlar belgilangan reja asosida ma’lum muddatlarda yaratiladi, masalan, oylik, choraklik, yarim yillik, yillik hisobotlar.

Maxsus hisobotlar boshqaruvchilarning talablari asosida yoki ma’lum bir ko’zda tutilmagan vaziyatlarda yaratiladi.

Davriy va maxsus hisobotlar jamlovchi, taqqoslovchi, favqulotdagi hisobotlar turiga kirishi mumkin.

Jamlovchi hisobotlarda ma’lumotlar gruppalarga bo’lingan, tartiblangan va oraliq, yakuniy natijalarga maydonlar bo’ylab taqsimlangan bo’ladi.

Taqqoslovchi hisobotlarda har xil manbalardan olingan ma’lumotlar yoki ma’lum belgilar bo’yicha klassifikastiya qilingan ma’lumotlar taqqoslash uchun foydalaniladi.

Favqulotdagi hisobotlarda ma’lum ko’zda tutilmagan, tasodifiy vaziyatlarda vujudga kelgan firma haqidagi ma’lumotlar o’rin oladi.

Hisobotlardan foydalanish paydo bo’ladigan chetlanishlarni boshqarishda muhim rol o’ynaydi.Chetlanish 
firmaning rejalashtirilgan, standart holatiga mos bo’lmagan holatidir. Firma faoliyatida chetlanish bo’lsa, demak firmada noto’g’ri, kutilmagan ishlar sodir bo’lyapti, demak vaziyatni tahlil qilish kerak va chetlanishni qo’qotish uchun ma’lum QQQ dir.
Firmada chetlanishlar bo’yicha boshqaruv ishlarini olib borishga va hisobotlar yaratishga quyidagi talablar qo’yiladi:

• Hisobot chetlanish paydo bo’lgach tuzilishi kerak;

• Ma’lumotlar chetlanishni ko’rsatuvchi parametga nisbatan tartiblanishi kerak;

• Menedjer chetlanishlarning sababini aniqlashi oson bo’lishi uchun barcha chetlanishlar birgalikda ko’rsatilishi kerak;

• Hisobotda chetlanishning standart qiymatlardan farqi sonli qiymatlarda ko’rsatilishi kerak.

Davlat ta'lim standard o'quvchilarning har biriga ta'lim olishda teng imkoniyatlarni yaratib berish,har birining yuqori natijaga erishishlarini rag'badlantirish va shu orqali o'quv- bilim jarayoning farqli tashkil etilishini ta'minlash uchun da'vat etilga. Davlat ta'lim standarlarining o'quv fani bo'yicha, ta'lim sohalari bo'yicha ishlab chiqarilishi o'quv fanlarining variantini tanlash asosida o'quv metodik majmualar, jumladan, boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishni takomilashtirishni nazarda tutadi. Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarishni bog'lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarining ichki bog'liqligi va o'quv fanlari aro uzviylikni ta'minlashga xizmat qiladi. Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarish talablarining o'quvchilar tomonidan bajarilishi ularning tevarak zarur bilim, malaka va konikmalarni egallashlariga yordam beradi.
Shunday qilib, boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarish jarayoni o'quv-bilim jarayoniga matematika o'qitish bo'yicha bilim,konikma va malakalarigina emas balki shaxsning muayyam asosiy faoliyati majmuasi- mehnat o'quv-biluv, kammunikativ-axloqiy va jismoniy- kamolatiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham taminlaydi.

O’quvchilarning arifmetik amallarni bajarishga o'rgatish metodikasining nazariy asoslari. Tizimda yuz berayotgan ijtimoyi - 
iqtisodiy munosabatlar, xalq ta'limi tizirr lo'layotgan o'zgarishlar "Ta'lim taraqqiyoti qonunda ham" Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi " da ko'rsatib o'tilgandek, har bir sinf o'quvchisiga oldiga muhim vazifa qo'yilmoqda. Bu vazifalar boshlang'ch ta'lim uchun ham xos bo'g'inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo'g'inlar xilma -xil o'quv fanlari dasturlarida, o'quv rejalarida,darsliklarda ta'limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilish mumkun.
Davlat ta'lim standartlari o'quv fani bo'yicha o'quv -metodik majmualar (dastur, o'quv rejasi, darstliklar )ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek o'quv fanlararo bog'lanish va

bilimlarni muvofaqiyotlashtirish tamoyili asosida o'quv 
fanlarni
bog'lanishi ta'minlashga xizmat qiladi. Yangi matematika

kursida, avvalgiga o'xshash, arifmetika asosiy o'rni egallaydi.

Shuningdek arifmetik boshlang'ich o'rganish uslubi ham mukammallashtirilgan. Kichik yoshdagi o'quvchilarni o'qitishning barcha bosqichlaridan ularning tiklash faoliyatini aktivlashtirishga tayanch faktlar va kuzatishlarni o'z vaqtida umumlashtirishga,ayrim masalalar orasidagi o'zaro bog'lanishni tayinlashda, bolalarda mustaqil ishlash o’quvlarini paydo qilishda qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslubdagi maktab dasturiga kiritilgan. O'quv materialini o'quv yillari bo'yicha taqsimlanishida o'rganilayotgan sonlar sohasini asta-sekinkengayib borishi ko'zsatiladi.

1-sinf Idan 20 gacha sonlar.

2-sinf Idan 100 gacha sonlar.

3-sinf Idan 1000 gacha sonlar.

4-sinf Idan 1000000 gacha sonlar.

Va xakozo ya'ni ko'p xonali sonlar o'rganiladi. Arifmetik amallarga doir material konsentrlarga bo'lib o'rganiladi. Hammasi bo'lib 5 ta konsentr ko'zda tutiladi: o'nlik, ikkinchi o'nlik, yuzlik, minglik, ko'p xonali sonlar. Har bir konsert o'z mazmuniga ko'ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarni aks ettiradi, shiming uchun o'quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlar ustida amallarni o'rganar ekanlar,umuman arifmetikaning mohiyati to'g'risida tasavvur hosil qiladilar. Har gal yangi sonli material asosida amallar bajarishga qayta-qayta murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytishga imkon beradi. 
Bundan tashqari, mustahkam o’quv va malakalarning asta-sekin shaklanishi ( sanoqda, o'lchashlarda, og'zaki va yozma nomerlashda, hisoblashda va h.k ta'minlanadi, chunki bu amallarni bajarishning usullari umumiylikni saqlagan holda asta-sekin murakkablashtirib boradi.
Arifmetika kursining konsentrik tuzulishi kichik yoshdagi o'quvchilarni psixologik xususiyatlarga mosdir : sanoq o'lchash,arifmetik amallar bilan dastlabki tanishtirishni narsalar to'plamlari yordamida ko'rsatish bo'lgan katta bo'lmagan raqamlar misolida bajarish zarur son sohasini sekin - asta kengaytirib borish ham ko'rgazmali - harakatli amallardan abstrakt amallarga o'tish orqali bolalarning fikrlarini rivojlantirish bilan moslashtiriladi. Har bir konsentrning ajratib berish sabablarini, bu konsentr ichida sonlarni nomerlashni o'rganish uslubini shuningdek, arifmetik amallarni o'rganish usulini batafsil bayon qilamiz.
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda ‘aydo bo’lib, quyidagi rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda.
Dastlabki bu tushuncha 1940-yillardan 50-yillar o’rtasigacha “ta’limda texnologiya” deb qo’llanib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan.
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo’lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda o’qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud.
V.’.Bes’alko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi.U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo’ladi, deb hisoblaydi.Bunda asosiy diqqat o’quv –pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o’qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi.Shu tariqa V.P.Bes’alko o’quv jarayonini loyihalash g’oyasini ilgari suradi.Afsuski, hozirga qadar pedagogik texnologiya va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo’q.
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bo’lsa ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda. Tadqiqotchilarning ishlarida fan va amaliyot oralig’idan o’rin egallamoqda.
N.F.Talizina har bir ‘edagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o’quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo’lishi shart deb hisoblaydi.
“Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ta’lim metodikasi” tushunchasiga nisbatan kengdir.
Ta’lim metodi –o’quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bo’lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o’quv ‘redmetini o’qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullari tizimini tavsiflaydi.
Ta’lim texnologiyasi –ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni,ya’ni,avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma –bosqich amalga oshirish,aniq maqsadga erishish yo’lida muayyan metod,usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi.
O’qituvchini samarali faoliyat ko’rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasidan farqli o’laroq, ta’lim texnologiyasi o’quvchilar faoliyatiga nisbatan yo’naltirilgan bo’lib, u o’quvchilarning shaxsiy hamda o’qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o’quv materiallarini mustaqil o’zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi –o’quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
“Ta’lim texnologiyasi” xususida yaratilgan adabiyotlarda ushbu tushunchaga berilgan ta’riflarga asoslangan holda ushbu tushuncha quyidagicha sharhlangan :
pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan,
aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning
natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining
mazmunidir.
Ta’lim jarayonining umumiy loyihasi ta’limni tashkil etishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj
ta’lim maqsadi. Ta’lim mazmuni, shakl, metod, usul va texnikasi o’quvchi faoliyati
o’qituvchi faoliyati ta’lim natijasi. Yuqoridagi fikrlarga muvofiq ta’lim texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi quyidagicha namoyon bo’ladi.
Bizga yaxshi ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo’lib u o’ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta’lim texnologiyasi o’quvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo’lsa-da, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi. Chunki unda harakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo’lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi ham mantiqiy, ham tarkibiy jihatdan ta’lim texnologiyasidan farq qiladi.

Download 30.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling