Boshqarish tizimi ishlashi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar quyidagilardan iborat:
Boshqarish ob’ektlarining mavjudligi.
Mazkur ob’ekt faoliyatining maqsadi ma’lum bo’lishi.
Boshqarish tizimi mustaqil xarakat qilishi uchun muayyan xuquqlarga ega bo’lishi.
Boshqaruvchi ob’ektning boshqariluvchi ob’ekt xaqida mufassal ma’lumotlarga ega bo’lishi.
Boshqarish deb ob’ektning asosiy xossalarini saqlab qolish yoki ma’lum bir maqsadga erishish uchun uni rivojlantiruvchi tizimning funktsiyasiga aytiladi.
Tizimni boshqarish maqsadiga ma’lum bir funktsiyani amalga oshirish orqali erishiladi. Bunday funktsiyalarga:
rejalashtirish;
taxlil etish;
nazorat;
xisobot;
qaror qabul qilish funktsiyalari kiradi.
Rejalashtirish deb boshqarishning maqsadi va unga erishish yo’llarini aniqlash, xarakat rejasini tuzish va uning istiqbolini aniqlashga aytiladi.
Taxlil etish deganda boshqarish tizimi tuzilishini tanlash va shakllantirish, tizim unsurlari o’rtasidagi munosabatni va bog’liqlikni aniqlash tushuniladi.
Nazorat deb ishlab chiqarish jarayonini kuzatish va xaqiqatda bajarilg’an ishning reja bo’yicha belgilanganligi to’g’riligini tekshirishga aytiladi.
Xisobot deganda reja bajarilishining yoki uning ma’lum bir bosqichi bajarilishining yakuniy xisoboti, boshqarish natijalarini baholash tushuniladi.
Tizimning xususiyatlari
Tizimning xususiyatlari quyidagilar sanaladi: elementlar murakkabligi, maqsadga qaratilganligi, turli-tumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi, bo’linishligidir.
Axborot texnologiyasida tizimni roli
Tizimlar tarkibi hamda asosiy maqsadlariga ko’ra farqlanadi. Quyida 1-jadvalda turli elementlardan iborat bo’lgan va turli maqsadlarga qaratilgan bir qancha tizimlar namuna sifatida keltirilgan.
1 - jadval Tizimlar namunasi
Tizim
|
Tizim elementlari
|
Tizimning asosiy maqsadi
|
Tashkilot
|
Odamlar, jihozlar, materiallar, bino va xakozo
|
Tovar ishlab chiqarish
|
Kompyuter
|
Elektron va elektromexanik elementlar, aloqa tarmoqlari va
hokazo
|
Ma’lumotlarni qayta ishlash
|
Telekommunikatsi
ya tizimi
|
Kompyuterlar, modellar, kabel, tarmoq dasturiy ta’minot va hokazo
|
Axborot uzatish
|
Axborot tizimi
|
Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborot va dasturiy ta’minot, odamlar.
|
Kasbiy axborot ishlab chiqarish
|
Do'stlaringiz bilan baham: |