Reja: Axborot tizimi haqida tushuncha. Axborot tizimlarining tarkibiy qismlari. Axborot tizimining dasturiy ta’minoti. Avtomatlashtirilgan axborot tiziming tasniflanishi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tarkibiy va tamoyil juhatdan


Download 50.31 Kb.
bet2/7
Sana20.06.2023
Hajmi50.31 Kb.
#1632334
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari

Aloqalar ob’ektlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elementlarining kenja tizimlari va tizimlar o’rtasida aloqa bo’lishi nazarda tutiladi. Ayrim umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar o’rtasida aloqaning mavjud bo’lishi tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar bilan biror-bir aloqaga ega bo’lmagan element ko’rib chiqilayotgan tizimga kirmaydi.
Hozirgi davrda fan va texnikada ko’p qo’llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim - yunoncha so’z bo’lib, tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik degan ma’noni anglatadi. Tizimlarni ularning turli belgilariga qarab turkumlash mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavxum bo’lishi mumkin (mavhum - inson ongi mahsuli).
Moddiy tizimlar, asosan moddiy ob’ektlar to’plamidan tashkil topadi. ¡z navbatida moddiy tizim anorganik (mexanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o’rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o’rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir.
Mavhum tizimlar inson ongining mahsuli bo’lib, har xil nazariyalar, bilimlar, gipotezalardan iborat. Yangi axborot texnologiyasi ham moddiy tizim unsurlarini (kompyuterlar, xujjatlar, insonlar), ham no moddiy tizim unsurlarini (matematik modellar, inson bilimlari va hokazo) o’z ichiga oladi. Shu orada axborot texnologiyasiga ta’rif berib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Axborot texnologiyasi - ob’ektning, xodisa yoki jarayonining (axborot mahsulotining) ahvoli haqida yangicha ma’lumot olish maqsadida ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalari hamda usullari majmuasi (boshlang’ich ma’lumotlar) dan foydalanish jarayonidir.
Axborot texnologiyasining maqsadi axborotlarni inson ularni tahlil qilishi va shu asosda biror ishni bajarish bo’yicha qaror qabul qilishi uchun ishlab chiqishdan iborat.
Shunday qilib, tizim - bu o’zaro bog’liq va yagona maqsadga erishish uchun ma’lum qoida asosida o’zaro munosabatda bo’ladigan unsurlar to’plami. Bu unsurlar to’plami oddiy unsurlar yig’indisidangina iborat bo’lmay, har bir unsur ham o’z navbatida tizim bo’lishi mumkin.

Download 50.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling