Reja: Aylanma mablag’lar va ularni tashkil qilishda bank kreditining roli


Download 50.35 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi50.35 Kb.
#1641940
  1   2   3
Bog'liq
Aylanma mablag


Aylanma mablag’lar va mijozning kreditga layoqatliligini baholash usullari
Reja:

  1. Aylanma mablag’lar va ularni tashkil qilishda bank kreditining roli

  2. Mijozning kreditga layoqatliligi tushunchasi

  3. Mijozning kreditga layoqatliligini baholashning manbalari

  4. Mijozning kreditga layoqatliligini baholashning asosiy ko’rsatkichlari

  5. Kreditga layoqatlilikni baholashning qo’shimcha ko’rsatkichlari

  6. Rivojlangan davlatlarda mijozning kreditga layoqatliligini baholash usullari


Aylanma mablag’lar va ularni tashkil qilishda bank kreditining roli
Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va shu asosda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tib borishda aylanma mablag’lar muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda o’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, pul muomalasini barqarorlashtirish asosida milliy pul birligini mustahkamlashning asosiy yo’llaridan biri - ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni takomillashtirishdan iborat. Ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va uning samaradorligini oshirish, xom ashyo, materiallar, yoqilg’I, energiya va boshqa resurslardan to’g’ri foydalanish, ularni ishlab chiqarishda qo’llash, iqtisodlilik tamoyillariga rioya qilish, material xarajatlarini kamaytirish, arzon, lekin sifatli materiallarni ishlab chiqarishda qo’llash yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. Shuni ta’kidlashimiz lozimki, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning samaradorligini oshirish avvalambor aylanma mablag’lardan to’g’ri foydalanishga bog’liq.
Har bir xo`jalik o`z ishlab chiqarishini tashkil qilish, ishlab chiqarish vositalarini sotib olish uchun ma’lum qiymatni avanslastirishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta`minlash uchun esa avanslashtirilgan qiymat ishlab chiqarish vositalarini ikki shakldagi aktivlarga, yani uzoq muddatli va qisqa muddatli aktivlarga bo`lish mumkin. Uzoq muddatli aktivlar ishlab chiqarisha uzoq yillar davomuda qatnashadi Eskirib borishi bilan uzoq muddatli aktivlar o`z qiymatini qisman yangi yaratilayotgan mahsulotga o`tkazib boradi.Aylanma aktivlar uzoq muddatli aktivlardan farq qilib, ishlab chiqarish jarayonda bir martta qatnashadi va yaratilgan mahsulotga o`z qiymatini to`la o`tkazadi, shakli o`zgaradi. Aylanma aktivlar aylanish jarayonida uch bosqichni bosib o`tadi: pul, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish bilan bog`liq bosqichlar.
Aylanishning birinchi bosqichida ishlab chiqarish vositalari sotib olinadi (PT(i/v)). Korxonaning ajratilgan pul fondlari ishlab chiqarishning ashyoviy omiliga aylanadi. Birinchi bosqichning xususiyati shundaki, bu bosqichda ba`zi korxonalar o`z mablag`lari yetarli bo`lmagan hollarda qazga bank kreditini obozotgan jalb qilishlani mumkin.
Aylanma aktivlar aylanishining ikkinchi bosqichi – ishlab chiqarish bosqichi (T-i/ch-T`) bo`lib, bunda ishlab chiqarish omillari (ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari) qo`shilishi yuzaga keladi va bu jarayon aylanma aktivlari aylanishi iqtisodiy mohiyatini yanada chuqurroq ifodalashga yordam beradi. Chunki, ikkinchi bosqich asosiy va hal qiluvchi bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda yangi qiymatga ega bo`lgan mahsulot yaratiladi. Ikkinchi bosqich, ishlab chiqarishda samaradorlikka erishish omillariga boy bo`lgan bosqich bo`lib, mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirish uchun ishlab chiqarishni moddiy resurslar bilan to`liq va o`z vaqtida ta`minlash; material resurslarini iqtisod qilgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini arzonlashtirish, mehnat resurslaridan to`g`ri foydalanish zarur.
Aylanma aktivlar aylanishining uchinchi bosqichi, (T – P`) da yangidan yaratilgan mahsulot realisatsiya qilinadi. Oxirgi bosqichda aylanma mablag`lar yana boshlang’ich shakl - pul shakliga o`tadi va bu esa aylanish jarayonini to`g`ri tashkil qilish, uning uzluksizligini ta`minlash, aylanish bosqichlari bo`yicha aktivlarni to`g`ri taqsimlash ishlab chiqarishda samaradorlikka, korxonalar moliyaviy faolyatining yaxshi natiyalarga erishishiga olib kelishi mumkin.
Fondlar aylanishining asosiy shakli pul shakli ishlab chiqarishni tashkil qilishda asosiy rol o’ynaydi. Shuning uchun ular aylanishining asosiy shakli, jarayon boshlanishida pul mablag’larini avanslashtirish va jarayon tugashida aktivlarning pul shakliga o’tishidir. Haqiqatda pul mablag’larini avanslashtirilgan mablag’lari aylanishini boshlash mumkin emas va shundan kelib chiqqan holda boshqa bosqichlar o’z – o’zidan amalga oshirilmaydi. Korxonaning avanslashtirilgan mablag’lari natural – ashyoviy shaklda va boshqa shaklda, ya’ni qiymot shaklda bo’lishi mumkin. Aktivlarning qaysi bir turini moslashtirishga qarab ular asosiy va aylanma mablag’lariga bo’linadi.
Avanslashtirishning xususiyati shuki, mablag’lar korxona abarotida doimiy ravishda bo’lib turadi va aktivlarning aylanishiga qarab o’zgartirib turadi. Aktivlarning aylanishi davomida aylanma mabbag’lar pul shaklidan ishlab chiqarish zahiralari shakliga ishlab chiqarish zahiralari shaklidan tugallanmagan ishlab chiqarish (tayyor bo’lmagan mahsulot) ga, tugallanmagan ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot shakliga o’tadi.
Aylanma aktivlar iqtisodiy kategoriyasiga sifatida bir necha xususiyatlarga ega. Shulardan biri – aylanma ishlab chiqarish va muomala aktivlari uchun avanslashtirilgan qiymatlarni bir iqtisodiy kategorya - aylanma aktivlar kategoryasiga birlashishidir. Ba`zi iqtisodchilar aylanma aktivlarni iqtisodiy sifatida qaraydilar. Ularning fikricha, aylanma fondlariga iqtisodiy kategoriya sifatida tovar ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi. Aylanma aktivlarning yana bir xususiyati – ularning tashkil qilinishi va ulardan foydalanishdir.
Qishloq xo’jaligi va shunga o’xshagan boshqa tarmoqlarda aylanma aktivlarga bo’lgan talab bank kreditini jalb qilishi yo’li bilan qoplanishi mumkin. Mavsum bilan bog’liq bo’lmagan tarmoqlar (sanoat, savdo ta’minoti va boshqalar) da aylanma aktivlarning aylanishini (mahsulot sotib olish, ishlab chiqarish va sotish jarayonini amalga oshirish) tarmoqlarda ham materiallarning mol yetkazib beruvchidan kelib turishida, tovar ortiqcha yoki kam kelib tushganda, tayyor mahsulotni sotish jarayonini va boshqalarda aylanma mablag’larga bo’lgan talab bank kredit hisobidan qoplashi mumkin.
1990 yilgacha aylanma aktivlar bo’yicha normativlar o’rnatilgan. Normativ
– bu minimal miqdordagi zahiralar bo’lib, ular doimo xo’jalik sub’yektlarining oborotida bo’lishi lozim. Normativ miqdorini korxonalar o’z mablag’idan qoplashi kerak.Oxirgi yillarda xo’jalik sub’yektlarining aylanma aktivlariga normative o’rnatish ya’ni amaliyotda qo’llanilmoqda. Korxona va tashkilotlar o’zida mavjud zahira va xarajatlar summasini xomcho’p qilish asosida o’tgan davrda mavjud mablag’lar va kutilayotgan o’zgarishlarni hisob – kitob qilish yo’li bilan kreditga bo’lgan talabni aniqlaydilar.
Xo’jalik sub’yektlarining aylanma aktivlari quydagi manbalar hisobidan tashkil qilinadi:
1. Korxonaning o’z aylanma mablag’lari.
2.Bank kreditlari.
3. Kreditor qarzlar.
4. Boshqa manbalar
Xo’jalik sub’yektlari ishlab chiqarish va tovarlarni sotish jarayonini normal olib borish uchun tovar – moddiy boyliklar va ishlab chiqarish xarajatlarining minimal miqdorida o’z aylanma mablag’lariga ega bo’lishi kerak. Korxonaning o’z aylanma mablag’lari quydagi manbalarda tashkil topadi:
davlat korxonalarida byudjetdan ajratmalar hisobidan;
yuqori tashkilotlarning ajratmalari;
ta’sischilarning pay badallari;
aksiyador korxonalarda aksiyalar chiqarish va sotish yo’li bilan vujudga keladigan manbalar hisobidan.
Korxonaning o’z aylanma mablag’lari uning kapitalidan o’z ifodasini topadi. Ustav kapitali asosan foyda hisobidan yoki qo’shim cha aksiyalar chiqarish va sotish hisobidan ko’paytirib boriladi. Korxona o’z kapitalining miqdori qancha yuqori bo’lsa, uning faolyati shunchalik boshqa kreditorlarga bog’liq bo’lmaydi, ya’ni o’z aylanma mablag’larining yuqori salmog’i korxonaning moliyaviy jihatdan mustaqilligidan dalolat beradi.
Aylanma aktivlarning ikkinchi manbasi bank krediti va boshqa qarz mablag’lari hisoblanadi. Korxonaning normal faolyatini olib borish uchun o’z aylanma mablag’lari yetarli bo’lmasa oborotga qisqa muddatli bank kreditlari jalb qilinishi mumkin. Xo’jaliklar faolyatida bunday ahvol mavsumiy va vaqtinchalik zahiralar va xarajatlarni qoplash akkreditiv ochish va boshqa hisob kitoblarni amalga oshirish jarayonida va boshqa shunga o’xshash holatlarda yuzaga keladi.
Xo’jalik subektlarining aylanma aktivlarini tashkil qilishda kreditning rolini quydagilar bilan ifodolash mumkin.
1. Kreditning xo’jalik oborotida ishtirok etishi aylanma mablag’larni iqtisod qilishga olib keladi.
2. Kredit xo`jaliklar faoliyatida uchrab turuvchi mavsumiy ehtiyoj, boshqa holatlar bilan bog`liq bo`lishlarning oldini olishga yordam beradi.
3. Kredit ishlab chiqarish, tayorlov va sotish jarayonini tezlashtiradi va hajmini oshiradi.
4. Kredit o’z vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
5. Bank korxonalarga kredit berish yo`li bilan ularning faoliyatining yaxshilashga tasir ko’rsatadi.
Aylanma aktivlarning uchinchi – manbasi – kreditor qarzlardir. Kreditor qarz shaklidagi mablag`lar korxonaga tegishli bo`lmagan bo`lsada, ular korxona oborotida doimo ishtirok etadi. Shu tufayli ular aylanma aktivlarning manbai hisoblanadi. Kreditor qarzlarga quydagilar kiradi.
1. Mol etkazib beruvchilar bilan hisoblar.
2. Byudjet bo`yicha qarzlar.
3. Mehnatga haq to`lash bo`yicha qarzlar.
4. Ijtimoiy Sug`urta va ta`minot bo`yicha qarzlar.
5. Mulkiy va shaxsiy sug`urta bo`yicha qarzlar.
6. Byudjetdan tashqari to`lovlar bo`yicha qarzlar.
7. Sho`ba korxonalariga qarzlar.
8. Uyushma korxonalariga qarzlar.
9. Boshqa kreditorlar.

Download 50.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling