Reja: Aylanma mablag’lar va ularni tashkil qilishda bank kreditining roli
Mijozning kreditga layoqatliligini baholash ko`rsatkichlari
Download 50.35 Kb.
|
Aylanma mablag
Mijozning kreditga layoqatliligini baholash ko`rsatkichlari
Bankdan qarz oluvchining kreditga layoqatligini baholash muamosi hali to`liq ishlab chiqarilgan emas. Avvalo kreditga layoqatlilik termining o`zini aniqlab olish kerak. Amalda keng tarqalgan tariflardan biri xususiy shaxsning o`z to`lov majburiyatlarini toliq va o`z muddatida qaytara olishlik qobilyatiga kreditga layoqatlilik deyiladi. Kreditga layoqatlilik masalasi yetarli darajada dolzarb bo`lib, inqilobdan oldingi adabiyotlardayoq keng yoritilgan edi va keyinchalik 20-yillardagi iqtisodchilarning ilmiy ham o`rganilgan. Ular kreditga layoqatlilik deb quydagilarni tushunganlar. Qarz oluvchining nuqtai nazariga – kredit ahdnomasi tuzish, olingan qarzni (ssudani) o`z vaqtida qaytara oluvchanlikdir deb tushuniladi. Bankka tulgan o`rniga ko`ra – kredit miqdorining mijozga qanchagacha berish maqsadga muvofiqligini to`g`ri aniqlash tushuniladi. Kredit oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlovchi omilar: Qarz oluvchining es-hushi joyida bo`lishi va kredit ahdnomasini tuza olishi huquqiga egaligi; Uning xulq atvori va obro`si; Olayotgan ssudani qoplay oluvchi mulkka egaligi; Qarz oluvchining Shu mablag`ni ishlatib daromad qila olishi; Mijozning xulq atvoriga bag`ishlangan adabiyotlar inqilobgacha bo`lgan yillarda katta etibor bilan yoritilgan. Bunda kredit ahdnomasining axloqiy sifatlarini (rostgo`ylik va haqqoniylik) uning natijasi deb hisoblaganlar, shu bilan birga bu omil ish boshqarishga, o`z ishiga ustaligi, xo`jalik rahbarining iqtisodiy o`zgarishi oldindan ko`ra-olish qobilyati bilan hamda ishlab chiqarishni o`z vaqtida yo`lga qo`ya olishlik qobilyatiga belginlangan. Tabiyki kreditga layoqatlilikning eng kerakli tamoillaridan biri sifatida oliyanotgan qarz (ssuda) notarial jihatdan kafolatlangan bo`lishi kerak. Ya`ni oliy darajadagi kreditga layoqatlilik notarial jihatdan qo`zg’almas mulk kanitaliga asoslangan kredit eng ishonchli kafolat degan edi. Shunga qaramasdan o`sha davrdagi ko`pchilik iqtisodchilar kredit berish masalasida hal qiluvchi omil sifatida qarz oluvchining shu mablag`ni ishlatib undan daromad olishlik xususiyatini ko`rganlar. Bizni qiziqtirayotgan gap asosiy tushunchaga qaytadigan bo`lsak-«to`lay olishlik» va «Kreditga layoqatlilik» ta`rif berishda anchagina farq bor. Korxonaning «To`lay olishlik» qobilyati uning o`z vaqtida barcha majburyatlarini va qarzlarni to`lashi tushuniladi. Shu bilan birga kreditga layoqatlilik tushunchasi to’lay olishlik tushunchasi bilan yana boshqa omillar bilan ham farqlanadi, qaysikim olingan ssudani, mol-mulkni sotishdan tushgan tushumlar evaziga qoplash mumkin yoki kafolatlangan holda mablag`larni o`z vaqtida qaytish hisobiga ham qoplash mumkin, shuningdek qarz miqdorini sug`urtalash yo`li bilan ham to’lash mumkin. Hozirgi paytda qo`llanilayotgan kreditga layoqatlilikni baholash usullari asosan qarz oluvchi ish faoliyatining o`tgan davrdagi tarixini va uning iqtisodiy ko`rsatkichlarini ma`lum davrda qanday bo`lganligini tahlil qilishga tayanadi. Undan tashqari korxona faoliyati davrida o`z majburiyatlarini qay darajada bajarilganligi solishtirib ko`riladi va hisobotlardagi baholashning turli usullarida ma`lumotlar, daromadlar manbai, xarajatlarning o`zgarishi o`rganiladi, kreditga layoqatlilikni baholashning turli usullarda, xarajatlarning umumlashtiruvchi yagona ma`lumot bu o`tgan tadbirkorlik faoliyati davomida korxona ishidagi hisobotlardan kelib chiqqan. Bu ma`lumotlar qanchalik asosli bo`lsin ular qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlovchi asosiy omil bo`lishi uchun yetarli emas. Ma`lum davr mobaynidagi hisobotlarda ma`lumotlar ya`ni qarz oluvchining to`lovchanlik va moliyaviy barqarorlik xususiyatlari dastlabki ko`rsarkich sifatida qabul qilinadi. Auditorlik tashkilotlari tomonidan o`tkazilgan tekshiruvlar qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholash uchun asos bo`ladi. Bu tekshiruvlarning samaradorligi ularda qo`llanilgan hisobotlarga asoslanadi. Bank kreditga layoqatlilikning ball (reyting) tizimini ham qo`lashi mumkin, unda har bir koeffisientga (uning normativga yaqinligiga qarab) ballarda belgilanadi va to`plangan ballar yig`indisiga qarab mijozning, yuqori, o`rta yoki past guruh likvidlik bo`yicha ajratiladi. Mijozning reytingi bo`yicha qaysi guruhga mansubligiga qarab kredit talablarini susaytirishi kuchaytirish yoki umuman kreditlashni rad etish mumkin. Qarz oluvchi moliyaviy holatini baholash bilan birga ban uning iqtisodiy holatini, faoliyat jarayonini ishlab chiqish mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan munosobatlarini, korxona egalari bilan yo`llanma ishchilar o`rtasidagi munosobatlarni o`rganadi: Shuningdek, bank foydalanayotgan texnalogiyalar, vositalar, ularning yangiligini va raqobatbardoshliligini o`rganadi, bozorlarni egallash (yoki taxtashi) imkoniyatlarini va boshqalarni baholaydi. Hujjatlarni tahlil qilish bilan birga bank xodimlari mijozni «joylarga» borib tekshirish, mijozning ish joyini tartibi va tashkil etishi bilan tanishishi maqsadga muofiq. Keyingi paytlarda, ayniqsa iqtisodiy rivojlangan davlatlarda bank mijozlarning ma`naviy-axloqiy sifatiga tobora ko`p e`tibor bermoqda. Bu sifatlarning yetarli darajada aniq baholash imkonini beruvchi sifatlar va usullar yaratildi. Ana shunday testlardan biri «qizil signaler tizimi»dir. U xorijiy banklarning tajribalarini ko`rsatishicha mijozlarning ishonchligini aniqlashga imkon beradi. I. Qarz oluvchi tarixidan signallar: «qizil signallar tizimi to`g`risida qisqacha to`xtalamiz bu tizim qarz oluvchining faoliyatiga baho beruvchi bir necha bo`limlardan iborat. Yaqin o`tmishdagi moliyaviy noqobilligi. Qarzni oluvchi ma`lumotlaridagi nomutonosibliklar va qarama – qarshiliklar. II. Qarz oluvchi boshqarishga doir «signallar» qarz oluvchining ishonchli aloqalari mavjud hamkorni qidirmoqda. Boshqaruvchining past ma`naviy sifatlari Boshqarish uchun xodimlar, oila a’zolari mavjud hamkorni qidirmoqda. Boshqarishdagi tez-tez o`zgarishlar . Boshqaruvchining hovliqma xarakteri Boshqarivchining kreditlash jarayonini tezlashtirishga xarakat qilishlar III. Aylanma aktivlar ishlab chiqarish faoliyatini aks etuvchi «signallar» Mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar qatorining farqlari. Qarz oluvchining o`z debitorlari ustidan nazorati susayganligi. Qarz oluvchining bugungi kunda muamolarini boshidan kechirayotgan sohaga tegishligi. Balansning aktiv va passiv moddalari bo`yicha mutanosibligi. IV Kreditlashga tegishli «signallar» Qarz oluvchining kredit maqsadini aniq ko`rsatmaydi. Qarz oluvchida qarzni to`lash bo`yicha aniq dastur yo`q. Kreditni to`lash bo`yicha zahira mablag’lar yo`q. Qarz oluvchi maqsad-mohiyati ta`minotga ega emas . Qarz oluvchining kredit savolnomasi yomon asoslangan qarz oluvchi bir vaqtning o`zida ham aktivlari, ham umumiy kapital gavoriga ssuda olishi mo`ljallagan Kredit bevosita qiymat tashkil etuvchi ishlab chiqarish jarayoniga emas balki muomala sohasiga yo`naltirilgan Kreditni qaytarish mudati to`liq asoslangan. V. Berilgan normalardan chetlashish «signallari» O`z xo`jalik faoliyati bo`yicha hisob ma`lumotlarini taqdim etish davriyligidagi buzilishlar. Bank hisob varaqalarini yuritishdagi normalardan chetlashishlar. Kreditlash qayta ko`rilishi: Kreditni qaytarish sxemasidagi, o`rganishlar; ssudani cho`zish bo`yicha iltimoslar. Xo`jalik faoliyati moliyaviy ko`rsatkichlarni rejada farqlanishi. Qarz oluvchining mahorati va hisob tizimlarida chetlanishlar . Kreditga layoqatlilikni baholash bilan birga bank kreditdan foydalinishning iqtisodiy samarodorligini ham tekshiradi. Buning uchun qarz oluvchi kredit olishdan maqsadini tasdiqlovchi hujjatlar ko`rib chiqiladi. Bank qarz oluvchining maqsadini realligini va haqiqiyligini, ularni ( talab, taklif, sifat, va miqdor narxi raqobatchilarning qarshiligi va boshqa ko`rsatkichlari bo`yicha) shakllanayotgan bozor konyukturasiga mos kelishini baholaydi. Shu bilan birga ban mijoz kredit so`ragan faoliyati turi bo`yicha daromad va xarajatlarni solishtiradi. Bank kreditdan foydalanish natijasida mijozning o`z harajatlarini qoplash va kreditning qaytarishga yetarli daromad olishga imkon bo`lishi lozim. Ana shunday baholashlarga assosan bank kredit berish (yoki uni rad etish) to`g`risida qaror qabul qiladi. Mijozning kreditga layoqatliligiga qarab bank kredit bo`yicha foiz, muddat va summasini o`zgartirishi mumkin. Bu parameter qarz oluvchi bilan muhokama etiladi va kredit shartnomasida belgilab qo`yiladi. Ko`rib chiqqanimizdek, turli mamlakatlarda kreditga layoqatlilikni aniqlashda turlicha yondoshuvlar bo`lsa, ularning asosiy maqsadi bank tomonidan berilgan kreditning samarali ishlatilishi va ularning o`z vaqtida bankka qaytib berilishini ta`minlashdan iborat. Xulosa Xulosa qilib aytganda hozirgi kunda aylanma mablag’lar korxona mulkining asosiy qismi hisoblanadi. Uzluksiz ishlab chiqarishini ta`minlash uchun asosiy ishlab chiqarish fondlaridan tashqari mehnat qurullori va materiallar resurslar ham kerak bo`ladi. Ishlab chiqarish vositalari bilan birgalikda mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadi va uning qiymatini belgilaydi. Korxonaning yetarli miqdordagi aylanma mablag`larning korxonaning normal ishlashining asosiy omillaridan birdir va bozor iqtisodiyotining asosiy shartidir .Shuning uchun korxonada asosiy shartidur. Shuningdek, aylanma mablag`lardan foydalanishni boshqarish ham asosiy shart hisoblanadi. Aylanma mablag`larning iqtisod qiluvchi va ularni boshqaruvchi shart sharoitlarini tashkil etish bir qator ijobiy samaralarni beradi. O`zining va boshqalarning aylanma mablag`laridan samarali foydalanuvchi korxona ratsional iqtisodiy ko`rsatkichga erishishi mumkin. Shuning uchun ham bu mavzuni ilmiy jihatdan o`rganish juda ham aktualdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo`jalik subektlarining, banklar faoliyatining tijoratlashuvi yuzaga keladi. Keyingi yillarda turli korxonalar qaysi mulkchilik shakliga asoslanganiga qaramasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil bo`lgan korxonalarda qo`shimcha pul mablag`lariga ehtiyoj yuzaga keladi va bu ehtiyoj zarur bo`lganda bank kreditlar hisobidan qoplanishi mumkin. Shu sababli, bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit va uning muhim elementlaridan biri kreditga layoqatlilikni baholashning o`rni va roli muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki banklar bozor munosabatlarining mustaqil subektlaridan biri bo`lib iqtisodiy jihatdan faoliyat natijalari uchun o`zlari javobgor hisoblanadilar. Banklarning maqsadi ham korxonalarning o`xshash bo`lib, ular o`z xarajatlarini o`z daromadlari hisobidan qoplab yuqori foyda olishga intiladilar. Korxonaning kreditga layoqatliligini o’rganish tijorat bankiga kredit berish mumkinligini aniqlashga, uning miqdorini, foiz stavkasining darojasini belgilashga imkon beradi. Kreditga layoqatlilikni baholash korxonaning o`zi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu ko`rsatkichlarining tahliliga asoslanib ular mol yetkazib beruvchilar va boshqa banklar bilan o`zaro munosabatlarini o`rnashtirishlari mumkin. Mijozning kreditga layoqatliligini tekshirishning boshqa usullari ham mavjud. Mijozning kreditga layoqatliligi asosida mijozning faoliyatini xarakterlaydigan zarur axborotlarni yig’ish yotadi: AQSH va boshqa g`arb mamlakatlarida mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda banklar uchun maxsus huquqiy norma va qonunlar mavjud. Mijozlar hisobotlarini banklar tomonidan tahlil qilish ikki xil ko`rinishga ega: ichki va tashqi ko`rinishga ega. Tashqi tahlil shu qarz oluvchi faoliyatini boshqalar bilan solishtirishdan iborat. Ichki tahlil esa moliyaviy hisobotlarning turlicha qismlarini ma`lum vaqt oralig`ida solishtirishdan iboratdir Download 50.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling