Reja: «Badiiy tahlil asoslari» fanining maqsadi vazifalari
Download 22.42 Kb.
|
BADIIY TAHLILNING TAMOYILLARI VA YO\'NALISHI
«Badiiy tahlil asoslari» kursining maqsadi filolog mutaxassislarni badiiy asar bilan professional darajada ishlashga oʼrgatishdan iboratdir. Badiiy asarlarni tahlil qilish borasida yetarli malakaga ega boʼlmaslik oliy filologik taʼlimni samarasiz qiladi. Badiiy asar tahlili juda qadim zamonlardan buyon fikr egalarining diqqatini tortib kelgan. Turli davrda yashagan, har xil maqom va darajadagi olimlar badiiy tahlilning mohiyati va unga xos xusu-siyatlarni tasniflab, ushbu tushunchaga taʼrif berishga urinib kelishgan. Miloddan toʼrt ming yillar oldin hind manbalarida bir adabiy matnni ming xil tushunish mumkinligi aytiladi. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Аhmad Taroziy, Navoiy, Bobur singari turkiy mutafakkirlarning asarlarida badiiy tahlilga islomiy-turkiy dunyoqarash asosida yondashuv namoyon boʼlgan.Bundan oʼttiz yillar oldin kuyunchak oʼzbek adabiyotshunos olimlari oliy oʼquv yurtiga kirish uchun yozilayotgan insholarning bir xilligidan norozi boʼlib va bu holatni oʼzgartirishga urinishib matbuotda qator chiqishlar qilgan edilar. Yaxshi niyatda qilingan bu harakatlarning samara keltirmasligi oldindan aniq edi. Negaki, respublikadagi barcha maktablardagi adabiyot saboqlarida badiiy asarlar yagona qolip asosida tahlil qilinadigan oʼsha vaqtlarda insholarning bir xil boʼlmasligi mumkin emasdi. Insholarning bir xilligi oʼquvchilar bir xil fikrlashining emas, balki adabiyot oʼqitishning bir xil fikrlashni, demakki, amalda fikrlamaslikni talab qiladigan tarzda yoʼlga qoʼyilishi oqibati edi. Аfsuski, maktab adabiy taʼlimida bu hol hozirga qadar ham davom etib kelmoqda.
Download 22.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling