Reja: Baholash, baholashning didaktik maqsadi va vazifalari
Download 1.3 Mb.
|
5-1
Gipoteza umumiy nazariya doirasidagi ilmiy bashoratni tavsiflaydi. Bu shuni anglatadiki, gipotezani tuzish dastlabki bazaviy nazariya va u asosida tadqiq etilayotgan ob’ektlarning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirishning ochilgan qonuniyatlari hamda sabab-oqibat aloqalarini tashkil etadi. Gipoteza darajasida harakatlarning umumiy qonuniyatlarini ifodalovchi ushbu ob’ektlarning sifat jihatidan tafsiloti beriladi. Shuningdek, gipoteza shakllantirish barobarida bashorat (prognoz)ni ham shakllantirish zarur.
Bashorat gipotezadan farqli o‘laroq yanada yuqori aniqlikka ega, chunki nafaqat sifat o‘lchamlariga, balki miqdoriy o‘lchkamlarga asoslanadi, shu bois ob’ektning kelajakdagi holatini miqdoriy jihatdan ham tavsiflashga imkon beradi. Bashorat aniq amaliy nazariya darajasida bashoratlashni nazarda tutadi. Shunday qilib, bashorat gipotezadan noaniqlik darajasi past hamda yuqori darajali haqqoniyligi bilan farq qiladi. Shu bilan birga bashoratning tadqiqot qilinayotgan ob’ekti, hodisa bilan bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi mavjud emas: bashorat ehtimollik tavsifiga ega bo‘ladi. Gipotezani amalga oshirish va bashoratda ko‘zda tutilgan natijaga erishish uchun tadqiqotning rejasi tuziladi. Reja aniq muayyan maqsadlarni qo‘yish va tadqiq etilayotgan ob’ektning aniq hodisalarini bashoratlashni ko‘zda tutadi. Unda belgilangan vazifalarga muvofiq tarzda rivojlanishning yo‘llari va vositalari qayd etiladi, qabul qilingan boshqaruv qarorlari asoslanadi. Uning eng asosiy farq qiluvchi jihati - topshiriqning aniqligi va ko‘rsatmali ekanligidadir. Shunday qilib, rejada bashoratlash yanada aniq holda namoyon bo‘ladi. Bashorat kabi reja ham aniq amaliy nazariya natija va yutuqlarga asoslanadi. Bashoratlash shakllari o‘z mohiyatiga ko‘ra boshqarish va rejalashtirish tizimida bir-biri bilan va tadqiq etilayotgan ob’ekti bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘lib, ob’ektning o‘zining aniqliligi bilan istiqboldagi harakatlarini bilish bosqichlarining ketma-ketligini ifodalaydi. Ushbu jarayonning dastlabki qadami – ob’ektni u uchun yangi belgilangan holatiga o‘tkazish rejasini tuzish hisoblanadi. Buning uchun eng muhim vositasi umumilmiy bashoratlash va reja o‘rtasida bog‘lovchi zanjir sifatida ishtirok etuvchi bashorat xizmat qiladi. Gipoteza umumiy tavsilotiga ega bo‘lsa ham, usiz hech qanday ilmiy boshqarish va rejalashtirishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Gipoteza ushbu jarayonga ta’sir etib, uni tuzish uchun muhim axborot manbasi hisoblanadi. Ko‘p holatlarda gipoteza bevosita rejalarni ishlab chiqishda ham huddi shu vazifa o‘quv modulini bajaradi. Rejalashtirish bilan bashoratlash bir biri bilan chambarchas bog‘liq. Reja va bashorat o‘z mohiyatiga ko‘ra rejaning ijtimoiy ishlab chiqarishini boshqarishda yetakchi bug‘in sifatida hal qiluvchi rol uynayotgan sharoitda bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi rejalashtirish bosqichlarini ifodalaydi. Bunda bashorat mavjud amaliyotning istiqbolda rivojlanish imkoniyatlariga qaratilgan omil sifatida xizmat qiladigan bo‘lsa, bashoratlash - rejalarni ishlab chiqish dastagi sifatida namoyon bo‘ladi. Bashoratlashtirish jarayonida, bashorat uchun kerakli bo‘lgan topshiriqlarni ishlab chiqish, har tomonlama bashoratlashtirish ob’ekti tahlilini amalga oshirish shart. Ushbu analiz ob’ektning aniqlanishi va tadqiqot predmetini, uning bashoratlashtirish maqsadi va vazifasini, tashqi manbalarga bog‘liqligini, tuzilishini, ishlash mexanizmi hamda ular ustidan boshqaruv kabilarni o‘zida mujassam etadi. Rasmiy nuqta’i nazardan qaraganda, ob’ektni izchil tadqiq qilish – optimal alternativ tanlovni amalga oshirishga hamda ob’ektni boshqaruvchi alternativ ta’sirlarning namoyon bo‘lishiga, shuningdek, uning kelgusi korreksiyalangan modellarining tuzilishiga olib keladi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling