Reja: Baholash, baholashning didaktik maqsadi va vazifalari
Download 1.3 Mb.
|
5-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Keng qamrovlilik.
- 5. Tabaqalashgan yondashuv.
1. Muntazamlilik. Nazorat va baholash ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismi sifatida barcha o‘qitish shakllari: ma’ruza, laboratoriya, amaliy va seminar mashg‘ulotlarda talabalarning o‘quv faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holda muntazam ravishda tashkil etiladi.
2. Beg‘arazlilik. Nazorat va baholash o‘qituvchining talabalarni chuqur o‘rganmasdan, taxminiy va sub’ektiv fikrlarga asoslanib, yuzaki mulohaza yuritib, noto‘g‘ri xulosa chiqarishini inkor etgan holda talabalar bilimiga to‘g‘ri, shaffoflik, beg‘arazlik bilan, xolisona, aniq fikrlarga asoslanib baho berishni talab etadi. Nazorat va baholash o‘quv jarayonining ma’lum bosqichidagi ma’lum dastur bo‘yicha talabalarning olgan haqiqiy bilimlarini belgilaydi. 3. Keng qamrovlilik. Nazorat va baholash belgilangan dasturning barcha bo‘limlarini qamrab oladi va talabaning nazariy bilim, ko‘nikma, malaka, aqliy va intellektual salohiyati, kompetensiyalarining sinovini ta’minlaydi. 4. Individuallilik. Nazorat va baholash har bir talabaning bilim darajasini hamda uning o‘quv faoliyati, individual xususiyatlarini kuzatish, o‘rganish imkonini beradi. Individual mustaqil nazorat va baholash ishlaridan doska oldida javob berishdan tortinadigan, dadil javob bera olmaydigan, jur’atsiz talabalar uchun foydalanish maqsadga muofiq bo‘ladi. Bunday holatlarda talaba o‘ziga topshirilgan funksiyani yaxshi bajarganini ochiq-oydin muhokama qilish bilan talabani qo‘llab-quvvatlash uning o‘z kuchiga ishonchini orttiradi. 5. Tabaqalashgan yondashuv. Nazorat va baholash jarayonida modulning, shu modul bo‘limlarining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi, bu xususiyatlardan kelib chiqqan holda nazorat va baholashning turli usullari qo‘llanadi. Bu esa nazorat va baholashning alohida olingan bir usulidan foydalanishda kelib chiqadigan kamchiliklarning yuzaga kelishini bartaraf etadi. 6. O‘quv moduliga tayyorgarlik darajasiga bo‘lgan talablarni hamda talabalarni har tomonlama o‘rganib chiqish asosida nazorat va baholash o‘tkazuvchilar tomonidan nazorat va baholash natijalariga qo‘yiladigan talabning yagonaligi ta’minlanadi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling