Reja: Baholash, baholashning didaktik maqsadi va vazifalari
Download 1.3 Mb.
|
5-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv maqsadlari O‘quv maqsadlarining mazmuni Mashg‘ulotdagi nazorat turi
- TALABALARNING BILISH O‘QUV MAQSADIGA ERISHILGANLIK DARAJASINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHDA FOYDALANILADIGAN NOSTANDART TEST TOPSHIRIQLARI
- 1. To‘qimalar turlarini aniqlang va jadvalga har bir rasm ostiga mos raqamlarni yozing.
4. Modul bo‘yicha belgilangan o‘quv maqsadlarini mavzularning mazmunini e’tiborga olgan holda mashg‘ulotning o‘quv maqsadlarini aniqlang. .............................................kursdan 1-modul tarkibidagi ..................... mavzu bo‘yicha o‘quv maqsadlari 3-jadval
Mazkur amaliy mashg‘ulotda tinglovchilar berilayotgan namunalar asosida o‘zlari o‘qitadigan o‘quv moduli mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quv taksonomiyasi talablariga muvofiq nostandart test topshiriqlarini shakllantirish talab etiladi. Quyida ta’lim sifatini ta’minlashda talabalar bilimini baholash metodikasi jarayonida foydalanish uchun tavsiya etiladigan nostandart test namunalari berilmoqda. Fan o‘qituvchilari kredit-modul tizimida talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch va fanga doir xususiy kompetensiyalarini Reyting tizimiga muvofiq joriy, oraliq, yakuniy nazorat orqali baholaydi. Ushbu jarayonda nazorat topshiriqlari B. Blum taksonomiga muvofiq shakllantirish maqsadga muvofiq. Quyida B. Blum taksonomiyasiga binoan bilish, tushunish, amalda qo‘llash, tahlil, sintez va xulosa o‘quv maqsadlariga erishish darajasini aniqlashga oid topshiriqlardan namunalar berilmoqda. TALABALARNING BILISH O‘QUV MAQSADIGA ERISHILGANLIK DARAJASINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHDA FOYDALANILADIGAN NOSTANDART TEST TOPSHIRIQLARI Talabalarning bilish o‘quv maqsadiga erishganligini nazorat qilishda ular muayyan mavzu bo‘yicha ma’lumot va axborotlarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadga muvofiq. Buning uchun talaba mavzu bo‘yicha ob’ektlarni aniqlashi, ularga ta’rif berishi, ma’lumotlarni qayta ishlari, o‘z fikrini bayon etishi, muayyan jarayon, ob’ekt yoki voqeaning mohiyatini tushuntirishi, mazkur jarayon, ob’ekt yoki voqeaning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Ushbu fikrlarni standart o‘quv va test topshirig‘i bilan amalga oshirib bo‘lmaydi, bilish o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini aniqlashda quyidagi rasmli va ko‘p javobli nostandart testlardan foydalanish tavsiya etiladi. Mazkur test topshiriqlari tahsil oluvchilarning o‘zlashtirgan nafaqat bilimlarini balki ob’ekt va uning qismlarini tanish, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash ko‘nikmalarini nazorat qilish va baholash jarayonini haqqoniy va odilona amalga oshirish imkonini beradi. 1. To‘qimalar turlarini aniqlang va jadvalga har bir rasm ostiga mos raqamlarni yozing. 1) silliq tolali muskul; 2) ko‘ndalang yo‘lli muskul; 3) kubsimon yepiteliy; 4) neyron; 5) yurak muskuli; 6) suyak; 7) yasssi yepiteliy
Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling