Reja: Bank faoliyatini axborotlashtirish tamoyillari. Bank elektron tizimiga qo’yiladigan talablar. Axborot texnologiyalarining hayotiylik sikli. Bank elektron tizimining axborot ta’minoti. Bank elektron tizimlarining texnik ta’minoti
Paket rejimida echiladigan iqtisodiy masalalar quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi
Download 132 Kb.
|
1559554511 74366.doc yodgor
Paket rejimida echiladigan iqtisodiy masalalar quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi:
masala echish algoritmi shaklga solingan, uni echish jarayoni inson aralashuvini talab qilmaydi; kirish-chiqish ma’lumotlarining ulkan hajmi mavjud, ularning salmoqli qismi magnit tashuvchilarda saqlanadi; hisoblash kirish fayllarining ko’pchiligi uchun bajariladi; masala echishning ko’p vaqt olish ma’lumotlarning katta hajmliligi bilan shartlangan; reglamentlilik, ya’ni masalalar berilgan davriylik bilan bajariladi. Muloqot rejimi paket rejimi muqobili emas, balki uning taraqqiysi hisoblanadi. Agar paket rejimini qo’llash masala echish jarayonida foydalanuvchi aralashuvini kamaytirishga imkon bersa, muloqot rejimi ma’lumotlarni qayta ishlash operatsiyalarining qat’iy belgilangan ketma-ketligi yo’q bo’lishini taqazo etadi. Foydalanuvchilar o’rtasida EHM resurslarini taqsimlash usullaridan biri vaqt bo’linishi rejimi sanalib, unda o’ta kritik resurs – protsessor vaqti kvantlarga bo’linadi va har bir foydalanuvchiga protsessor vaqti kvanti beriladi. Vaqt kvanti kattaligi, kompyuter tezkorligi, tizimda ishlaydigan foydalanuvchilar miqdori va dasturlar murakkabligi har bir foydalanuvchi uchun o’z vazifasi tezkologini sub’ektiv his qilishga imkon beradi. Ayni vaqtda foydalanuvchi tizimning barcha resurslariga kirish imkoniga ega bo’lib, boshqa foydalanuvchilar ishini kuzatadi. Vaqt bo’linishiga ega tizimlar on-line tizimlarning toifalaridan biri sanaladi. Unda foydalanuvchi EHMga (markaziy protsessorga) to’g’ridan-to’g’ri kira oladi va dastur bajarilishi jarayonini boshqarishi, ma’lumotlar hamda ularga javob olishi mumkin. On-line rejmini ko’pincha axborotlarni markazlashgan qayta ishlashga ega tizimlarda amalga oshirish oson. Bu holatda foydalanuvchilar bir operatsion tizim boshqaruvi ostida bo’lgan va bir EHM singari ishlayotgan hisoblash majmuasiga yoki EHMning o’ziga bevosita kirishga ega bo’ladi. Bunda foydalanuvchilarning umumiy baza bilan ishlashni tashkil etish kifoya. Ma’lumotlar bir butunligini nazorat qilish, ularni majmua personali tomonidan amalga oshiriladigan saqlanishi va tiklanishi soddalashadi. Ayni vaqtda markazlashgan qayta ishlash har bir foydalanuvchi bilan aloqaning real va virtual kanalini, agar o`ngacha masofa minglab kilometrni tashkil etsa ham, ta’minlovchi sifatli kommunikatsiya tizimini talab etadi. Boshqa, teskari variant taqsimlangan qayta ishlash sanalib, unda bir-biridan o`zoqlikda joylashgan EHMlardan iborat taqsimlangan hisoblash texnikasida amalga oshiriluvchi ma’lumotlar qayta ishlanadi. Ular turli operatsion tizimlar va bir OTning turli nushalari boshqaruvida bo’lib, o’zaro aloqa ma’lumot uzatish tarmog’i bo’yicha xabarlar almashish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday tizim foydalanuvchilarini bir ma’lumotlar bazasiga kirishini tashkil etish va bu baza dolzarbligini ta’minlash markazlashgan qayta ishlash holatiga qaraganda murakkabroq muammoni o’zida aks ettiradi. Ikkala turdagi tizimlar uchun transaktsiya tushunchasi dolzarb. Transaktsiya qisman bajarilishi kerak bo’lmagan bir yoki bir nechta ma’lumotlar bazasidagi o’zgarishlar bilan bog’liq jarayon. Agar jarayonni bajarilishi borishida uskunaning ishdan chiqishi yoki boshqa sabablar tufayli o’zgarishlar to’liq hajmda kiritila olinmasa, u holda ma’lumotlar bazasi boshlang’ich holatga qaytarilishi lozim. Ma’lumotlar bazasining ixtiyoriy oraliq holati zid bo’ladi. Transaktsiya tushunchasi moliyaviy axborotni qayta ishlashda ayniqsa muhim. Masalan, bank tizimida muayyan summani biridan boshqa hisobga ko’chirish transaktsiya hisoblanadi. Mijoz bilan do’konda plastik karta bo’yicha hisob-kitobda kompyuter avtorizatsiyasi jarayoni ham transaktsiyaga misol bo’la oladi. Bank va boshqa sho`nga o’xshash tizimlar mahsuldorligi ko’pincha vaqt birligida transaktsiyalar miqdori bilan o’lchanadi. Zamonaviy operatsion tizimlar transaktsiyalarni qayta ishlash mexanizmini ham o’z ichiga oladi. So’nggi vaqtlarda mukammal va kuchliroq bo’lgan “mijoz-server” texnologiyasi “fayl-server” texnologiyasini almashtirdi. U bir foydalanuvchili tizim afzalligini (muloqot dialogi qo’llab-quvvatlanishining yuqori darjasi, do’stona interfeys, past narx) yirikroq kompyuter tizimlari afzalligi bilan (ma’lumotlar yaxlitligini saqlash, ularning himoyasi, ko’p vazifalik) qo’shimcha imkon berdi. “Mijoz-server” texnologiyasining asosiy g’oyasi shundan iboratki, serverlar kuchli mashinalarga, mijozlar ilovalari esa uncha kuchli bo’lmagan mashinalarga joylashtiriladi. Bazaga murojaat ma’lumotlarni jismoniy bo’linishi emas, balki mantiqiy bo’linishiga asoslangan. Ya’ni server mijozlarga bazaning to’liq nusxasini emas, balki mantiqan zaruriy portsiyalarni jo’natadi va bu bilan tarmoq trafigini qisqartiradi. Texnik platformaga bog’liqlikda “mijoz-server” texnologiyasini amalga oshirishning turli variantlarini ko’rib chiqamiz. Avtonom kompyuterga yo’naltirilgan “mijoz-server” texnologiyasi, ya’ni mijoz va server bir EHMga joylashtirilgan. Funktsional imkoniyatlari bo’yicha bunday tizim markazlashtirilganga o’xshash. Na taqsimlangan ish, na taqsimlangan MBBT qo’llab-quvvatlanmaydi. “Mijoz-server” texnologiyasi markazlashgan taqsimotga yo’naltiriladi. Bu texnologiyadan foydalanganda mijoz berilgan yagona masofadagi serverga kirish uchun ruxsat oladi. Ma’lumotlarni faqat o’qish mumkin, ma’lumotlarga dinamik kirish masofaviy transaktsiya va so’rovnomalar vositasida amalga oshadi. Ularning soni tizim samaradorligi pasaymasligi uchun katta bo’lmasligi lozim. Lokal hisoblash tarmog’iga yo’naltirilgan “mijoz-server” texnologiya. Bu texnologiya quyidagi xususiyatlar bilan harakterlanadi: bazaga kirishni yagona server ta’minlaydi; mijoz ma’lumotlarni mazmuniy qayta ishlashga javob beruvchi jarayonni, ularning taqdimoti va bazaga mantiqiy kirishni shakllantiradi; mijoz va server lokal tarmoq orqali bog’langani uchun ma’lumotlar bazasiga kirish sekinlashadi. “Mijoz-server” texnologiyasi ma’lumotlarni bir joyda o’zgartirishga yo’naltirilgan. Bu texnologiya qo’llanilgan holatda taqsimlangan transaktsiya qayta ishlanishi amalga oshadi; masofaviy server EHM tarmog’i bilan o’zaro bog’lanmagan, ya’ni server koordinator yo’q; mijoz ma’lumotlarni faqat o’zining lokal bazasida o’zgartirishi mumkin; 1) “ajal og’ushi” xavfi yo`zaga keladi, ya’ni shunday vaziyat keladiki, A masala V masala tomonidan blokirovkalangan yozuvni kutadi. V masala esa A masala tomonidan blokirovkalangan yozuvni kutadi. Shuning uchun taqsimlangan MBBT zid so’rovnomalar ustma-ust tushishini nazorat qiluvchi vositaga ega bo’lishi lozim. Ma’lumotlar taqsimoti bo’laklash metodi bilan amalga oshadi. Bir necha joyda ma’lumotlar o’zgarishiga yo’naltirilgan “mijoz-server” texnologiyasi. Oldingi texnologiyalardan farqli ravishda bu erda server-koordinator mavjud bo’lib, turli serverlar o’rtasida ma’lumot uzatilishi protokolini yuritadi. Turli masofaviy serverlarda taqsimlangan transaktsiyalarni qayta ishlash mumkin. Bu taqsimlangan MBBT ishlab chiqishga manbalar hosil qiladi. MBBT yordamida nushalarni uzatish yo’li bilan aralash taqsimlash strategiyasi amalga oshadi. Taqismlangan MBBTga yo’naltirilgan “mijoz-server” texnologiyasi. U qayta urish va ikkilantirish strategiyasini ta’minlaydi, ma’lumotlarga yanada tezkor kirishga imkon beradi. Taqsimlangan MBBT mijozning server joylashuvidan, musatqilligini, global optimallashtirish, baza yaxlitligining taqsimlangan nazorati, taqsimlangan ma’muriy boshqaruvni ta’minlaydi. Bank elektron tizimi uchun texnik platforma tanlashda quyidagi parametrlarni hisobga olish maqsadga muvofiq: standart testlar bilan mutanosiblikda EHM mahsuldorligi; operativ va disk xotirasi resurslari; texnik platforma darajasida rezervlash imkoniyati; yagona protsessorga asoslangan shu EHM oilasi mavjudligi; joriy yilda EHMning ushbu modelini xorijiy va Rossiya banklari tomonidan sotib olinganligi haqida axborot mavjudligi; “narxlar mahsuldorlik” va sekundiga transaktsiyalar miqdori nisbatiga oid ma’lumot mavjudligi; harid qilib bo’lingan dasturiy ta’minot bilan apparat va dasturiy ta’minot darajasida mutanosibligi; ishlab chiqaruvchi firmada servis-markaz va unda xizmat ko’rsatish sharoitlari mavjudligi; o’qitish markazlari mavjudligi va ularning tashkiliy va moliyaviy nuqtai nazardan ommabopligi; ishlab chiqaruvchi firmaning barqaror texnik va moliyaviy holati. Bank elektron tizimlari super EHMini EHM platformasiga yoki lokal tarmoqlarni qo’llagan holda EHMga joylashtirilishi mumkin. Download 132 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling