2-МАВЗУ. БАНКЛАРДА БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИНИ
ТАШКИЛ ҚИЛИНИШИ
РЕЖА:
Банкларда бухгалтерия хисобини ташкил қилишнинг меъёрий-ҳуқуқий асослари ва ўзига хос хусусиятлари.
Банкларда бухгалтерия аппаратининг тузилиши.
Бухгалтерия ходимларининг ҳуқуқ ва мажбуриятлари.
Тижорат банкларида бухгалтерия хисобининг хисобварақалар режаси, унинг тузилиши ва асосий бўлимлари тавсифи.
Банк баланси ва унинг тузилиши.
2.2.-MAVZU: TIJORAT BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING YURITISH VA MOLIYAVIY HISOBOTNI TUZISH
Reja
2.2.1.Hisoblash usuli bo’yicha hisobni yuritish. 2.2.2. Hisobot jarayoni: moliyaviy hisobotlar.
2.2.3. Bank balansi va uning tuzilishi.
2.2.1. Hisoblash usuli boʼyicha hisobni yuritish.
Hisoblash qoidasi. Hisoblash qoidasiga asosan aktivlar, passivlar, o’z kapitali, daromadlar, xarajatlar, xo’jalik muomalalari va hodisalar sodir etilgan paytda buxgalteriya hisobida ko’rsatiladi, ular bo’yicha pul mablag’lari yoki ularning ekvivalenti olingan yoki to’langan vaqt bundan mustasno.
Buxgalteriya yozuvlari hisobda hisoblash tamoyilidan foydalanilgan holda, xo’jalik muomalalarining sodir bo’lish vaqtida amalga oshiriladi. Bu tamoyilga muvofiq, mahsulot xaridorga berilgandan keyingina realizatsiya qilingan hisoblanadi, ya’ni yuklangan (tushirilgan) mahsulotning qiymati realizatsiyadan olingan tushum hisoblanadi.
Ijara haqi o’zi to’lanishi lozim bo’lgan davrdagi xarajat sifatida ijarachining buxgalteriya registrlarida mos ravishda aks ettirilishi lozim. Shunday qilib, hisoblash tamoyili sub’ektning daromadlari va xarajatlari tegishli bo’lgan kelib tushish sanasidan qat’iy nazar, hisobot davrida aks ettirilishini bildiradi.
Moliyaviy hisobot, pul oqimlari to’g’risidagi hisobotdan tashqari, hisoblash qoidasi asosida tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |