Reja: Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati
Download 0.57 Mb.
|
Bank buxgalteruyasi hisobi
Kirim kassa jurnali_________Bank kodi
Kirim kassa jurnalida bir necha mijozning kirim kassa operatsiyalari qayd etiladi. Chiqim kassa jurnalining ham ko‘rinishi shunday bo‘lib, unda chiqim kassa hujjati sanasi, nomeri va seriyasi ko‘rsatiladi. Kassa jurnallari dasturiy yo‘l bilan alohida kassa kirimi va chiqimi bo‘yicha ikki nusxada tuziladi. Balans hisobvarag‘i va butun jurnal bo‘yicha yakunlar chiqariladi. Yakunlar kassa ma’lumotlari bilan taqqoslangandan so‘ng birinchi nusxalar Yordamchi kitob ma’lumotlarini Bosh daftar ma’lumotlari bilan taqqoslash, shuningdek, kirim va chiqim hujjatlarini taqqoslash uchun ishlatiladi. Operatsion kun tugagandan so‘ng, ular yig‘majildga, ya’ni alohida papkaga tikilib, har kuni hujjatlarni arxivga topshirishga tayyorlovchi xodimga taqdim etiladi. Bank asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, materiallari sotib olinganda ularning har biri bo‘yicha alohida kartochka ochib, qabul qilish sanasi, summasi, hisoblanib borilayotgan eskirish summasi, ularning qoldiq summasi, ya’ni balans qiymati kabilar ko‘rsatib boriladi. Ushbu kartochkadagi ma’lumotlar asosida moddiy boyliklar haqida batafsil axborot olish mumkin bo‘ladi. Shunday qilib, biz Yordamchi kitob orqali moddiy boyliklar, mablag‘larni konkret ko‘rinishda hisobga olinishi, mablag‘ va moddiy boyliklar bo‘yicha hisobkitoblarni nomma-nom turi bo‘yicha alohida olib borilishi bilan tanishib chiqdik. 3. Sintetik hisob (bosh kitob) va uning tavsifi. Bosh kitob banklarda umumlashgan hisob haqida axborot berib, bank moliya hisobotlarida ko‘rsatiladigan hisobvaraqlar guruhi bo‘lib hisoblanadi. Bosh kitobga yanada to‘liqroq ta’rif beradigan bo‘lsak, Bosh kitob balans hisobvaraqlari bo‘yicha Qo‘shimcha kitob ya’ni tavsiliy hisobvaraqlari ma’lumotlari to‘plamidir. Bosh kitob ham Qo‘shimcha kitob kabi bir qator materiallar asosida yuritiladi. Bosh kitob materiallari quyidagilar hisoblanadi: hisobvaraqlar qoldiqlarining kunlik balansi; balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar haqidagi jamlama ma’lumotlar; oylik hisobot balanslari; choraklik va yillik saldo aylanma -saldo qaydnomalari. Bulardan tashqari bosh buxgalterning xohishiga ko‘ra, emissiya-kassa operatsiyalari, xorijiy operatsiyalar, shuningdek, “kutilmagan vaziyatlar” hisobvaraqlari bo‘yicha jamlama kartochkalari yuritilishi mumkin. Har bir Bosh kitob materiallarini alohida ko‘rib chiqamiz. Ma’lumki, bankda balans har kuni tuziladi. Balansning har ikki aktiv hamda passiv qismlarining o‘zaro tengligi bank ishi kuni yakunlanganligini bildiradi. Bosh kitobning barcha materiallari qatori kundalik balans hozirgi kunda bankda dasturiy yo‘l bilan komputer yordamida tayyorlanadi. Kunlik balans quyidagi shaklda tuziladi: 4 -jadval. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling