Reja: Basketbol o’yini tarixi


Basketbol o’yini qoidalari


Download 121.71 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi121.71 Kb.
#1446671
1   2   3
Bog'liq
Ismailov Anvar I.I.TARIXI MUSTAQIL ish

Basketbol o’yini qoidalari

  • Basketbol (ing . basket — savat, ball — toʻp) — sport turi, 3,05 m balanddagi savatli halqaga toʻpni qoʻlda tashlab oʻynaladigan jamoa oʻyini. Basketbol mashgʻuloti va musobaqalari uchun toʻrtburchak maydoncha (oʻlchami 26x14 m) yoki zal (balandligi 7 m) talab qilinadi. Har bir jamoada 12 nafardan oʻyinchi boʻlib, maydonga bir yoʻla har jamoadan 5 tadan oʻyinchi tushiriladi (bu oʻyinchilar almashtirilishi mumkin). Qaysi jamoa raqibining savatiga koʻp toʻp tushirsa, oʻsha yutgan hisoblanadi. Uyinda savatga tushirilgan toʻp uchun 2 ochko, jarima belgilanganda tushirilgan toʻp uchun 1 ochko, jarimadan tashqaridagisi uchun 3 ochko beriladi. Erkaklar 40 min., ayollar 36 min., 15 — 16 yashar oʻsmirlar va qizlar 30 min., 13 — 14 yashar oʻgʻil va qiz bolalar 24 min. oʻynashadi. Oʻyin 2 qismdan iborat, orada 10 min. dam olinadi. Belgilangan vaqtda jamoalar baravar ochko olsa, biror jamoa gʻolib chiqquncha 5 min.dan qoʻshimcha vaqt beriladi.

Basketbol to’pi haqida ma’lumot

  • Basketbol to’pi sintetik material yoki teridan tayyorlanadi;

  • Basketbol to’pining vazni:3-razmer topni vazni 300-330.5-690-710. 6-500-540.567-650razmer grammlari buladi.

  • Rangi: to’q sariq(sabzirang)

Basketbol o’yini taktikasi va texnikasi

  • O’yinning asosiy mazmuniga muvofiq taktika hujum va himoya taktikasiga bo’linadi.

  • To’pni egallagan jamoa hujum qiluvchi jamoa bo’lib hisoblanadi. Hujum qilish jamoaning o’yindagi asosiy vazifasidir. Hujum harakatlari yordamida jamoa tashabbuskorlikni qo’lga kiritadi va raqibni o’ziga bo’lgan taktik reja qabul qiishga majbur qiladi. Hujum qiluvchi jamoaning bosh maqsadi raqib savatiga to’p tashlashdir.

  • To’p bilan bajariladigan usullar texnikasi.To’pni ilish bir yoki ikki qo’llab bajariladi. Bu harakatlar ko’krak va yelka balandligiga, yuqorilab (boshdan baland) va pastlab (tizzadan past) hamda dumalab va maydondan sapchib kelayotgan to’plarni ilishlarga ajratiladi.

To’pni yerga urib yurish.To’pni bir qo’llab ketma-ket yerga urish to’pni yerga urib yurish deyiladi. Bu usul bir joyda turganda, yurganda va asosan, yugurganda bajariladi. Bu usul to’pni basketbolchining harakat qilishga qo’llaniladigan asosiy usul hisolanadi. To’pni yerdan har xil: yuqoriroq va pastroq, sapchitib turib yurish mumkin. U qo’lni bukib, to’pni bir oz yuqoriga ko’taradi so’ng uni yana maydonga ma’lum burchak bo’yicha keskin itaradi.
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling