Reja: Bilimli avlod – buyuk kelajak kafolati. Ilmu ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi
Download 35.38 Kb.
|
1 2
Bog'liqAbdurahmon Jomiyning
Maʼrifat — kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlimtarbiya. U tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, maʼlumotlar majmu-asini ham bildiradi. Maʼrifat ilmu urfon maʼnosida ham ishlatiladi. Maʼrifat tushunchasi madaniyat, maʼnaviyat tushunchalari bilan bogʻliq. Maʼrifat maʼnaviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi boʻlishga yordam beradi. Maʼrifatli kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi, kelajagi porloq boʻladi. Maʼrifat — bilim va madaniyatning qoʻshma mazmuni boʻlib, maorif uni yoyish vositasvdir. Maʼrifatni hayotga singdirish maorif tizimi orkali amalga oshiriladi.
Tasavvufda Maʼrifat sufiylarning ruhiy kamolotga erishuvining asosiy bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi. Xozirgi rivojlanib borayotgan zamonda xar bir millatning o’z tarixi va ma’naviyati bor va mana shu muqaddas narsalarni ular asrab avaylaydi va e’zozlaydi.Bizning o’zbek millati o’zining boy ta’rixi va yuksak ma’naviyatiga ega.Bizning yurtda ma’rifat deya jon kuydirgan insonlar xalqni savodli bo’lishi uchun ko’p xarakat qilgan buyuk shaxslar bor.Biroz xozirgi kunda aynan mana shu insonlar va tushunchalar o’z ahamiyatini yo’qotmoqda vaholanki tarixi yo’q inson xuddi jasad kabidir.Quyidagi maqolada siz aynan mana shu tushunchalar bo’yicha ma’lumotga ega bo’lasiz. Ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektori boshchiligida faoliyat yuritib keladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi universitet doirasida tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar reja asosida olib borib, fakultetlar va talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o’tkazilishini ta’minlaydi. Bo’lim O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Mirzo Ulug’bek tuman hokimiyati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda turli jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi har o’quv yili boshida yuqorida ko’rsatilgan tashkilotlar bilan hamkorlikda universitet miqyosida o’tkaziladigan tadbirlar rejasini tuzadi va ularni amalga oshiradi. Amalga oshirilgan ishlari uzasidan hisobotlar rahbar tashkilotlarga taqdim etiladi. Ma’naviyat tushunchasi keng tushuncha bo’lib, u ma’rifat, madaniyat tushunchalarini ham o’z ichiga qamrab oladi. Ma’rifat tushunchasi –arabcha”arafa” bilish, bilim, ma’lumot, tanish , tanishish ma’nolarini bildiradi. Ma’rifatli degani muayyan sohada ma’lumoti bor degani bo’lib, insonparvarlik ma’naviyati zaminndagina o’z mohiyatiga ega bo’ladi. Kishilarning bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim tarbiyaga ham ma’rifat deb qaraladi. Ma’rifat atama sifatida tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini anglatadi. Kishilarni ma’rifatli va ularni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda ilohiyotning ta’siri beqiyos bo’lgan. Buyuk ajdodlarimizdan Imom Buxoriy, Xakim Termiziy, Axmad Yassaviy, Baxouddin Naqshband, Moturudiy kabi allomalar o’zlarining beqiyoz bilimlari bilan umuminsoniy madaniyatlarning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shib kejgankar.Xakim Termiziy “Kitob bayan-al ilm” nomli risolasida ma’rifatni nur, yorug’likga qiyoslagan. Arab, xususan Markaziy Osiyodagi ilohiyot fanida “ma’rifat”, “ilm”, “amal”, “odob” tushunchalari o’zaro bog’liq tushunchalar hisoblangan. Ma’daniyat tushunchasi ham ma’rifat bikan chambarchas bog’liq bo’lib, u keng va tor ma’noda ishlatiladi. Keng ma’noda ma’daniyat insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar yigindisidir. Tor ma’noda madaniyat tushunchasi jamiyatning ma’naviy hayotini ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Madaniyat atamasi keng ma’noda qo’llanilib, jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy hayotida qo’lga kiritilgan yutuqlar majmuini, biror ijtimoiy gurux yoki xalqning ma’lum davrda qo’lga kiritgan shunday yutuqlari darajasini, o’qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko’rganlik, ziyolilik va ma’rifatlilikni hamda turmushning ma’rifatli kishi extiyojlariga mos keladigan sharoitlari majmuini bildiradi. Madaniyat so’zi, tushunchasi ham ma’rifat singari ma’naviyatni mukammallashtirishga xizmat qiluvchi va bir-birini to’diruvchi, boyituvchi, insonni komil inson bo’lib voyaga etishuvidagi asosiy shartlardan biridir. Millat ma’naviyat o’zi tarixiy shakllangan qiyofasiga ega , shu bilan birga, mohiyatan umumbashariy qadriyatlrga also zid emas, balki muvofiqdir. Har qanday jamiyatning o’ziga xos ma’naviy ehtiyojlari mavjud. Ular orasida bilimga bo’lgan ehtiyoj etakchi o’rinni egallaydi. Bilim kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilingan to’g’ri ma’lumotlari, ko’nikmasi insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni bajarish va boshqarish jarayonlarining zamonaviylashuvidir. Bilim olish – milliy guruxni shakllantirish yo’nalishlaridan biridir. Komil inson, uning olgan bilimi hayot yo’larida tayanch, yolg’iz damlarida yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarida rahnamo, qayg’uli damlarida madadkor bo’ladi. Bilim insonni aql-idrokli, bilimdon, hunarmand, irodali, e’tiqodli qiladi. Komil insonni tarbiyalashning birdan-bir yo’li ana shu bilimda. Qur’oni Karimda “ilm” so’zi “alima” bilmoq fe’li negiziga tayangan kalimalar 750 marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda aytilgan. Ilmli inson saodatli bo’lishi, kishilarga yaxshilikni o’gatishi kerak. Ilm bilimli, saodatli inson uchun fazilat bo’sa, bu hilatni boshqalarga singdirishi zarur. Hadislarda ilmli kishi mevali daraxtga o’xshatiladi. Ilm bu ma’rifat, fazilat. Ilmsiz mamlakatda fitnalar kuchayadi,qotillik avj oladi. Islomda ilm fanni egallash , ma’rifatli bo’lish juda savob ish ekani qayta –qayta ta’kidlanadi.Beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligi qayd qilinishining o’zi katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Hadislarda “sadaqaning avzali mo’min kishi ilm o’rganib so’ng boshqa mo’minlarga ham o’rgatishdir”deyiladi. Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Al-Beruniy, Ibn –Sino,Al-Buxoriy, At Termiziy, Abu Vazid Tayfur, Imom Fazzoliy, Maxmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Yusuv Hamadoniy, Xoji Abduxoliq G’ijdivoniy, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, Bobir Mirzo, Alisher Navoiy, Bexbudiy, Munavvar Qori kabi ulug’ zotlar hayot tarsi, ilmuchun fidoyiligi, e’tiqodning pokligi bilan barchaga ibrat bo’lganligini bilib oilish mumkin. Insonni faqat adiba deb qaramaslik kerak, balki u avvalo ma’rifat, ilm hamdir. Islom tarixi shundan dalolat beradiki, Muxammad Payg’ambarimizgacha bo’lgan arablarda “joxiliya” davri deb atalgan. Farobiyning ta’kidlashicha,”joxiliya” nodonlik davri bo’lib, islom ana shu nodonlik davri o’rniga keng ma’noda ma’rifat, madaniyat vujudga keltirdi, ilm-fan, falsafa va san’atni rivojlantirdi, o’ziga xos ma’rifat va ma’naviyatni yaratdi. Download 35.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling