Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


Download 434.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/24
Sana15.06.2023
Hajmi434.91 Kb.
#1486164
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
6 mavzu

Ilmiy bashorat fan doirasida yoki uning yordamida amalga oshiriladi va 
o’rganilayotgan jarayonning qonuniyatlarini bilishga asoslanadi. U kelajakni 
ancha samarali bashorat qilish va oldindan ko’ra bilish imkonini beradi. 
Ilmiy bashoratning ayrim elementlari qadimgi dunyodayoq mavjud bo’lgan. 
Masalan, faylasuf Fales (miloddan avvalgi 640-562 yillar) miloddan avvalgi 585 
yilda quyosh tutilishini bashorat qilgani ma’lum. Ammo bashorat haqidagi dastlabki 
bilimlar XV-XVII asrlardagina tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivojlanishi bilan bir 
vaqtda ilmiy tizimga solina boshlagan. Bu jarayon XX asrning 60-yillarida ancha 
yaxlit ilmiy nazariyalarning yaratilishi bilan yakunlangan. 
Inson faoliyati sohalari va bilish ob’ektiga qarab ilmiy bashoratning ijtimoiy, 
iqtisodiy, siyosiy, harbiy va boshqa turlari farqlangan. Ijtimoiy bashoratning 
xususiyatini qayd yetish uchun «prognoz qilish» tushunchasi muomalaga 
kiritilgan. Prognoz qilish bashoratning alohida shakli bo’lib, u ijtimoiy jarayonlarni 
o’rganishda yuqori darajada ilmiy asoslanganlik va ob’ektivlik bilan ajralib turadi
Ilmiy bashoratning boshqa shakllaridan farqli o’laroq prognoz qilish – o’z 


metodologiyasi va texnikasiga ega bo’lgan maxsus tadqiqot. 
Bugungi kunda ijtimoiy prognoz qilish muammolari bilan maxsus xalqaro 
tashkilotlar shug’ullanadi. Ularning orasida quyidagilar bor: Gudzon instituti, 
REND va Kelajak uchun resurslar korporatsiyalari, CHikago va Kaliforniya 
universitetlari (AQSH); Keyingi 30 yilda Angliya, Fransiya, Germaniya, 
Gollandiyadagi futurologiya institutlari va b. Yirik xalqaro uyushmalar: Jahon 
futurologlar jamiyati, Kelajak dunyosi, Fyutyuribllar xalqaro tashkiloti tuzilgan. Bu 
futurologik tashkilotlar orasida Rim klubi alohida o’rin egallaydi. Mazkur xalqaro 
nohukumat tashkiloti 1968 yil aprelda italiyalik jamoat arbobi, «Olivetti» 
kompaniyasining vitse-prezidenti, FIAT kompaniyasi ma’muriy kengashining 
a’zosi Aurelio Pechchei tashabbusi bilan ta’sis etilgan. Klub Jenevadagi maxsus 
reestrda shtat va budjetga ega bo’lmagan, a’zolari soni cheklangan tashkilot sifatida 
ro’yxatdan o’tkazilgan. Bugungi kunda Rim klubiga jahonning 47 mamlakatida 
yashab ijod qiluvchi, ilmiy-texnika inqilobi davrida insoniyat rivojlanishining 
istiqbollarini aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan yuzdan ortiq fan va 
madaniyat arboblari a’zo. Klub faoliyatining asosiy shakli – hozirgi davrning 
olamshumul muammolarini o’rganishni tashkil yetishdan iborat. 
Kelajakni bashrat qilishning o’ziga xos xususiyatlar quyidagilar bilan tavsiflanadi: 
1. Prognoz qilish jarayoni ob’ektiv va sub’ektiv asoslarga ega. Prognoz qilishning 
ob’ektiv asosi o’tmish, hozirgi zamon va kelajakning qonuniy aloqasi bilan 
belgilanadi.Bashorat qilishning sub’ektiv asosi inson tafakkurining o’tmishdan 
hozirgi zamon orqali kelajakka eltuvchi qonuniy tendentsiyalarini aniqlash va qayd 
yetish asosida kelajakni oldindan aytish imkoniyatida zohirdir. Kelajakni oldindan 
aytish bo’lg’usi voqealar haqida xulosalar chiqarish qobiliyati ko’rinishini kasb 
etgan. 
Prognoz qilishning ob’ektiv va sub’ektiv asoslarini aniqlash uni ba’zan bashorat 
bilan bog’lanadigan soxta bashoratgo’yliklardan farqlash imkonini beradi. Odatda, 


soxta bashoratgo’yliklar ob’ektiv jarayonlarni o’rganishga emas, balki sub’ektivistik 
o’zboshimchalikka, ya’ni ko’ngliga kelgan fikrni ilgari surishga asoslanadi. 
2. Ijtimoiy prognoz qilish mavjud nazariyalar bilan uzviy bog’liq, ulardan kelib 
chiqadi. Ma’lumki, har qanday nazariya uch funksiyani: sintez qilish, tushuntirish 
va prognoz qilishni bajaradi. ya’ni nazariya u yoki bu sohada mavjud holatni 
tushuntiradi va uning rivojlanish tendentsiyasini bashorat qiladi. Binobarin, ilmiy 
prognoz qilish nazariyadan boshlanadi. 
Ilmiy bashoratning keyingi mantiqiy tuzilishi quyidagi ko’rinishga ega: 
- bashorat muammosini aniqlash; 
- gipotezani ilgari surish; 
- prognoz qilish (bashoratning umumiy muammosi doirasida ayrim vazifalarni 
yechish uchun prognozlarni ilgari surish); 
- ilgari surilgan prognozlar asosida prognostik faoliyat rejasini tuzish; 
- prognozlarning haqqoniyligi, ishonchliligini asoslash va ularni imkoniyat 
darajasida amaliyot sinovidan o’tkazish yo’li bilan tasdiqlash. 
3. Ijtimoiy prognoz qilish kelajakni muayyan tarzda davriylashtirishni nazarda 
tutadi. Kelajak haqidagi bilimlar hozirgi davrdan uzoqlashishiga qarab o’zining 
muayyanlik va aniqlik xossalarini yo’qotib, umumiyroq va nomuayyanroq tus olib 
borgani bois, bevosita, ko’zga ko’rinadigan va uzoq kelajak haqida so’z yuritilsa, 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Bevosita kelajakning vaqtdagi chegarasi 30 yildan 
oshmaydi. Ilmiy kashfiyot yaratilganidan u amalda gavdalantirilgunga qadar 
taxminan 20 yil vaqt o’tadi. SHunga asoslanib iqtisodiyotning joriy yuz yillikning 
40-yillaridagi texnologik darajasi haqida ishonch bilan hukm chiqarish mumkin. 
Joriy yuz yillikning kattagina qismini qamrab oluvchi ko’zga ko’rinadigan kelajakka 
kelsak, bizning u haqdagi bilimlarimiz, ta’bir joiz bo’lsa, haqiqatnamo xususiyat 


kasb etadi va ularga ehtiyotkorlik bilan yondashish talab etiladi. Jahon aholisi 
sonining jadal sur’atlarda o’sishi XXI asrning ikkinchi yarmida to’xtashini, 2100 
yilga borib u taxminan 10-12,5 mlrd. kishiga yetishini kutish mumkin. Keyingi yuz 
yillik chegarasi ortida yotgan uzoq kelajak xususida real imkoniyatlarga ega 
bo’lmagan turli gipotetik farazlarga muvofiq hukm chiqarish mumkin. Ammo bu 
farazlar tarixiy muddatlar va ularning hayotda gavdalanish shakllari nuqtayi 
nazaridan muayyan taxminiy baholar bo’lishi ham mumkin emas. 
4. Prognoz qilish – bu maxsus ilmiy metodlar yordamida kelajak haqida bilimlar 
olish jarayoni. Bu metodlar prognoz tuzish maqsadida empirik axborotni tanlash va 
tahlil qilish usullari va amallari yig’indisidan iborat. Prognoz qilishning ilmiy 
vositalari to’plami kelajakni bilishning 200 dan ortiq metodlari, maxsus 
metodikalari va mantiqiy vositalarini o’z ichiga oladi. Ammo ularni besh asosiy 
guruhga birlashtirish mumkin (qolganlari ularning variantlari hisoblanadi): 
 

Download 434.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling