Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


Bashorat: turlari, tiplari, metodlari


Download 434.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/24
Sana15.06.2023
Hajmi434.91 Kb.
#1486164
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
6 mavzu

Bashorat: turlari, tiplari, metodlari. Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali 
amalda mavjud bo’lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi 
ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko’rinishida hozirgi zamonda potentsial mavjud 


bo’lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o’z gnoseologik tabiatiga 
ko’ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o’tmishni ham, 
hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, 
bashorat esa kelajakka yoki hali ma’lum bo’lmagan hozirgi davrga qarab mo’ljal 
oladi. 
Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko’ra bashoratning 
turlarini farqlash mumkin: Mifologik bashorat; kundalik bashorat ;astrologik 
bashorat; intuitiv bashorat; ilmiy bashorat
Mifologik bashorat arxaik ong darajasidagi (eng qadimgi) bashorat turlaridan biri 
bo’lib, unda voqelar obrazlarning harakatlarida ifodalanadi. Masalan olimlar 
Mayya qabilalarining “Drezden qo’lyozmalari”da 2012 yil 21 dekabr qiyomat kuni 
deb belgilanganligi aniqladilar. Xususan, qo’lyozmalarda to’p o’ynayotgan 
navkarlar, baland tepalikda to’p tushishi mumkin bo’lgan doira hamda boshi 
tanasidan judo qilingan navkar ramzi ifodalangan. Olimlar fikricha to’p Quyosh 
ramzi,balandlikdagi doira Somon yo’li ramzi muvozanat markazining ifodasi. 
Navkarlar to’pni tepib doiraga kiritishi lozim. Doiraga to’pni kirita olmagan 
navkarnnig boshi olingan. Olimlar to’pning doiraga tushishini qiyomat kuni, ya’ni 
muvozanatning buzilishi ramzi deb tahlil qilmoqda. SHuningdek, Mayya qabilalari 
qo’lyozmalarida dunyoviy suv toshqini ham obrazlarda ifodalangan. Darhaqiqat, 
bundan ikki ming yil ilgari arxaik ong darajasidagi bashorat XX asrdagi tez-tez 
takrorlanayotgan zilzilalar, suv toshqinlari, dengiz to’fonlari va shu kabi boshqa 
tabiiy ofatlarda namoyon bo’lmoqda. SHu bois, bugungi kunda pessimist olimlar 
qiyomat kuni yaqin deb ayyo hannos solsalar, optimistlar bu astronomik sikllar 
almashinuvi xolos deb bashorat qilmoqda. Insoniyatni yaqin kelajakda nima 
kutmoqda. Bu savolga inson o’z faoliyati maqsadi va natijalariga ko’ra javob berishi 
lozim. 


Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki 
bu voqealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. Kundalik 
bashoratlarga xalqda mashhur bo’lgan ob-havo alomatlari misol bo’lishi mumkin. 
Masalan, quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo’lsa, 
yomg’irni kutish kerak; yozda ertalab tuman tushgan bo’lsa, demak kunduzi havo 
ochiq bo’ladi; SHarqdan shamol essa, tez orada yomg’irlar tugaydi. 
Astrologik bashoratosmon jismlarining harakati, Oy va Quyosh tutilishi sikllarini 
kuzatishga asoslanadi. Astrologik bashorat o’rta asrlarda keng tarqalgan bo’lsada 
keyinchalik unga munosabat o’zgargan. Lekin, XX asrda ezoterik bilimlarning rivoji 
astrologik 
bashoratlarning 
asosli 
ekanligini 
tan 
olmoqda. 
Intuitiv bashorat ilmiy tajriba va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga 
bevosita yetishdir. Bashoratning bu turi hali yaxshi o’rganilmagan va ko’pincha 
unga yetarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni lol qoldiradigan faktlar ma’lum. 
Masalan, to’rt yuz yil oldin yashagan frantsuz tabibi Mishel Nostradamus misli 
ko’rilmagan bashoratgo’ylik qobiliyatiga ega bo’lgan. O’zining mashhur 
«TSenturiyalari» va boshqa asarlarida u XX asrning texnik kashfiyotlari – suv osti 
kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas, balki frantsuz va rus 
inqiloblarini, shuningdek de Goll, Franko, Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi 
shaxslarning paydo bo’lishini ham bashorat qilgan. 
O’z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk shoir 
Aleksandr Pushkinga uning hayotidagi muhim voqealarni: tez orada ko’p pul olish, 
ikki surgun, uylanish, mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark yetish ehtimolini bashorat 
qilgan. Afsuski, bu bashorat to’la ro’yobga chiqqan. 
Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham bashorat qilish 
qobiliyatiga ega bo’lgan. U o’z qishlog’i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda kasal 
bo’lmagan. Hammaga o’zining o’limi yaqinligini e’lon qilgan, o’zi o’ziga qabr 


qazgan, o’z «xonaqosi»ga qaytib kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga o’z 
asarlarini qo’ygan va vafot etgan. 
Boshqa ko’plab g’ayrioddiy faktlarni keltirish mumkin. Ularning barchasi intuitiv 
bashoratni e’tibordan soqit yetish yaramasligidan dalolat beradi. 
XX aso oxiri XXI asr boshlarida dunyo tan olgan va e’tirof etgan bashoratchilar 
Vanga xonim, Juna Davitashvili, er-xotin Pavel va Tamara Globalar bo’lib, ular 
1989 yildayoq 1991 yilda SSSR parchalanishini, o’sha davrda hukumatni 
boshqarayotgan V. Gorbachevning taxtdan ag’darilishini va Mustaqil hamdo’stlik 
mamlakatlari tashkil etilib, jamiyat hayotida Yangi davr boshlanishini bashorat 
qilganlar. 

Download 434.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling