Reja: Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish
Download 147.52 Kb. Pdf ko'rish
|
9-seminar mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
9-SEMINAR MASHG’ULOTI Mavzu: Ta`lim maqsadida yaratilgan botanika mavzularini metodologik qayta ishlanishi Reja: 1. Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish. 2. Botanika mavzularini o‘qitishda o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish 3. Umumta'lim maktablarida botanika mavzularini o'qitish uchun elektron resuslarni qo'llash 4. Botanika mavzularini o‘qitishda bir soatlik dars ishlanma tayyorlash (har bir talaba alohida mavzularda tayyorlaydi) Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish biologik ta’lim va tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchi, o‘quv materiali mazmunining asosiy birligi sanaladi. O‘quvchilarda tushunchalarni shakllantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: o‘quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, idrok etish,m tasavvur qilish, yodda saqlash, amalda qo‘llash, natijalarni tekshirish, axborotlarni umumlashtirish va xulosa yasash. Biologik tushunchalarni mazmuni va mohiyatiga ko‘ra oddiy va murakkab, xususiy va umumiy biologik tushunchalarga ajratish mumkin. Ma’lumki, har bir tushuncha avval oddiy, so‘ngra boshqa oddiy tushunchalar bilan birlashib, murakkab tushunchalarni hosil qiladi. Masalan, dastlab birlamchi tushuncha bo‘lgan barg uning tashqi tuzilishi,tomirlanishi, poyada joylashishi, oddiy va murakkab barglar, bargning hujayraviy tuzilishi, bargning suv bug‘latishi, nafas olishi, fotosintez, o‘simliklarning nam tanqisligiga moslanishi natijasida barglar metamorfozi bilan tanishish orqali murakkab tushunchaga aylanadi. Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, bob yakunida birlamchi tushuncha bo‘lgan barg o‘zida morfologik, anatomik, fiziologik, sitologik, tushunchalarni mujassamlashtirib, murakkab tushunchaga aylanadi. Biologiya o‘quv fani mazmunidagi barg tushunchasi sistematik, ekologik tushunchalar bilan o‘zaro aloqadorlikda yanada boyitiladi. Bunday holatni yuqorida qayd etilgan oddiy birlamchi tushuncha bo‘lgan o‘simlik organlari ildiz, poya, gul, meva, urug‘ misolida keltirish mumkin va ularning har biri o‘zida muayyan tushunchalarni mujassamlashtirib, murakkab tushunchaga aylanadi. Tayanch so’zlar: Biologik tushuncha, idrok, ildiz, poya, barg Foydalaniladigan metodlar: Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi, suhbat, “Tayanch konspekt” va b. TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR 1. Sulliyeva S.X., Zokirov Q.G’. Biologiya o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. “Complex Print” nashriyoti. Toshkent-2023. – 224 b. 2. Tolipova J.O., Umaraliyeva M.T. Botanika darslari (O’qituvchi kitobi) Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiya o’qituvchilari uchun metodik qo’llanma. “Tafakkur” nashriyoti. (5-sinf) Toshkent-2016 y. 3 www.inetlibrary.com.Internet-kutubxona 4. www.ziyonet.uz Download 147.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling