Reja: Birja risklari


Birja savdosi ishtirokchilari qabul qilishi mumkin bo‘lgan eng muhim qarorlar qaysi risklar maqbulligi va maqbul bo‘lmagan yoki kutilmagan boshqa risklarni nima qilish kerakligi bilan belgilanadi


Download 0.52 Mb.
bet3/8
Sana21.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1792837
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
aktivlar riski

Birja savdosi ishtirokchilari qabul qilishi mumkin bo‘lgan eng muhim qarorlar qaysi risklar maqbulligi va maqbul bo‘lmagan yoki kutilmagan boshqa risklarni nima qilish kerakligi bilan belgilanadi.


Har bir savdo qatnashchisi risk yoki mukofotlar bilan bog‘liq o‘z afzalliklariga ega va o‘ziga ta’sir qiladigan risklarni identifikatsiya qilish, qaysi risklar o‘zi uchun maqbul ekanligini hal etishi va nihoyat boshqa kutilmagan risklardan chetlab o‘tish yo‘llari va vositalarini topishi kerak. Shuningdek, bu qanday moliyaviy xarajatlarga olib kelishi va bunda qandaydir ma’no borligini baholay olishi ham talab etiladi.
Birjachilar birja savdosi qatnashchilari ixtiyorida mavjud bo‘lgan baholash usullari, uslublari va metodlarini tanlashga, shuningdek, eng maqbul riskka yondashishga majbur sanaladi.
Birja risklarni minimallashtirish bo‘yicha choralar guruhiga hedjerlash, moliyaviy zaxiralar yaratish, diversifikatsiya, boshqariluvchan risk omillariga birjachi ta’sirining variantli tizimini joriy qilish kabilar kiradi.

2. Defolt va soliqqa tortish riskining aktivlarga ta’siri

2. Defolt va soliqqa tortish riskining aktivlarga ta’siri

Misol uchun, ba’zan bir xil daromadlilik va qaytarish muddatiga ega bo‘lgan obligatsiyalar turli narxlarda sotiladigan vaziyatga duch kelish mumkin. Ushbu farqlar boshqa omillarning qimmatli qog‘ozlar qiymatiga ta’siri bilan shartlangan bo‘lib, bu ular tashqi ko‘rinishidangina bir xil tuyulishini anglatadi.

Bir xil fiksirlangan pul tushumlari oqimini ta’minlaydigan obligatsiyalar bir qator sabablarga ko‘ra o‘zaro farq qilishi mumkin. Bunda defolt riski va soliqqa tortish shartlari muhim ahamiyat kasb etadi.


Misol tariqasida bir yildan keyin 1000 sh.b. to‘lov talab qilinadigan obligatsiyani ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, AQSH g‘aznachiligining yillik obligatsiyalari bo‘yicha foiz stavkasi yiliga 6% ni tashkil etadi. Bu qimmatli qog‘ozlar defolt riskiga duchor bo‘lmaydi va shuning uchun bunday obligatsiyaning narxi 1000 sh.b./ 1,06 = 943,40 sh.b.ni tashkil qiladi. Biroq qandaydir defolt riski (ya’ni, to‘lovmaslik riski) mavjud bo‘lsa, bu risk qanchalik kichik bo‘lishidan qat’i nazar, bunday obligatsiyalar narxi 943,40 sh.b.dan kamroq, uning daromadliligi esa yiliga 6% dan yuqoriroq bo‘ladi.
Obligatsiyalarni soliqqa tortish darajasi emitent kim hisoblanishi yoki bevosita obligatsiya turiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bularning hammasi, albatta, obligatsiyalarning qiymatiga ta’sir qiladi. Masalan, AQSHda shtat hukumatlari va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan chiqarilgan obligatsiyalardan olingan daromadlar federal daromad solig‘idan ozod qilinadi. Boshqa barcha o‘xshash parametrlarda bu xususiyat soliq to‘lovchilar uchun bunday obligatsiyalarni yanada jozibador qiladi va boshqa o‘xshash obligatsiyalar bilan solishtirganda, ularning narxi yuqori (daromadliligi mos ravishda kam) bo‘ladi.
Shunga o‘xshash fiksirlangan daromadli qimmatli qog‘ozlar o‘rtasidagi narx farqini yuzaga keltirib chiqaradigan boshqa ko‘plab omillar ham mavjud.
Obligatsiyalar qiymat va daromadliligiga ta’sir qiladigan quyidagi ikki imkoniyatni ko‘rib chiqamiz:

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling