Reja: Bixeviorizm maqsadlarini tashqaridan kuzatiladigan xarakatlar bilan ifodalash

Download 334.8 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi334.8 Kb.
#1502375
1   2   3   4
Bog'liq
Bixeviorizm

Bixeviorizmda ta`kidlanganidek, faoliyatni faqat tashqaridan kuzatiladigan harakat bilangina tenglashtirish - uni nihoyatda soddalashtirib tasavvur etishdir. Murakkab bilish va hissiy jarayonlar (xususan, ijodiy faoliyat tajribasi)ni kuzatiladigan alohida qismlarga ajratish mumkin emasligi tufayli u bixevioristik yondashish doirasidan tashqarida qoladi. Bixeviorizmning qo`llanilishi reproduktiv o`qitish darajasi (yodlash, takroran aytib, ko`rsatib berish, namuna bo`yicha harakat qilish va h. k.) bilangina chegaralanadi. Lekin, bixevioristlarning o`qitish sifatini alohida qismlar bo`yicha nazorat qilish va tuzatishlar kiritib borishning zarurligi to`g`risidagi xulosasi - o`qitish nazariyasi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlash lozim. Bu xulosa dasturlangan ta`lim uslubini yaratilishiga asos bo`ldi. Uning bixevioristik talqindagi o`qitish qoidalari quyidagilardan iborat:

1 o`quv materialini iloji boricha alohida qismlarga ajratish 2 o`quv elementlarini faoliyatda namoyon bo`lishining barcha ko`rinishlarini e`tiborga olish; 3 ijobiy reaksiyani tezkorlik bilan mustahkamlash (nazorat - tuzatish); 4 mashq (hatti-harakat)larni ko`p marta takrorlash natijasi 0,95 dan kam bo`lmagan o`zlashtirish ko`rsatkichiga erishish. Lo`nda qilib aytganda, o`quv maqsadlarini to`la identifikasiyalash va qat`iy bir xil ma`noda ifodalash g`oyasi talabalar faoliyatining an`anaviy noaniq tarzda emas, balki ularning tashqaridan kuzatish va o`lchash mumkin bo`lgan aniq hatti-harakatlari orqali ifodalanishini bildiradi. O`quv maqsadlarini bixevioristik usulda alohida qismlarga ajratish, ularni tashqaridan kuzatiladigan hatti-harakatlarga to`la-to`kis aylantirish, ya`ni qat`iy nazorat qilinishi mumkin bo`lgan harakatlar tili bilan ifodalashdir. Masalan, «tanish», «qaytarish», «yozib olish» so`zlari, «bilish» va «tushunish» ifodalariga nisbatan anchagina aniqroqdir. Shuning uchun ham, o`quv maqsadlarini tanlashga oid uslubiy ko`rsatmalarda o`qituvchilarga «bilib olish», «o`zi uchun kashf etish», «idrok qilish», «seza olish», «tushunish» kabi umumiy ma`no beruvchi so`zlar o`rniga, talabalarda «tanlash», «nomini aytish», «sanab berish», «yozma ifodalash», «ta`riflash», «ko`rsatish» malakalarini shakllantirish tavsiya etiladi

Download 334.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling