Reja: Bixeviorizm maqsadlarini tashqaridan kuzatiladigan xarakatlar bilan ifodalash


Psixologiyada bixeviorizm tushunchasi


Download 334.8 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi334.8 Kb.
#1502375
1   2   3   4
Bog'liq
Bixeviorizm

Psixologiyada bixeviorizm tushunchasi Psixologiyada bixeviorizm tushunchasi. Bixeviorizm — psixologiyada dastavval AQSH da hayvonlarda o`tkazilgan kuzatishlarning (E. Torndayk, D. Uotson va boshqalar) natijasi sifatida paydo bo`lgan yo`nalishdir. Bixeviorizmning negizini psixologik tadqiqot predmeti sifatida psixikani va ongni inkor etish yotadi. Faqat xulq-atvorgina tadqiqot predmeti deb tan olinar, psixologiyaga esa xulq-atvor va muhitning o`zaro nisbati qonuniyatlarini tadqiq etish tavsiya qilinar edi. Bixevioristning fikricha, psixologiyaning vazifasi hissiyot organlariga ta`sir qiladigan omil - stimul (S) ni, ya`ni qo`zg`atuvchi (gap qistirish, o`q otish, kartina ko`rsatish va shu kabilar) ni bilgan holda unga javob, ta`sir - reaksiya (R) qanday bo`lishini yoki ta`sirotni bilgan holda uning qaysi bir omilga javob tariqasida yuz berganini oldindan aytib berishdan iborat emish. Klassik bixeviorizmning formulasi - SR dir. Bixevioristik psixologiyaning mexanistikligi izchildir: odam - bu xuddi hayvonlar kabi, psixikaga egami, ye yo`qligidan qat`i nazar, u qo`zg`atuv-chilarga javob beradigan o`ziga xos bir mashinadir.

Stimul bilan reaksiya (SR) o`rtasidagi, ya`ni miyaga «kirish» bilan «chiqish» da yuz beradigan narsalar o`rtasidagi nisbatni ro`kach qilib, bixeviorizm «kirish» bilan «chiqish» o`rtasida nima boru, nima yo`qligini bevosita kuzatish mumkin bo`lmaganligi sababli, ularni ilmiy tahlil qilib bo`lmaydigan («qora quti») soha deb e`lon qilgan edi. Bixeviorist-lar o`z eksperimentlarini asosan hayvonlarda (hammadan ko`proq oq sichqonlarda) o`tkazib, so`ngra shu tariqa chiqarilgan xulosalarni odamga nisbataya joriy etishardi. Shuning uchun ham kishi shaxsining faolligi amalda inobatga olinmasdi. Bixeviorizm o`rgatish jarayonini ham xuddi

shu xilda mexa-nistik tarzda ta`riflagan edi. Bixevioristlar hayvonlarning hatti-harakatini (masalan, eksperimentda labirintdan chiqish yo`lini izlashini) o`rganib, problemaning yechimiga «sinash va adashish» yo`li bilan erishilishi haqidagi xulosaga (E. Torndayk va boshqalar) kelishadi. Bunday yo`l ko`pgina variantlarni tanlab chiqilgandan keyin istalganiga erishilishini ta`minlaydigan bitta varianti qolmaguncha tusmollab qilingan harakatlarning «ko`r-ko`rona tanlanishi» deb talqin qilinardi. Bu xulosa odamning hayvondan sifatiy farqlarini inkor etish uchun inson haqidagi ta`limotning ta`rifiga ham joriy qilingan edi.


Download 334.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling