Reja: bob psixologik xizmat haqida Nizomning qabul qilinishi
Texnika xavfsizligi va gigienik talablar
Download 77.13 Kb.
|
14 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Xonaning o’quv va moddiy - texnik ta’minoti
- Jihozlar nomi Soni Tavsiya etiladigan sifatlari
Texnika xavfsizligi va gigienik talablar. Xonaga o’rnatilgan barcha elektrotexnika jihozlari, jumladan, shaxsiy komp’yuterning elektr tarmoqlariga ulanishi texnika xavfsizligi qoidalariga javob berishi kerak;
psixologik xizmat xonasini yoritgichlar bilan ta’minlashda ularning zamonaviyligiga, butun xonani me’yorida yoritishiga va xavfsizligiga e’tibor qaratiladi; psixologik trening mashg’ulotlari, psixologik tashxis qilish va individual suhbat o’tkazish jarayonlarida texnika vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga to’liq rioya qilinishi lozim. Estetik talablar. Psixologik xizmat xonasidagi jihozlar, axborot beruvchi vosita va materiallarning umumiy ko’rinishi estetik talablarga mos kelishi, did bilan jihozlanishi hamda ularning zamonaviy bo’lishiga e’tibor qaratilishi, bu o’quvchilarning go’zallikka bo’lgan ijobiy intilishini tarbiyalashiga ahamiyat berilishi lozim. IV. Xonaning o’quv va moddiy - texnik ta’minoti Umumta’lim maktablaridagi psixologik xizmat xonasi, maktab binosining birinchi qavatida, kasb-hunarga yo’naltirish va tibbiy xizmat xonasi bilan yonma-yon, ya’ni bitta binoda bo’lishi maqsadga muvofiq. Mazkur xona uchun kamida 36 kv.m. maydondagi xona ajratiladi. Psixologik xizmat xonasining o’ng tomonidagi burchagining 5 kv.m. joyi individual suhbat o’tkazish burchagi uchun, 16 kv.m. esa shkaf, stol-stul, doska va boshqa jihozlar uchun, 15 kv.m. joy o’quvchilarning erkin harakatlanishlari uchun qoldiriladi. Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 19 iyundagi 06-06 /2060 sonli xatiga 2 -ilova Psixologik xizmat xonalarini jihozlash me’yorlari
Download 77.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling